Mavzu: Diniy madaniy an'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri Reja



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#110508
  1   2
mustaqil ish

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 107-”B” GURUH TALABASI SHERALIYEV ABBOSNING FALSAFA FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: SHERALIYEV ABBOS . Tekshirdi: .

  • Mavzu: Diniy madaniy an'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri
  •  
  • Reja:
  • Sharq va G`arb mamlakatlarining o`rta asrlar madaniyatida dinning ustuvorligi.
  • Sharq va G`arb diniy madaniyatining o`ziga xosligi.
  • Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o`rni.
  • VI-XVI asrlar davri tarix fanida o’rta asrlar deyilib, qadimgi va an`anaviy madaniyatlar o’rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an`analarning kuchli ta`siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi.
  • Arab xalifaligi va Evropa mamlakatlari o’rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi.
  • O’rta asrlar madaniyatining shakllanish qiyofasini islom va xristianlik belgilashi bilan birga, ularning o’zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an`anaviy madaniyatning ko’plab jihatlarini o’zlashtirdi, o’z navbatida o’rta asrlar madaniyati negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi.
  • Yana shuni ham inkor qilmaslik kerakki, o’rta asrlarda o’zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o’tmishda va keyingi davrlarda vujudga kelgan diniy madaniyatdan keskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi.
  • Diniy madaniyat ko’p mazmunlidir, negaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat merosi mavjud: arab, turk, german, slavyan xalqlarining ibtidoiy (arxaik) madaniyati; antik meros va qadimgi Sharq sivilizatsiyasi meroslarini tanlash va ijodiy qayta ishlab o’zlashtirgan. Bundan tashqari G’arb va Sharqning o’rta asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkul`turatsiya jarayonini kechirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko’p qirraligi uning tarkibida ko’plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar, dunyoviy, monastir va so’fiylik madaniyatlari. Shuningdek, din o’sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o’z ichiga qamrab oldi.
  • O`rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari-xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko’p joylarida ko’plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo’lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini belgiladi. Diniy aqidalar asosida o’sha davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o’ziga xos xususiyatini belgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang’ich o’rnini Xudo (Olloh) belgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Olloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir.
  • Insoniyat tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo’ladi, natijada davrlarning o’rin almashishi navbatdagi payg’ambarning kelishi bilan sodir bo’ladi. Payg’ambar jamiyatda buzg’unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari» bo’lgan payg’ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko’ra «elchilarning» so’nggisi «xudoning o’g’li» Iisus Xristosning yerga tushishi hisoblanib, uning chormix qilinishi bilan Yerda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo’yicha Iisus faqat payg’ambarlardan biri xolos, oxirgi payg’ambar «payg’ambarlik tamg’asi» bo’lgan Muhammaddir. Kishilarga payg’ambarlar orqali oliy haqiqat ma`lum qilingan. Ya`ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal – takomilga muhtoj bo’lgan yerdagi ko’rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, yerdagi oliy hilqat inson ruhi bo’lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim. Din – inson uchun namuna-mo’minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga, o’zining Olamda zarradek ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o’ziga xos markazida sezilarli kuch harakatda bo’lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) e`tiborida ekanligiga iqror bo’ladi.
  • Din har xil milliy an`analarga ega bo’lgan turli xalqlarga arablar Sharqi va Evropada kuchli bir sivilizatsiya yaratishi uchun birlashtiruvchi ibtido bo’ldi.
  • Musulmon Sharqida islom ta`limoti paydo bo’lishi bilan barobar teokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg’ambar, keyin uning «o’rinbosarlari-xalifalar» qo’lida birlashgan.
  • V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topaboshladi. Etnik va madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumiy ong elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolaridan xafsalasi pir bo’lgan arablarning ma`naviy-ruhiy izlanishiga turtki bo’ldi. Muhammadning payg’ambarlik faoliyati yagona ma`naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo’lida qonuniy jarayon bo’ldi. Islomiy e`tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. Yagona Ollohni tan olish va Muhammadni uning payg’ambari deb bilish, namoz o’qish, ro’za tutish, beva-bechoralar yo’lida zakot berish, Haj ziyorati.
  • Islomda san`atga nisbatan qat`iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko’ramiz. Bunda cherkov tizimini yo’qligi, har bir odamni Olloh-bilan tanho muloqotining mumkinligi aholi manzillari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo’lib, uning dastlabki namunasi Muhammad payg’ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. Yuqori ma`lumotli musulmonlar orasida Yevropa mamlakatlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy ta`lim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan she`riyatni rivojlanishida so’fiylik katta rol` o’ynaydi. So’iylar o’zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo’lgan e`tiqodini tinglovchilariga yetkazish, individual ta`sir etish mahoratini namoyish etardilar. Islom tadqiqotchilardan bo’lgan. G.Gryunbaumning ta`kidiga ko’ra, tahliliy, majoziy boy ifoda vositalariga ega bo’lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg`unligini o’zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi hatto undan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa`diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari so’fiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo’lganlar.
  • Umuman, G’arbda ham Sharqda ham borliq Ilohiy « Oliy hukmdor»ning aksi sifatida idrok qilingan. Xudo (Alloh) tabiatdagi narsalarni yaratuvchisi sifatida va narsalarda uning qudrati namoyon bo’lish tarzida tushuniladi. Narsalarni mohiyatini bilish Xudoni (Allohni) tanishdir. Olamni bilish nazariy bo’lib, mashhur faylasuf, xususan Arastuning va teologlar asarlarida faqat borliqning tizimi sharhlangan. Barcha narsalardagi yashirin mazmunni topishga va fahmlashga harakat qilingan.
  • Musulmon Sharqida ham islom e`tiqodidagilar va so’fizm vakillari o’rtasida murosasiz to’qnashuvlar sodir bo’ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo’li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G’azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo’yuvchi mashhur faylasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta`limoti vujudga keldi. Yevropa madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e`tiqodning ajralishi sodir bo’ldi. Uil`yam Okkam (XVI asr)-e`tiqod va idrok, falsafa va din o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q, bo’lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb, asoslaydi. Bu G’arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, «XVII asr ilmiy inqilobi» davrida tabiiy inson idrokini o’stirishning katta g’alabasi uchun turtki bo’ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo’nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat ma`naviy yuksalish yo’lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadga qaratilishi mumkin emas. Shuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlarning barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo’ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur hisoblangan ma`naviy asosni qidirishda davom etgan.
  • Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O`rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz beradi, hozirda muomalada bo’lgan tillar shakllanib, ta`lim va fan tizimi yanada taraqqiy etadi.
  • Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e`tirof etgan madaniyat qadriyatlarni qo’yish mumkin. Xristian va Islom dinlari boy va kambag’alni, kuchli va ojizni turli irqdagi va turli ijtimoiy guruhlarni bir-biridan ajratmaydi. Barcha e`tiqod qiluvchilar uchun umumiy ahloq mezonlari: mo’minlik, tavba, yaxshi va rahm shafqatli bo’lish, gunoh qilmaslik kabilar mavjud. O’rta asrlarda umum e`tirof qilgan ahloqiy me`yorlarning mustahkamlanishi umuminsoniy hulq va ahloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
  • O`rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik madaniyat-shahar va ko’chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Kays» singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g’azal, madhiya, ruboiy ,maqom) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to’plamlari, (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa san`ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
  • Jamiyatdagi shaharliklar orqasida «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g’oya shakllandi. Bu nom inson haqidagi yangi dunyoviy fandan (studia humanitatis) kelib chiqqan bo’lib, ilgarigi «ilohiyat haqidagi fanni» (studio divinus) asta-sekin siqib chiqardi. Insonparvarlik g’oyasi quyidagi xususiyatlarga ega:
  • 1.Tabiat qonunlarini -»tabiiy-muvofiq» tamoyili asosida tushuntirishga asoslanish;
  • 2.Insonni muammolar markazi qilib olish (antroposentrizm) – insonga tabiatning toji sifatida qarash;
  • 3.Aqliy tafakkur (Ratsionalizm)- inson idrok va zakovat orqali atrof muhitni, o’z-o’zini biladi deb hisoblash;
  • Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asrning o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi.
    Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə