Tabiiy fanlar



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#134524
  1   2   3
“TABIIY FANLAR”FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI


TABIIY FANLAR”FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:



  1. Tabiiy fanlar zamonaviy kontseptsiyasi fanining o’rganish uslublari.

  2. Tabiiy fanlarning rivojlanish tarixi.

  3. Tabiatshunoslik fanining taraqqiyotida Markaziy Osiyo mutafakkir olimlarining xizmatlari.

Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fani hozirgi kunga kelib asosiy xalqaro sintetik fanlarning biriga aylandi. Chunki tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta’limot, matematika, fizika, kimyo, o’simlik va hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga qo’yilgan muammolar tirik va o’lik tabiatni o’zaro munosabati masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat eng og’ir, yechimi mushkul muammo. Inson faoliyati ta’sirida qurg’oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho’llanish, suv zahiralari kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi aholisini to’rtdan bir bo’lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko’pchilikka ma’lum.
Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan biologiya, fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib, ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o’z manfaatlarini amalga oshirish uchun safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o’tishga erishdi.
Tabiat qonunlarini har tomonlama o’rganishni hayotni o’zi taqozo qilayotir. Tirik materiya integrasiyasining eng yuksak darajasini o’rganish jarayonida tabiiy fanlar konsepsiyasi uni bir butun yaxlit holda ko’radi va biologlar, ekologlar, mikrobiologiya, genetika va neodarvin nazariyasini uning haqiqiy tabiiy holatida, evolyusion jarayon doirasida ko’radilar.
Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi lozimligida ko’radi: 1. Yer qurrasida sodir bo’layotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan ko’payishidagi sifat o’zgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bog’liqligi. 2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xo’jaligida qo’llash muammosi va ayniqsa idora qilish imkoni bo’lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish. 3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini yaratish. 4. Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer qurrasining issiqlik balansini o’rganish muammolari. 5. Yer qurrasida sodir bo’lishi kutilayotgan falokat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta mablag’ talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi lozim bo’ladi.
Insonning texnikaviy talabi uchun har yili atmosfera hisobidan sarflanadigan kislorod 48 mlrd. kishini nafas olishi uchun yetarli. SHu bilan birga insonni hayot faoliyati normal borishi uchun sarflanadigan atmosfera tarkibidagi kislorodning miqdori 5 ming trln. tonnaga teng bo’lishiga qaramasdan uni bitmas - tuganmas deb bo’lmaydi.
Odam bir yilda 9 tonnaga yaqin kislorod qabul qiladi. yana 12 mlrd. tonnaga yaqin kislorodni inson har xil yoqilg’ilarni yoqish uchun sarflaydi. 1 ta yengil mashina bir yilda 4 tonna kislorod yutadi, shu vaqtning o’zida insoniyatni kislorod bilan ta’minlaydigan yashil o’simliklarning maydoni yil sayin qisqarib borishi kishilik jamiyatini kislorod ocharchiligiga olib kelishi mumkin.
SHuning uchun tabiatshunoslik ilmining barcha bo’limlari uyg’unlashtirilgan holda «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» deb nomlangan fan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan Oliy o’quv yurtlarining barcha fakultetlarida o’qitilishi zarurligi ma’qul deb topilgan.
Mazkur fanning asl maqsadi tabiatshunoslik ilmi, uning predmeti, maqsadi, vazifasi o’qitish uslublari, tabiat va tabiiy muhitda mavjud tirik mavjudotlarining o’zaro uyg’unlik qonuniyatlari, koinotning planetar shaklda ko’rinishi, quyosh, oy va yer sayyorasi, ularning umumiy tavsifi; yer qurrasining fizikaviy, kimyoviy tuzilishi, unda sodir bo’lgan va bo’layotgan global o’zgarishlar; yerda hayotning paydo bo’lishi; yer qurrasi tirik va o’lik qismini o’zaro uyg’unligi; modda va energiya almashinuvi qonuni; ularning tuzilishidagi uyg’unlik, unda sodir bo’ladigan fiziologik jarayon, moslanish (adaptasiya) va o’zgaruvchanlik; yer qurrasi tirik mavjudotlari, ularning o’zaro munosabati va bir butunligi (o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning o’zaro uyg’unligi); O’simliklar va hayvonot olamining eng sodda turlaridan tortib, eng yuksak taraqqiy etgan turlariga qadar tuzilishidagi umumiylik qonuniyatlari; viruslar, bakteriyalar, suvo’tlari va quruqlikda tarqalgan o’simliklar va hayvonot olami; hozirgi zamon antropologiya, paleantologiya, biorganik ximiya, molekulyar biologiya, biosfera haqidagi ta’limot; insonning tarixiy taraqqiyoti jarayonida tabiat va jamiyatning o’zaro almashinuvida sodir bo’lgan va bo’layotgan o’zgarishlar; antropogen ta’sir tufayli sodir bo’layotgan global o’zgarishlar va hokazolarni o’zida mujassamlantiradi.
Tabiiy fanlarning zamonaviy kosepsiyasi fani o’z xususiyatiga ko’ra kompleks bilimlar majmuidan iborat. U organizmlarning tuzilishi, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ekologiyasi, genetika, biofizika, ximiya, evolyusion taraqqiyot tarixi mikrobiologiya va immunologiya fanlarini o’zida mujassamlantiradi.
SHu nuqtai nazardan mazkur fan morfologiya, fiziologiya, sistematika, paleontologiya, yer, suv, atmosfera haqidagi fanlarni o’zida birlashtiradi. Alohida olinganda bu fanlarning har biri tirik va o’lik tabiatning ma’lum bir xususiy qismini o’rganadi. Ammo ularning hech biri tabiatning umumiy qonuniyatlari, uning yemirilishi, taraqqiy topishini o’ziga xosligi va shu vaqtning o’zida bir butunligini tushuntirishga qodir deyish qiyin.
Er qurrasining o’lik qismi haqidagi fanlar tuproqshunoslik, gidrologiya, geologiya, gidrosfera uning tirik qismi haqidagi ma’lumotlarga tayangan va u bilan uzviy bog’liq holda ish ko’radi. Evolyusion ta’limot tarixi esa chog’ishtirma morfologiya, paleontologiya va barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, tarqalishi va rivoj topishi haqidagi fanlarga tayangan holda ish ko’radi.
Shunday ekan, tabiiy fanlar konsepsiyasi fani qisqa qilib aytganda kompleks fanlar majmuidan iborat bo’lib, yuqorida ta’kidlangan fanlar esa uning asosiy tarkibiy qismlaridan iborat desak xato qilmaymiz.
Tabiiy fanlar konsepsiyasi fanining o’zi nima? Bu tabiat to’g’risidagi, tabiatning turli-tumanligi, uning koinotning boshqa qismlari bilan uzviy bog’liqligi, tirik tabiat, xususan, mikro va makroorganizmlar, o’simliklar va hayvonot olami, odam, uning kelib chiqishi va evolyusiyasi, geografik tarqalishi, tirik organizmlar populyasiyalarining ko’payishi, zamon va makonda tuzilishning o’zgarish qonuniyatlari, irsiyat va o’zgaruvchanlik. Uning genetik sistemasi, individlar o’rtasida mavjud turli-tumanlilikning mazmuni va ahamiyati, yashash uchun kurash jarayonida tabiiy tanlanish va hokazolarning koinot tarkibida yagona tiriklik mavjud yer qurrasidagi biologik jarayonlar atmosfera havosi, suv, tuproqqa tegishli ta’siri va tirik organizmlarni koinotning o’lik qismiga ta’sirini kompleks holda o’rganadigan fan.
Ilmiy uslubning asosi va ilmiy ma’lumotlarning poydevori kuzatish va eksperiment hamda har qanday avtoritetga moyillikdan xoli bo’lishida. Kuzatish va eksperimentni keyinchalik har tomonlama analiz qilish, ya’ni uni bo’laklarga bo’lib alohida alohida tekshirish va qaytadan yaxlit holda takroran tekshirib ko’rish, sintez qilish mumkin. Ana shu kuzatish va eksperimentlar asosida tadqiqotchining turli-tuman tabiat hodisalarining o’zaro bog’liqligi, ularning sabab va oqibatlari haqida farazi shakllanadi.
Binobarin, ilmiy uslub tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlarni aniq kuzatish olib borilishi, kuzatishlarni taqqoslanishi va nihoyat kuzatishlarning natijasini ma’lum sistemaga solib tegishli xulosa chiqarishdan iborat.
Kuzatish. Insonning ma’lum maqsadni nazarda tutgan holdagi bajaradigan ish faoliyati. Kuzatish ishlari tabiatda kuzatiladigan har qanday voqeylikni sodir bo’lishi haqidagi tegishli ma’lumotlarga ega bo’lish uchun olib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining deyarli barcha yo’nalishlarida kuzatish ishlarini olib borish mas’uliyatli va shu vaqtning o’zida zarur ilmiy tadqiqot ishlarining debochasi hisoblanadi.
Xususan botanikada ma’lum bir o’simlik turining o’sishi va rivojlanishi kuzatilsa, hayvonot olamida tegishli hayvon turining o’z arealida tarqalishi, mavsumiy o’zgarishi haqida, astronomiyada quyosh sistemasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, gidrologiyada suv va unda sodir bo’ladigan salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar, seysmologiyada yer qimirlashlar va hokazolar ustida kuzatish ishlari olib boriladi va xulosa chiqariladi.
Kuzatish jarayonida tadqiqotchi o’rganilayotgan ob’yektga kuzatish jarayonida sodir bo’ladigan hodisa va voqealarning unga bog’liq bo’lmagan holda o’tishiga ko’nikkan holda ish ko’radi. Kuzatuvchi tegishli ob’yektni kuzata turib, kuzatish ob’yektini idora qilish yoki sodir bo’layotgan jarayonni tezlatish yoki sekinlashtirish imkoniga ega emas. Tadqiqotchi faqat passiv kuzatuvchi sifatida o’z ishini davom ettirishga majbur.
Eksperiment. Ilmiy tadqiqot ishining tekshirish ob’yektiga faol ta’sir qilish yo’li bilan tadqiq qilish uslubi. Bu usul ilmiy tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan yangi shart-sharoit yaratish yoki sodir bo’lishi lozim bo’lgan jarayonni tezlatish yoki kerakli tomonga o’zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Eksperiment insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida tabiat va tabiiy muhitda sodir bo’ladigan voqeylikni o’rganish uchun, sodir bo’lgan va sodir bo’layotgan jarayonlarni ilmiy asosda o’rganish uchun tadbiq etiladigan tabiatshunoslik fanining ilmiy uslubi. SHuning uchun ham bu uslub bilish manbai va farazlar hamda nazariyalarni haqiqat ekanligini aniqlash kriteriysi hisoblanadi.
Tadqiqotchi eksperiment tajriba jarayonida birinchidan ob’yektni o’rganish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, eksperimentga to’sqinlik qiladigan omillarni bartaraf etish, ikkinchidan turli vositalar yo’li bilan sodir bo’layotgan yoki bo’lgan hodisani qayta takrorlash yoinki sun’iy yo’l bilan yuzaga keltirish, uchinchidan tegishli texnika va moslamalarni tadbiq etish yo’li bilan kuzatish va o’lchash ishni real ravishda olib borishga imkon beradi. Ilmiy eksperiment hozirgi kunda kishilik jamiyatining amaliy faoliyatida salmoqli o’rin tutadi.
Modellashtirish. Tabiat ob’yektlarini ularning modellarida o’rganish uslubi. Real ravishda mavjud predmet va hodisalarni (organik va noorganik sistemalar, kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar va hokazo) real aniq o’rganish maqsadida ularning o’ziga o’xshash modelini tayyorlash va sodir bo’ladigan jarayon va hodisalarni modelda takrorlash va taqqoslash yo’li bilan o’rganishdan iborat.
Modellar turli-tuman bo’lib, ular foydalanish o’rni, xususiyati va tegishli yo’nalishda qo’llanilishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
Modellashtirish tushunchasi ilmning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib, gnoseologik kategoriyalar qatoriga kiradi. Modellashtirish imkoni yoki o’rganiladigan manba natijasini tegishli qurilmada tekshirib ko’rish, tegishli farazlar va nazariyalar yaratish imkonini beradi. Modellashtirish odatdagi umumiy yoki xususiy uslublar bilan bog’liq holda olib boriladi. U ayniqsa eksperimental ishlar bilan bevosita bog’liq. Hodisa va voqealarni, uning modelida o’rganish eksperimentning model eksperimenti deb yuritiladigan oldindan tegishli maqsadni ko’zlab olib boriladigan maxsus turi bo’lib, u boshqa eksperiment ishlaridan farqli ravishda originalni o’rnini bosadigan model bir vaqtning o’zida eksperimental ishning ham vositasi ham ob’yekti hisoblanadi.
Modellashtirish uslubi imkoniyatning amaliy hayoti va nazariy tafakkuri jarayoniga tobora chuqurroq kirib bormoqda. U ayniqsa informatikaning rivoji, personal kompyuterlar va informasiya tarmoqlarni, bank bilimlarini rivoji uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi modellashtirish metodini qo’llashni taqozo etadi.
Induksiya. Tabiiy fanlarda predmet yoki tabiiy hodisalarni tajriba asosida tekshirib ko’rish, kuzatish natijasida tegishli xulosaga kelinadi va tajribalar majmui ma’lum fikr asosida xususiy xulosadan umumiy xulosaga kelinadi. SHuning uchun ham induktiv umumlashtirish yoki umumiy xulosaga kelish umumiy aniqlik yoki qonun sifatida qabul qilinadi.
Cheksizlik haqida qabul qilingan qonun masalasida tajriba hamma vaqt tugallanmagan hisoblanadi. Tajribaning bu xususiyati induksiya mazmuniga taallukli. Induksiya muammo sifatida olinganda uni absolyut aniq deyish qiyin. Chunki tabiat va tabiiy muhitda sodir bo’ladigan jarayonning o’zi ham hamma vaqt absolyut aniqlikka ega emas. Induksiya aniqrog’i taxmin, kelgusida nazariyaga o’tadigan farazning boshlanish qismi.
Deduksiya. Bilish ilmining umumiydan xususiy, yakka, alohida bo’laklarga ajratilgan aniq natija yoki xulosa chiqarish. Masalan, fotosintez jarayonida murakkab organik modda shakar hosil bo’lishi haqida tegishli xulosa chiqarilgan deylik. Buning uchun o’simlik bargining quyosh energiyasini qabul qilish, havodan SO2 qabul qilishi, yerdan suvni o’simlik organlari orqali bargga qadar yetib kelishi va nihoyat ximiyaviy jarayonni sodir bo’lishi uchun xlorofilni ishtiroki ustida olib borilgan tajribalarda, bu hodisalarning har biri haqida alohida ma’lumot olinadi va tegishli xulosaga kelinadi.
Shu singari «Erda hayotni paydo bo’lishi», «Biologiyada evolyusion ta’limot», «Moddalarning saqlanish qonuni» va hokazolar umumiy qoidalar bo’lib, bularning har biri bag’rida bir nechtadan tegishli xususiy qonunlar yotadi.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə