“O‘zbekiston respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida



Yüklə 278,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.10.2023
ölçüsü278,63 Kb.
#127562
1   2   3   4   5
167-I 21.12.1995 (2)

8-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari 
boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon 
etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon 
etiladi.
9-modda. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab 
boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
O‘zbekistonda 
o‘tkaziladigan 
xalqaro 
anjumanlarda 
davlat 
tili, 
shuningdek 
qatnashchilarning o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.
10-modda. 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, 
statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarining ko‘pchiligi o‘zbek tilini 
bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.
11-modda. 
Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. 
Ishda ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga 


oid materiallar bilan tanishish, sud jarayonida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash 
huquqi ta’minlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqish va hal 
qilishda davlat tili qo‘llaniladi. Iqtisodiy nizolar taraflarning roziligi bilan boshqa tilda ham ko‘rib 
chiqilishi mumkin. 
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
12-modda. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. 
Fuqarolarning talabiga ko‘ra rasmiylashtirilgan hujjat matni notarius yoki notarial harakatni 
bajarayotgan shaxs tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo‘lgan taqdirda — boshqa maqbul tilda 
beriladi.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) 
13-modda. 
Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi 
takrorlanishi mumkin.
14-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslarga davlat tashkilotlari va 
muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa 
tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.
15-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota 
ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.

Yüklə 278,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə