|
Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja: Kirish I. Falsafa va dunyoqaraah haqida tushinchaMonizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm
|
səhifə | 6/14 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,51 Mb. | | #136239 |
| Dunyoqarash haqqMonizm falsafa tarixida ikki: materialistik va idealistik shaklda mavjud. Materializm ruhiy ibtidoga qadar ham va unga bogliq bolmagan holda mavjud bolgan tabiat, moddiy substansiya birlamchiligidan kelib chiqadi. Materializmning ozi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlarga bolinadi: qadimgi, hamma narsa tabiiy «unsurlar» dan biri, yani suv (Fales), havo (Anaksimen), olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklarning qadimgi hind maktabi, Empedokl), suv, havo, olov, tuproq va metalga (qadimgi xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi oddiy materializm; Yangi davr metafizik materializmi (Gobbs, Lokk); antropologik materializm (L. Feyerbax); dialektik materializm (K. Marks, F. Engels); ilmiy materializm (G. Feygl, J. Smart); emerjentistik materializm (J. Margolis, M.Bunge) va hokazolar. Izchil materializm (materialistik monizm), materializmning u yoki bu shaklda ilohiy turtki deizm yoki tabiat bilan Olloh aynan bir panteizm degan g‘oyani ilgari suruvchi shakllar togrisida ham gapirish mumkin.
Idealizm ruh va ong birlamchiligidan, shaxsiy ong (subyektiv idealizm) yoki shaxsdan tashqari ruhning mutlaq goyaligi (obyektiv idealizm)dan kelib chiqadi. Xitoy faylasufi Van Yan-Min (1472-1528), ingliz episkopi D. Berkli (1685-1753), «esse-percipl» (lot. mavjud bolmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufi I.Fixte (1762-1814) subyektiv idealizmning yirik namoyondalari edilar. Empiriokrititsizm, neopozitivizm, neokantchilik va boshqa qator falsafiy maktablar subyektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi braxmanizm va vedantizm, Yunon faylasufi Aflotun (er.av.427-347 yillar), xitoy faylasufi Chju Si (1130-1200), nemis faylasuflari Shelling (1775-1854), Xegel (1770-1831), neotomizm kabilarning falsafiy tizimlari obyektiv idealizmga mansubdir.
Agar dunyoni bilish mumkinligi togrisidagi masalani oladigan bolsak, undagi faylasuflar haqiqiy bilimga erishish mumkinligini etirof etuvchi va uni inkor qiluvchilarga bolinadi. Uni inkor qiluvchilar yonalishi agnostitsizm degan nom oldi va D.Yum (1711-1776) hamda I.Kant(1724-1804) bu yonalishning taniqli vakillaridir. Agnostitsizm elementlari hozirgi tizimlar (neopozitivizm, kritikrealizm) da ham uchraydi. Haqiqatga erishish mumkinligini etirof etuvchilar orasida bilish (sensualizm), idrok (ratsionalizm), diniy va sofiy his qilish (irratsionalizm) kabi yonalishlarni ham ajratish mumkin. Sensualizm va ratsionalizmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud.
Falsafiy yonalishlarni bilish usullariga kora, empirizm, ratsionalizm va irratsionalizmga bolish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|