Rossiya Federatsiyasi



Yüklə 343,05 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü343,05 Kb.
#135109
  1   2   3
Rossiya Federatsiyasi K3-19 I

Rossiya Federatsiyasi

K3-19I guruh talabasi Tursunaliyev Bahodirjon

Rossiya Federatsiyasi

  • Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), BeringOxotaYapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². 

Rossiya Federatsiyasi

  • Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 Respublika AdigeyaBoshqirdistonBuryatiyaDogʻistonIngushiyaKabarda-BalkariyaKareliyaKomiMariy ElMordoviyaOltoySaxa (Yakutiya), TataristonTuvaUdmurtiya, Haqasiya, ChechenistonChuvashiyaShimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyatdan iborat.
  • Hukumat-aralash Respublika

 Prezident

Vladimir Putin

• Hukumat Raisi

Mixail Mishustin

• Federatsiya kengashi raisi

Valentina Matviyenko

• Davlat dumasi raisi

Vyacheslav Valodin

• Oliy sud raisi

Vyacheslav Lebedov

• Konstitutsiyaviy sudi raisi

Valeriy Zorkin

Tarixi

  • Rossiya hududida oʻrta paleolit davrida, milodgacha 100–35 ming i. avval Quyi Volga, Oʻrta Uralda dastlabki manzilgoxlar paydo boʻlgan. Soʻnggi paleolit davrida odamlar qutb doirasidan oʻtib, Sibirning bir qismiga joylasha boshlagan. Mil. av. 3–2ming yilliklarda Shimoliy Kavkazda jez, Ural, Gʻarbiy Sibir, Yuqori Volga boʻylarida turli metallardan buyumlar tayyorlangan. Dasht, oʻrmondasht mintaqalarida chorvachilik, dare vodiylarida dehqonchilik rivojlana boshlagan. Mil. av. 1ming yillikda shahardavlatlar, Bospor davlati, Skiflar davlati mavjud boʻlgan. Mil. 3-asrda Sharqdan koʻchmanchi gotlar va 4-asrda gunnlar bostirib kelgan. 4–8-asrlarda Shimoliy Kavkazda alanlar birlashgan. 552–745 yillarda Rossiya hududining bir qismini turkiy xalqlarning qabilaviy ittifoqidan iborat Turk xoqonligi egallab turgan. 7-asr 1-yarmida Azov boʻyida Buyuk Bulgʻoriya davlati paydo boʻldi, ammo bulgʻorlar Xazar xoqonligidan magʻlubiyatga uchrab, Dunay, Volga va Kama daryolari boʻyiga kelib joylashdi. 10-asrda VolgaKama Bulgoriyasi davlati paydo boʻldi, Oʻrta Volga boʻyi xalqlari shu davlatga birlashdi. 6-asrda Sibir, Yenisey daryosining oʻrta oqimida hozirgi haqaslarning ajdodlari hisoblangan Qirgʻizlar davlati, 8-asr – 10-asr boshlarida Uzok. Sharqda Boxay davlati hukm surdi.

Yüklə 343,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə