“O‘zbekiston respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.10.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#127562
1   2   3   4   5
167-I 21.12.1995 (2)

4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit 
hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda 
bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.


 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-moddasining 
to‘rtinchi qismi

5-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich 
yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son) 
6-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi 
beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-
texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.
7-modda. 
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari 
va normalariga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan unga 
hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis 
palatalari tegishli qo‘mitalarining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda) 

Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə