Rezerv – bu noaniq muddat yoki summaga EGA bo’lgan majburiyatdir. Majburiyat



Yüklə 19,95 Kb.
tarix03.08.2023
ölçüsü19,95 Kb.
#120289
MHXS (BHXS-37)


Rezerv – bu noaniq muddat yoki summaga ega bo’lgan majburiyatdir.
Majburiyat – bu tadbirkorlik subyektining bo’lib o’tgan xodisalardan yuzaga keladigan va hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyati bo’lib, uni so’ndirish natijasida tadbirkorlik subyektidan iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi tushiniladi.
Majbiriyat yuklaydigan hodisa – yuridik yoki konstruktiv majburiyatni yuzaga keltiradigan hodisa bo’lib, uning natijasida tadbirkorlik subyekti ushbu majburiyatni bajarishdan boshqa amaliy chorasi bo’lmaydi.
Yuridik majburiyat – bu quydagilardan yuzaga keladigan majburiyat:

  • shartnoma (unda to’g’ridan to’g’ri ko’rsatilgan yoki nazarda tutilgan shartlar asosida);

  • qonunchilik;

  • huquq normalarining boshqacha qo’llanishi.

Konstruktiv majburiyat – tadbirkorlik subyektining quydagi holatlardagi xatti harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:

  • uning oldingi shakllangan amaliyoti, chop etilgan siyosatlari yoki yetarlicha aniq bo’lgan joriy bildirgisi asosida tadbirkorlik subyekti ma’lum javobgarliklarni olishini namoyon etgan va buning natijasida tadbirkorlik subyekti ushbu javobgarliklarni bajaradi degan asosli kutishlarni boshqa tomonlarda tug’dirgan.

Shartli majburiyat – bu:

  • bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan majburiyat. Uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik subyektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi natijasida tasdiqlanadi;

  • bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga keladigan, lekin quydagilar tufayli tan olinmaydigan hozirgi paytda mavjud bo’lgan majburiyat:

  • ushbu majburiyatni so’ndirish uchun iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslar chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo’q; yoki

  • ushbu majburiyatning summasi yetarlicha ishonchli tarzda baholana olmaydi.

Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik subyektining to’liq nazorati ostida bo’lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Og’irlik qiladigan shartnoma – bu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun muqarrar amalga oshirilishi zarur bo’lgan xarajatlar ushbu shartnoma bo’yicha olinishi kutilayotgan iqtisodiy nafdan oshib ketadigan shartnomadir.
Restrukturizatsiya – bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat qilinadigan dastur bo’lib, u quydagilarni ahamiyatli ravishda o’zgartiradi:

  • tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan biznes ko’lamini; yoki

  • ushbu biznesni amalga oshirilish tarzini.

Baholangan majburiyatlar – mavjud javobgarlik bo‘lganligi va javobgarlikni bajarish uchun o‘zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli mavjudligi sababli majburiyatlar sifatida tan olinadigan (ishonchli baholanishi mumkin deb hisoblangan) majburiyatlardir. Hozirgi kunda baholangan majburiyatlarga noaniq bajarish muddatiga yoki noaniq qiymatga ega bo‘lgan majburiyat sifatida sezilarli darajada e’tibor qaratilib, baholangan majburiyatlar masalasi va uning tarkibi olimlar ishlarida bahsliligicha qolmoqda.

BILIB OLING!!!

  • Umuman olganda, hamma rezervlar shartlidir, chunki ularning muddati va summasi noaniqdir. Biroq, ushbu standart doirasida “SHARTLI” tushunchasi tan olinmaydigan aktivlar va majburiyatlarga nisbatan ishlatiladi.

  • Baholanadigan huquqiy majburiyatlar, ya’ni kelgusi ehtimoliy majburiyatlar bo‘lib, ular muayyan xodisalar bilan bog‘liq, bajarish muddati yoki davomiyligi aniq bo‘lgan va yuridik kuchga ega bo‘lgan majburiyatlar. Masalan, ish beruvchining aybi bilan xodim ishdan bo‘shatilganida to‘lanadigan to‘lovlar;

  • Baholanadigan konklyudent (yakuniy nazarda tutilgan) - huquqiy majburiyatlar, muntazamlik xususiyatidan kelib chiquvchi majburiyatlar. Bunga iste’molchi oldidagi kafolat majburiyatini misol qilish mumkin;

  • Baholanadigan konklyudent majburiyatlar, birinchi navbatda amaldagi me’yoriy hujjatlar va xo‘jalik shartnomalari emas balki tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq majburiyatlar.

  • Baholangan majburiyat sifatida tan olingan summa o’zida hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan majburiyatni so’ndirish uchun talab etiladigan xarajatlarning eng ishonchli hisoblangan bahosini ifodalaydi.

  • Rezervlar – majburiyat sifatida tan olinadi. (ishonchli baholanishi sharti bilan)

  • Rezervlar tan olinishi:

  1. Tadbirkorlik subyekti bo’lib o’tgan hodisalar natijasida hozirgi paytda mavjud bo’lgan (yuridik va konstruktiv) majburiyatga ega bo’lsa;

  2. Majburiyatni so’ndirish uchun iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketish ehtimoli mavjud bo’lsa;

  3. Majburiyatning summasini ishonchli baholash mumkin bo’lsa.

Yüklə 19,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə