So’z boshi



Yüklə 267 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2023
ölçüsü267 Kb.
#102906
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-Moliyaviy tahlilning mazmuni predmeti va vazifalari



1-Mavzu: Moliyaviy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


T a y a n ch i b o r a l a r:

Tahlil Moliyaviy tahlilni tashkil etish


Moliyaviy tahlil predmeti Moliyaviy tahlil tamoyillari
Moliyaviy tahlil usullari Boshqaruv tahlili
Moliyaviy tahlil turlari Moliyayiy tahlil
Moliyaviy tahlil manbalari Tahlil bosqichlari
Tahlil natijalarini umumlashtirish Tahlilining ahamiyati


1.1. Moliyaviy tahlilning mazmuni, pedmeti va vazifalari


Moliyaviy tahlilning predmeti korxonaning ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy faoliyatidir. Ushbu Moliyaviy tahlilning ahamiyati hozirgi bozor Moliyaviyoti sharoitida juda ham oshib bormoqda.
“Tahlil”-grekcha “analisis” so’zidan olingan bo’lib, hodisa va jarayonlarni qism va qismlarga bo’lib o’rganishni anglatadi. Bunday qism va qismlarga ajratishda, albatta umumiylik, birlik va bog’liqlik sanaladi, ya’ni avval bo’lak va qismlarga ajratilgan hodisalar yaxlit bir shaklda sintezlashadi. Hodisa va jarayonlarni dialektik o’rganishda, albatta, analiz-sintez metodi, ularning o’zaro birligi va bog’liqligiga amal etiladi. Bu bog’liqlekning barcha Moliyaviy jarayon va hodisalarga nisbatan oddiydan murakkabgacha, qismlardan yaxlitlikka yoki aksincha o’rganish hollarida ham tadbiq etish mumkin.
Tahlilda korxona ishlab-chiqarish va moliya faoliyatida sodir bo’layotgan Moliyaviy hodisa va jarayonlarni o’rganish, o’zgarishlarning sabablari, boshqaruv va uni muvofiqlashtirish masalalari o’rganiladi. Uning asosiy maqsadi korxona xo’jalik moliya faoliyatiga Moliyaviy tashxis quyish, Moliyaviy natijaviylekni hamda moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan.


Moliyaviy tahlil fani tamoyillarining turlari va ularning mazmuni
1.1-jadval



Tamoyillar

Mazmuni

1

2

3

1

Ilmiylik

Xo’jalik faoliyatini Moliyaviy tahlil qilish uslubi dialektika hamda umum Moliyaviy nazariya faniniga asoslanishi kerak. Tahlil bozor Moliyaviyoti qonunlari va talablarini hisobga olgan holda o’tkazilishi shart.

2.

Ob’ektivlik

To’g’ri va ishonchli ma’lumotlar asosida real Moliyaviy voqealar yoki jarayonlar o’rganilishi kerak.

3.

Tezkorlik

Moliyaviy voqea va jarayonlarni o’z vaqtida tezkorlik bilan o’rganib maqsadga muvofiq qayta ishlash tushuniladi.

4.

Tizimlilik

Tahlil etilayotgan mavzu alohida bir butun tizim yoki tizimning bir bo’lagi deb o’rganiladi.

5.

Ishonchlilik

Olingan ma’lumotlarda xato yo’qligi va haqqoniy ekanligiga qaraladi.

6.

Taqqoslanuvchanlik

Ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, ular to’g’ri hisob-kitob qilinganligi tushuniladi. Bu esa korxonadagi ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslanishiga asos yaratadi.

7.

Betaraflilik

Axborotdan foydalanuvchilar tahlil jarayonida ma’lumotlarni to’g’ti va aniq tahlil qila bilishlari hamda o’z manfaatlarini o’ylamasliklari kerak.

8.

Davriylik

Olingan ma’lumotlar aniq bir davrdan olinishi kerak.

9.

Pulli baholash

Korxonada mavjud bo’lgan barcha resurslarning: aktivlar, kapital va majburiyatlarning pul bilan, so’mda ifodalanishi .

10.

Hisobga olish

Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o’rni va markazlari bo’yicha hisobga olinishi.

11.

Aniq baholash

Resurslarning joriy davrdagi qiymatlarining bozor narxlarida ifodalanishi

12.

Uzluksizlik

Korxona mavjud bo’lgan barcha jarayonlar o’z yakuniga qadar uzluksiz aks ettirilishi kerak.

Korxona faoliyatini maqsadli, tezkor, joriy va istiqbolli o’rganish asosida uning holatiga keng qamrovli baho berish, Moliyaviy tahlilning asosiy mazmunini tashkil etadi.


Moliyaviy tahlil mustaqil fandir. Chunki u o’zining mazmuniga ko’ra

  • korxona boshqaruvi uchun zarur bo’lgan Moliyaviy aхborotlar bazasini yaratish;

  • korxona faoliyatini keng qamrovli tarzda o’rganish asosida unga Moliyaviy tashxis quyish;

  • korxonaning moliyaviy ahvoli va uni sog’lomlashtirish yo’zasidan chora tadbirlarni belgilash;

  • moliyaviy natijaviylekni, Moliyaviy nafni o’stirish yo’zasidan imkoniyatlarni aniqlash va ularni to’g’ri boshqarish;

  • korxonani Moliyaviy sog’lomlashtirish yo’zasidan muhim yonalishlarni belgilash bilan shug’ullanadi .

Moliyaviy tahlil korxona, xo’jalik-moliya faoliyatinigina emas, balki uning texnik, ijtimoiy ahvolini ham keng qamrovli tarzda o’rganadi.



Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə