|
Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli Reja: Kirish I. Falsafa va dunyoqaraah haqida tushincha
|
səhifə | 5/14 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,51 Mb. | | #136239 |
| Dunyoqarash haqq5. Falsafiy antropologiya - inson togrisidagi talimot
6. Ijtimoiy falsafa jamiyat togrisidagi talimot
7. Futurologiya (futurum kelajaki va logos malimot) keng manoda kelajak haqidagi talimot, tor manoda prognozlashtirish i prognostika sozlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes xudo i sopha donishmandlik, bilim) xudoni bevosita boglanish orqali bilish haqidagi talimot.
9. Mantiq tafakkur qonunlari va shakllari togrisidagi talimot
10. Etika axloq togrisidagi talimot
11. Estetika gozallik togrisidagi talimot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi talimot.
Shuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan bir butun yonalishlarga ajralgan. Ularning har birining oz tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning oziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan bazilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bolsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlarning mustaqilligi togrisida gapirganda, mustaqillikning ozini nisbiyligini nazarda tutish kerak. Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular ozaro yaqindan aloqada va ozaro bogliqdir. Ularning negiz mavzulari kopincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va sanat va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida ozaro aloqador va ozaro bogliq boladi. Masalan, Xegel tizimida dialektika yoki ruh fenomenologiyasini tushunmay turib, na uning mantigini va na uning falsafa tarixini anglab boladi.
Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning kop xilligi tabiiy tizimlilikka ega. Shuning uchun falsafa haqida tizim sifatida gapirish mumkin. Falsafaning bir butunligi va tizim xususiyatiga egaligi dunyoning bir butunligi va yaxlitligidan kelib chiqadi. Umuman inson bilimining tizim tarzidaligi, uning oz tashkiliy tuzilishiga yonalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi. Agar biz yuqorida keltirilgan falsafiy fanlarning oziga xos xususiyatlarini tahlil qiladigan bolsak, unda ular orqali falsafa predmetining kop qirraligi va naqadar boy ekanligining ifodalanishini koramiz.
Turli falsafiy yonalishlarni har xil asoslar: yetakchi falsafiy muammolar (ibtido muammosi, dunyoni bilish muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat boyicha guruhlashtirish mumkin.
Falsafiy yonalishlar dunyo ibtidosining tabiati togrisidagi masalada u moddiy yoki goyaviy yagona substansiya monizm, teng huquqli mustaqil (moddiy va ruhiy) dualizm, kopchilik substansiyalardan iborat plyuralizm deb etirof etiladiganlarga bolinadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plyuralizmniki nemis faylasufi G. Leybnits (1646-1716) bolgan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|