Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja: Kirish I. Falsafa va dunyoqaraah haqida tushincha



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/14
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#136239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Dunyoqarash haqq


Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli
Reja:
Kirish
I.Falsafa va dunyoqaraah haqida tushincha
1.1. Falsafaning predmeti, asosiy masalalari, tuzilmasi, funksiyalari.
1.2. Dunyoqarash mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari.
II. Dunyoqarashnin tarixi va jamiyat hayotidagi roli
2.1. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy dunyoqarash.
2.2. Yoshlar dunyoqarashida axboriy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishda falsafaning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
«Dunyo» – inson» muammosining mazmuni markaziy falsafiy muammo sifatida u yoki bu tarixiy davrning yetakchi yo‘nalishlari (tendensiyalari) mazmuni bilan bog‘liqdir. Jamiyatda ustuvor muammolar o‘zgarganida mazkur muammo mazmuniga nisbatan urg‘u, ta’kid ham o‘zgaradi. Bu urg‘ular u yoki bu tarixiy davr faylasuflarining diqqat markazi nimaga qaratilganligining ifodasi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, «dunyo-inson» muammosi u yoki bu davr falsafiy tafakkuri yo‘nalishini (paradigma) ifodalaydigan o‘z tarixiy shakllariga ega.
Shunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari (ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va bir butunligicha o‘rganadigan fandir.
Falsafa bir necha funksiyalar (vazifalar) ni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari:
1. Dunyoqarashlik funksiyasi. Falsafiy bilimlarning asosiy xususiyati bo‘lib, insonni borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson, inson ongi va tafakkuri, insonni dunyoning bilish haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradi.
2. Metodologik funksiyasi. Falsafa boshqa fanlardan farqli o‘laroq tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari haqidagi fandir. Falsafa metodologiya sifatida tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan qonuniyatli aloqasini tushunishga, ilmiy kashfiyotlar va ularning tadbiq etilishini ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini chuqurroq anglashga yordam beradi
3. Gnoseologik funksiyasi. Falsafa dunyoni bilish asosida uni o‘zgarishida insonni faol faoliyat ko‘rsatishga undaydi. Falsafa amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda katta rol o‘ynaydi. Bularning barchasida falsafaning gnoseologik funksiyasida namoyon bo’ladi.
4. Ijtimoiy funksiyasi. Falsafa insonning ijtimoiy tabiatini va mohiyatini ochib berish bilan birga, u insonning tabiatga munosabatini, jamiyatning tabiat bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib beradi, shuningdek,insonning tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo’lishini o‘rgatadi.
5. Evristik funksiyasi (“evrika” grekcha so‘z bo‘lib, “kashf etish”, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik vazifasi bilan bog‘liq bo‘lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf etishni xarakterlaydi.
6. Praksiologik funksiyasi falsafiy g‘oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy tatbiq etilishi bilan izohlanadi.
7. Integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‘liq. Real borliqning yangi va yangi obyektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek,ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi.
8. Tarbiyaviy funksiyasi. Bu funksiyasi kishining aqliy jihatdan kamol topishida, nazariy tafakkurning qaror topishida, jamiyatning yetuk kishisi bo‘lib yetishishida yuksak g‘oyaviy mustahkam e’tiqod ruhida tarbiyalashda, ilmiy dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Umuman falsafani o‘rganish va chuqur egallash har bir bo‘lg‘usi mutaxassisning tafakkur doirasini va faol hayotiy pozitsiyasini tarbiyalaydi.
Falsafa tafakkur rivojining buyuk yutug‘i va insoniyat ma’naviy yuksalishining muhim omilidir. U kishilarning olamni bilishi, jamiyatning yuksalishi, odamlarning mahoratini namoyon qilishi, inson qadriyatlarining yuksaklikka ko‘tarilishi bilan bog‘liq.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə