“O‘zbekiston respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.10.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#127562
  1   2   3   4   5
167-I 21.12.1995 (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNGA 
O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA 
Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan 
o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasining davlat tili haqida”gi 
Qonuniga
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 
Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri 
tasdiqlansin (
ilova
 qilinadi). 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 
Toshkent sh., 
1995-yil 21-dekabr, 
167-I-son 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Davlat tili haqida 
(yangi tahriri) 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrdagi 168-I-sonli qarorining 
2-bandiga 
muvofiq mazkur Qonunning 
9
 va 
10-moddalari
 2005-yilning 1-sentabridan e’tiboran kuchga kiradi. 
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
4-moddasi

2-modda. 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va 
elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining 
huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan 
bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.

Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə