Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi



Yüklə 239,41 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü239,41 Kb.
#183129
  1   2   3   4   5   6   7   8
Dilshod


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SERVIS FAKULTETI
MARKETING KAFEDRASI


KURS ISHI
Mavzu: Korxonalarda marketing faoliyatini strategik rejalashtirish
Bajardi: MR-322 guruh talabasi Xo'jamov Dilshod
Rahbar: “Marketing” kafedrasi dotsent v.b., PhD Yahyoxonov N.B
Kurs ishi himoyaga qabul qilinadi (qabul qilinmaydi). Sana: "____" _______ 2023 yil
Kurs ishini baholash: ___. Kurs ishini himoya qilish sanasi “____” ______ 2023 yil


Samarqand - 2023


Reja
Kirish
1.Korxonalarda marketing strategik rejalashtirishning oʻrni va ahamiyati
2.Marketing faoliyatini tahlil qilsh yoʻllari
3.Korxonalarda marketing faoliyatini strategik rejalashtirishning asosiy yoʻnalishlari
4. “ALIEXPRESS” kompaniyasi faoliyatini strategik rejalashtirish
Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati

KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu tadbir joriy yil 23-iyul kuni o‘tgan yig‘ilishning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda sohadagi tizimli muammolar chuqur muhokama qilinib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi. Bu galgi yig‘ilishda shu boradagi ishlar qanday tashkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Ular tadbirkorlar tashabbuslarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligini ta’kidladi.
Masalan, yer ajratish hamda infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq masalalar hal etilsa, tadbirkorlarning aksariyat muammosi yechiladi. Lekin yer ajratish uchun xulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari asossiz ravishda, oylab cho‘zib yuborilmoqda.
Prezident mazkur tashkilotlarning ruxsat berishga oid funksiyasini muvofiqlashtirish, ulardagi ma’lumotlar bazasini integratsiyalash orqali bunday “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish, bu boradagi tartibni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yirik korxonalarning bo‘sh turgan ob’ektlari negizida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularni elektr, suv, gaz, yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga ketadigan xarajatlarning 65 foizini respublika byudjetidan qoplash tartibini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
23-iyulda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tadbirkorlar mulklarini kompensatsiya to‘lamasdan buzish va yer maydonlarini olib qo‘yishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi. Davlatimiz rahbari shu masalada Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida respublika ishchi guruhi tuzish, ular joylarga chiqqan holda tadbirkorlarga yetkazilgan zararni xatlovdan o‘tkazib, bu mablag‘larni bozor qiymati asosida to‘lab berish zarurligini ta’kidladi.
Joriy yil 5-avgustdan bu boradagi ishlarni qat’iy tartib bilan, uch bosqichda tashkil etish belgilandi. Birinchi bosqichda hududiy hokimliklar buzilishiga zarurat tug‘ilgan joy bo‘yicha materiallar to‘plamini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ikkinchi bosqichda shaharsozlik talablari bo‘yicha Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari hamda moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan xulosa tayyorlanadi. Uchinchi bosqichda mazkur xulosa ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Bosh vazirga kiritiladi.
Videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Ma’lumki, oxirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90 foizdan ziyodi davlat mablag‘laridir.
O‘tkazilgan o‘rganishlar 2017-2018-yillarda bankdan kredit olgan mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari bo‘yicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruxsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini ko‘rsatgan1. Bu o‘z navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi. Strategik rejalashtirish-bu korxonaning missiyasi va maqsadlarini aniqlash,kelajakda korxona faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlash uchun zarur bo'ladigan resurslarni aniqlash va ularga ega bo'lishda mahsulot strategiyalarini tanlash jarayonlaridir.
Strategik rejalashtirish jarayoni boshqarish yechimlarini qabul qilishda yordam beruvchi vosita bo'lib hisoblanadi. Uning vazifasi tashqi muhitda sodir bo'ladigan o'zgarishlarga tegishli javob qaytarish uchun zarur bo'ladigan yangiliklarni va o'zgarishlarni ta'minlashdir.Strategiyani rejalashtirish u yoki bu holdagi tezkor harakat bilan yakunlanmaydi.U korxona pozitsiyasining o'sishi va mustahkamlanishini ta'minlashga qaratilgan umumiy yo'nalishlarni belgilash bilan tugaydi.
Korxonadagi hamma bo'linmalar, ularning birga faoliyat ko'rsatishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish va baholash uchun rejalar tizimini tashkil etish zarurdir.
Strategik rejalashtirish jarayoni uni o'zlashtirish davomida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi.Asosiy qiyinchilik shundaki,dastlabki yechimlarni qabul qilish jarayoni tashkilotdagi vakolatlarning tarkibi bilan bog'liqdir.Yangi strategiya odatda korxonadagi mavjud o'zaro munosabatlarni o'zgartiradi va korxona rahbariyati siyosatiga zid bo'lishi mumkin.Bunga tabiiy javob-odatiy o'zaro munosabatlarni va vakolatlar tarkibini o'zgartiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi kurashdir.Yana bir sezilarli muammo shundaki,strategik rejalashtirishning joriy qilinishi foyda olinishini ta'minlovchi oldingi turli faoliyat bilan yangisi o'rtasida ziddiyatga olib kelishi mumkin,ya'ni tezkor rejalashtirish bilan korxonalarda dastlabki paytda strategik rejalashtirishning joriy qilinishiga tegishli na tamoyillik,na strategik fikrlashga qiziqish bo'ladi.

Yüklə 239,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə