Reja: Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə1/3
tarix28.02.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#101626
  1   2   3
Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar
Boshqaruv xisobining dolzarbligi, 22-variant, 3 курс, СБҲА 85 гуруҳи учун мустақил иш мавзулари, 4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning, Ionlashtiruvchi nur tasirida suv radiolizi

Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar


Reja:

  1. Voqelikni eng umumiy aloqadorligini aks ettiruvchi kategoriyalar

  2. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini ifodalovchi kategoriyalar

  3. Zaruriyat va tasodif, kategoriya

Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalov-chi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa-hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik»,


«umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo‘lish shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy- tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo‘llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Xegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi. Falsafada
milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya). Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat»,
«siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa,
«butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan hisoblanadi. Sistema grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan element- larning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi.
Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning obyektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan, tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema – narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lot. tuzilish, tartib) sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosa- batidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan ele-
mentlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi.
Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNKlarning o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizm- lar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura»ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. Shunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan ele- mentlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli
xarakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdaki, elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi.



  1. Yüklə 28,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə