Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlarni tarkib toptirishga oid qarashlari



Yüklə 318,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü318,7 Kb.
#131018
  1   2
2595-Article Text-6974-1-10-20211005



SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILAVIY MUNOSABATLARNI 
TARKIB TOPTIRISHGA OID QARASHLARI
 
Norqo’ziyeva Manzura Abduraxmonovna 
JDPI Maktabgacha ta’lim metodikasi
kafedrasi o’qituvchisi 
Sanaqulova Sitora 
JDPI Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
3-kurs talabasi 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada oila muhiti, oila a'zolarining o`zaro
yuksak axloqiy munosabatlarining mazmuni yoritilgan. 
Аннотация:
В статье раскрывается семейная среда, содержание 
высоких нравственных отношений между членами семьи. 
Annotation:
This article describes the family environment, the content of 
high moral relations between family members 
Kalit so’zlar:
Oila,millliy tarbiya,axloq,odob, insoniy munosabatlar, mehr-
u oqibat, farzand tarbiyasi 
Oila ijtimoiy hayotning doimiy ekanligini avlodlarning davomiyligini, 
tarbiyaning bosqichma bosqichligini boshqaradigan kelajak avlod uchun farzandlar 
qanday bo'lib yetishishiga o'z tasirini o'tkazadigan makon hisoblanadi. Jamiyatning 
iqtisodiy, madaniy, ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishi oilada bolalar tarbiyasi
bilan bеvosita uzviy bog`liq. Har bir kishi ilk rivojlanishni oiladan 
shakllantiradi. Oila mehr - muhabbat, jipslik, birdamlik, manbaidir. Ana shu 
o'zbekona qadriyatlar asosida jamiyat rivojlanib boradi. Haqiqatdan ham asrlar 
davomida sharqona va milliy tarbiyada shaxsning umuminsoniy umummadaniy 
dunyoqarashi shakllanishi oiladan boshlanadi. Inson farzandining milliy tarbiyasi 
asosida manaviy tomondan salohiyati rivojlanib boradi. Milliy tarbiya bu - ota 
bobolarimiz tomonidan qadrlangan eng buyuk hislatlarning oilada farzandlarga 
singdirish asosida yuzaga chiqib boradi. Qadimdan sharq mutaffakkirlarimiz o’z 
asarlarida oila tarbiya o’chog’i sifatida qarab kelganlar. Oila tarbiya o’chog’i 
ekanligi ,oilada farzand tarbiyasi buyuk mutaffakkirlarimiz asarlarida xam o’z 


aksini topgan. Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan 
asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va 
yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor 
berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, 
poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan 
yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak 
fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga 
ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z 
falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar. O’rta 
asrlarning buyuk arbobi, olim-ensiklopedist Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 
ko’pgina asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob fikrlar o’z ifodasini 
topgan, Mutaffakkir o’zining “Minerologiya”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “O’tgan 
avlodlar obidalari” nomli asarlarida ayol shaxsi, uning komoloti, aql-idroki, 
halovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go’zallik va did, poklik va xudbinlik 
kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilimdoni sifatida ta’rif bergan. Abu Nasr 
Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, umuman axloqi, dinga 
munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan 
iborat o’g’it bo’lib, axloq nazariyasini boyitadi. Uning ta’limotlarida 
keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan g’ayirligi, zulmi 
yo’qolgandagina bo’ladi, oila a’zolarining bir-biriga samimiy munosabatlari, mehr-
u oqibatlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Yusuf Xos
Hojib o’zining “Qutadg`u -bilig” asarida Oilaviy tarbiya-bolalarning axloqiy
qiyofasini shakllantirishda eng asosiy narsaligini alohida ta'kidlaydi.
“Mobodo, bolalarning xulq-atvori yomon bo`lsa, bunda gap bolada emas ota
aybdor”, - dеydi. Bu fikrdan har bir oilada ota-onalar o`z farzandlariga
doimo barcha sohalarda namuna bo`lishlari shart dеgan g`oyani qo’yish
mumkin. O’zining nabirasi Gilonshohga atab yozgan “Qobusnoma” asarlari bilan 
dunyoga mashxur allomalarimizdan biri Kaykovus ham o’a asarlarida oilaning 
muqaddas ekanligi, uning farzand tarbiyasiga alohida o’rni mavjudligini ta’kidlab 
o’tadi. Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq 


mutaffakkirlaridan Abu Ali ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari 
ijtimoiy asosda qurilgan bo’lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilining 
qo’llanilishini yo’qlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolan qattiq tana 
jazosidan ko’ra, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash ma’qulligini uqtirgan. Axloqiy 
tarbiya masalalarida alloma oilaning o’rnini alohida ta’kidlangan. Oila va oilaviy 
munosabatlar masalasi uning “Tadbiri manzil” asarida o’ziga xos tarzda bayon 
etilgan. Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo’ygan 
ushbu talablari o’sha davrda qanchalik taraqqiyparvar va zarur bo’lsa, bizning 
bugungi kunimizda ham u o’z kuchini yo’qotgani yo’q.

Xulosa qilib aytganda, oila muhiti - bu qandaydir tarbiya vositasi emas,
balki ota-onalarning va katta yoshdagi kishilarning har taraflama olib
boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a'zolarining o`zaro yuksak axloqiy
munosabatlarining yig`indisi va nihoyat kattalarning bolalarga ijobiy ta'sir
ko`rsatish namunasi natijasidir. Oila tarbiyaning asosi, makoni va
poydеvoridir. Bolaning kim bo`lib еtishishi, asosan, oiladagi muhitga –
tarbiyaviy ta'sirga bog`liq. Oila tarbiyasining samarasi bеvosita oilada ota-
onalar obro`si va shaxsan namuna ko`rsatishlariga bog`liq. Axloq-odobga oid 
hadislarning birida “Har bir ota o`z farzandlariga xulqi odobdan buyukroq mеros 
bеrolmaydi”, -dеyilgan. O`zbеk xalq maqollaridan birida “Har kim ekkanini o`rar”, 
-dеb bеjiz ta'kidlanmagan. 
Shunday ekan, oilada ota-onalarning farzandlar oldida obro`ga ega bo`lishi 
yuqorida sanab ko`rsatilgan ota-onalar obro`sining tarkibiy qismlarini ota-
onalarning ilmiy-nazariy o`zlashtirishlari va ularni oila sharoitida farzandlar 
tarbiyasida nuqsonlarsiz, uzluksiz qo`llash bilan bog`liq ko`nikma va tajribalari 
bilan amalga oshiriladi hamda oila tarbiyasining samaradorligini ta'minlashga 
zamin yaratadi.

Yüklə 318,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə