Seminar mashg’ulotlari mavzulari
1. Individual psixologik maslaxatning asosiy tushunchalari va predmeti.
2. Psixologik muammo
3. Konsultativ yordam tamoyillari.
4. Konsultatsiya bosqichlari.
5. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi.
6. Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari.
7. Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar.
8. Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini.
9. Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari.
10. Geshtalt-terapiya.
11. Rotsional-emotiv terapiya.
12. Art-terapiya.
1-MAVZU. KONSULTATIV PSIXOLOGIYANING ASOSIY
TUSHUNCHALARI VA PREDMETI
Reja:
1.
Psixologik xizmat tarixi va uning asosiy vazifalari va yo’nalishlari
2.
Psixologik maslaxat nima va uning vazifalari.
Tayanch tushunchalar
: psixologik xizmat, psixodiagnostika, korreksion ishlar, psixoprofilaktika,
konsultativ
psixologiya, psixoterapevt, psixoterapiya, mijoz (klient yoki patsient), psixolog konsultant.
1. Psixologik xizmat tarixi va uning asosiy vazifalari va yo’nalishlari.
Insonlarga psixologik yordam
ko’rsatish ildizi uzoq tarixga borib taqaladi. Bu yumushlarni qadimda aynan psixologlar bo’lmasa-da, kohinlar, diniy
arboblar, faylasuflar bajargan. Diniy ullamolar odamlarga ruhiy jihatdan ko’mak berishda maxsus psixologik
metodlardan foydalanmagan bo’lsa-da, uning elementlarini o’z faoliyatlarida aks ettirishgan. Ya’ni insonlarni
qiynayotgan
muammolarini eshitganlar, taskin berganlar. Psixologik xizmatning aynan mutaxassislar, xususan,
psixologlar tomonidan amalga oshirilishni boshlanish XIX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Psixologik xizmat
AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o‘z-o‘zini
tarbiyalash muammosini o'rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot
koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Franso’z maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo‘lib, u bu sohada 1894 yildan ish boshlagan. 1905
yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo‘yicha o'qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi
bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.
1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik
yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo‘yicha
bir
mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo'yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo'yicha bir mutaxassisni o'z
ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o'quvchiga xizmat qiladi. bir maktabda joylashib. bir necha maktabga xizmat
qilishi mumkin.
1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagog-psixolog shaxsning har
tomonlama rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlami qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o‘qituvchilarni va
ota-onalami ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o‘z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi
chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.
Ko‘pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-
pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha
modda maktab to‘g‘risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog‘lom shaxsning o‘sishini
ta’minlash,
shaxs
rivojlanishidagi
turli
qiyinchiliklarni
korreksiya
qilish,
kasb
tanlash
muammolaridir.Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan
iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar
pedologiya doirasida vujudga keldi.
Pedologiya rivojlanayotgan va o‘sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab
oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi,
shu bilan birga rus
psixologiari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to‘xtab qoldi. Faqat 60 yillarning
oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo‘lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi
(rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo'Iib, tarbiyasi qiyin o‘smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar).
Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning
rivojlanishiga ulkan ulush qo‘shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar
muallifidir.1984 yilda Moskvada sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida " Psixologik xizmat muammolari "
bo‘yicha I umumittifoq anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi.
Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida
talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan
mamlakatlardagi kabi, O‘zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat
muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o‘rganish, tahlil qilish va
talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-
ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko‘lamiga ma’lum tartibda baho bermay turib, O'zbekistonda psixologik
xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda
psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va
pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham
bergan. Biroq, afsuski, o‘sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta’limi o‘rtasida paydo bolgan ayrim ob’ektiv va
sub’ektiv ziddiyatlar oqimi umumta’lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan
pedologik xizmat ildiziga
bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo‘qqa chiqardi. Natijada, pedagogik psixologiya yo‘li bilan bajariladigan barcha
ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bolsa- da, O‘zbekistondagi
umumta’lim tizimi bilan bogliq izlanishlar va tadqiqotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E.
Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar
maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bolib keldi.
Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy
psixologik tadqiqotlarning havotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat
jamoalarida psixologik
xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat
faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi
bilan bogliq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, 60-70 yillarda O‘zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy
Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda
psixologik xizmat tatbiqini o‘rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda
Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid, 1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog
N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish
mumkin.
1989 yilda O‘zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli
Nizomiy nomli TDPIda
amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida
M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov, E.N.Sattarov,
F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo‘shgan!ar. 1998 yilda
Sh.R.Baratov "Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari"
mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.
Bugungi kunga kelib, psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:
-
ilmiy nuqtai nazardan;
-
tashviqot nuqtai nazardan;
-
amaliy nuqtai nazardan.
Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.