Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish



Yüklə 40,86 Kb.
səhifə1/8
tarix26.03.2023
ölçüsü40,86 Kb.
#103224
  1   2   3   4   5   6   7   8
4- stminar


4- mavzu. Qonun ustuvorligini ta’minlash. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish

  1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.

  2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash.

  3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo`jalik qonunchiligini takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquq buzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

  4. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, yuridik yordam va xizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish.


Аsosiy adabiyotlar:
1. Harakatlar strategiyasiasosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari / Mualliflar jamoasi. T.:Gʼafur Gʼulom. 2017.
2. Sharifxoʼjaev M. Oʼzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. –T.: Sharq, 2003.
3. Qirgʼizboev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. – T.: Oʼzbekiston, 2010.
4. Jalilov А. boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. – T.: Baktria press, 2015.
Fuqarolik jamiyati. Darslik loyihasi– T.: 2016. Ziyonet.uz. Mualliflar jamoasi. http://library.ziyonet.uz/uz/book/32900
5. Utamuradov А. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lugʼati. Lotin yozuvida. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.
6. Utamuradov А, Qirgʼizboev M, Xojiev T. Fuqarolik jamiyati / Oʼquv qoʼllanma. Lotin alifbosida. – T.: Mumtoz soʼz. 2018. 395 bet.
7. А.Utamuradov. Fuqarolik jamiyati gʼoyalari evolyutsiyasi. –T., “Аdabiyot uchqunlari”, 2018. B.193
1.Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.
Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to`g`risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o`z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo`l qo`yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslahatchilariga tazyiq o`tkazish va ma’lum bir ish qanday hal qilinishi lozimligi bo`yicha ko`rsatma berish hududiga ega emas. Ishning holisona ko`rib chiqilishiga to`sqinlik qilish yoli noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir o`tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo`yicha sudya lavozimida bo`lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o`n yillik muddatini va shundan so`ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo`zg`atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF 4966-son Farmoniga ko`ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog`liq bo`lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat qiladi.
Sud hokimiyati - sud tomonidan protsessual qoidalarga qat`iy amal qilgan holda, protsessual va moddiy huquqni qo`llash orqali o`zining kompetensiyasiga tegishli bo`lgan ishlarni xal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.
Sudyalarga g`ayri qonuniy tarzda ta’sir o`tkazishga yo`l qo`ymaslik bo`yicha ta’sirchan choralar ko`rish. O`tgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning holisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning holis, mustaqil tarmog`i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo`yicha izchil ishlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan holda, «Sudlar to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo`ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo`l qo`yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`lishi belgilab qo`yildi. Ushbu huquq O`zbekiston qo`shilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va xalqaro huquqning boshqa xujjatlarida ham mustahkamlangan.
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo`zg`atilishi mumkin. Sudya O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibsga olinishi mumkin emas.
Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to`g`risida»gi Qonunda mustahkamlangan. qonunning 67-moddasiga binoan:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalik- dan ozod qilish;
ularning daxlsizligi;
qaror chiqarishi chog`ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni xal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.
Shuningdek, ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmaydi.
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo­rasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat qildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o`z vaqtida ko`rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi PF-2682-son Farmoniga muvofiq 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab mavjud umumiy Yurisdiksiya sudlari negizida Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo`yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo`yicha sudlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi jinoyat ishlari bo`yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari bo`yicha sudlari tashkil qilindi.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevraldagi «Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to`g`risida»gi PF-3400-son farmoni qabul qilinib, umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudlarining yangilangan tuzilishi tasdiqlandi.
Bu, o`z navbatida, kelgusida fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarining ixtisoslashtirilgan sudlar tomonidan himoya qilinishiga, ularni odil sudlovga bo`lgan huquqlaridan foydalanishda qulayliklar yaratilishiga, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini yanada oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qisqacha aytganda, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi va beg`arazligini ta’minlash barobarida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini ko`chaytiradi, odil sudlovni amalga oshirishdan ko`zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Xabeas korpus» institutini qo`llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus» - yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo`lgan bo`lib, keyinchalik o`z tarraqqiyoti jarayonida Ang­liya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo`yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson huquqi bilan bog`lik qator xalqaro huquqiy xujjatlarda ham o`z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida «har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo`yilgan.
«Xabeas korpus» institutining O`zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko`rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo`yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli emasligini mustahkamlovchi Konstitutsiyaviy prinsipni to`liq amalga oshirish imkonini beradi.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari­ni joriy etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga loyiq. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi «Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari­ni joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 346-son Qarori qabul qilinishi sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirish uchun sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etishda muhim qadam bo`ldi. Shuningdek, 2013 yildan boshlab xo`jalik sudlariga hamda 2015 yildan e’tiboran fuqarolik sudlariga murojaat va unga ilova qilinadigan xujjatlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda tavdim etish imkoniyati yaratildi.
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham 2017 yil 3-chorakda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab berildi:
Sudyalar o`rtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish. Bu, o`z navbatida, ishlarning sudyalar o`rtasida teng va holisona taqsimlanishi, ayni paytda ushbu ishga muayyan vaqtini sarflovchi sud raisining vaqtini tejash imkonini beradi. Ushbu tizim ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudida yo`lga qo`yilgan bo`lib, o`zining ijobiy samarasini bermoqda. Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri esa ushbu tizimni respublikamiz miqyosida yo`lga qo`yishdan iborat.
Sudlarda o`z vaqtida elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish, sud faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini kiritish. So`nggi yillarda fuqarolik va xo`jalik sudlariga axborot tizimi orqali elektron shaklda murojaat qilish va xo`jalik sudlari majlislarida videokonferens aloqa rejimida ishtirok etish imkoni yaratilgani quvonarli holat hisoblanadi.
Pekin zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani hamda sudlarda ish xajmining yuqoriligi sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada keng joriy etishni talab etmoqda. Bu holatda sudga murojaat kelib tushganidan toki xujjat bo`yicha qaror qabul qilinib, ijroga yetib borguncha bo`lgan barcha bosqichlarni avtomatlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa sudlarda elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish orqali amalga oshiriladi.
Sud qarorlarining axborot-huquqiy elektron bazasini yuritish, shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlagan holda va sud ishtirokchilarining roziligi bilan barcha sud qarorlarini chop etish tartibini joriy qilish (yopiq sud jarayonida ko`rib chiqilgan ishlardan tashqari). Ushbu ishlar, tabiiyki, barcha sud qarorlarining elektron bazasi shakllanishiga, yillar davomida uning to`liq saqlanishiga, shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlagan holda va sud ishtirokchilarining roziligi bilan sud qarorlarining chop etilishi esa aholining sud qarorlari bilan tanishib borishida, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, turli qonun buzilish holatlarining oldini olishda, ayniqsa, juda katta ahamiyatga etadir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF—4947-son farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O`zbekiston Respubli­kasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi» hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirla ri to`g`risida»gi PF 4966-son farmonida belgilangan vazifalar bo`yicha kelgusida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish:
sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
sudlarda elektron xujjatlar aylanishini tezlashtiradi;
sudlar faoliyati to`g`risidagi axborotlarni to`plash, ishlash, tizimlashtirish va ularning saqlanishini ta’minlaydi;
fuqarolar va tashkilotlarning elektron vositalar orqali sudga murojaat qilish imkoniyatini yaratib, ularga ortiqcha harajatlar sarflashning oldini oladi;
elektron vositalar orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish va ularga sud xujjatlarini hamda boshqa xat-xabarlarni yuborish imkoniyatini yaratadi;
sud ishi yurituvi bilan bog`liq pochta harajatlari va boshqa harajatlarni qisqartiradi;
sud ishi yurituvini elektron shaklda olib borish sud qarorlari va boshqa kerakli xujjatlarni darhol qabul qilish yoki uzatish imkonini beradi,
Shuningdek, sudlarda qog`ozsiz xujjat aylanishini joriy etishga olib keladi.
sud ishi yurituvida elektron arxivlash tizimini yo`lga qo`yish imkonini be­radi.
Xulosa qilib aytganda, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex­nologiyalarini joriy etish nafaqat sud organlari faoliyati samaradorligining oshi- shiga, balki O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan odil sudlovning oshkoralig`i va hamma uchun ochiqligi prinsiplarini hamda sud hokimiyati faoliyatining ochiqligini amalda ta’minlashga, fuqarolarning sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotlardan xabardor bo`lib borishiga, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari qisqa muddatlarda sudlar tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.



Yüklə 40,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə