Tabiiy fanlar



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#134524
1   2   3
“TABIIY FANLAR”FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Rivojlanish tarixi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotining ma’lum rivojlanish pog’onasida garchi tabiatshunoslik ilmining ma’lum elementlari qadimiy yegipet, Xitoy, Movarounnahr, Hindiston singari mamlakatlarda vujudga kelgan bo’lsada, u o’z xususiyatiga ko’ra keskin qarama-qarshiliklarga uchragan va uning taraqqiy topishi uchun bir butun mifologik sistemalarni parchalanishiga sabab bo’lgan.
Fanning ikki ming yillik tarixi uning qator qonuniyatlari va tendensiyalari borligidan dalolat beradi.
Tabiiy fanlarning taraqqiyot tarixi haqida fikr yuritadigan bo’lsak, uning asosini qadimiy Gresiyada amaliyot maktabi asoschisi, o’z davri va mamlakatining siyosiy arbobi Fales yaratgan. Fales dunyoni bilish maqsadida uzoq vaqt sayohat qilgan. Yegipetda geometriya va kosmologiya sohasida olgan bilimlari asosida quyosh tutilishini oldindan (karomat) aytgan. Aristotel fikriga ko’ra, Fales tabiatda sodir bo’ladigan voqeylik, tabiiy muhitni o’zgarishi va koinotda sodir bo’ladigan hodisalar, xususan quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, u yetti donishmand (ulamao)lardan birinchisi, dono va oqil siyosatchi bo’lgan. Aristotel uning og’zaki holda qoldirgan to’rt tezisini keltiradi:
1.Hamma narsa suvdan paydo bo’lgan.
2. Yer suvda daraxt (yog’och) singari suzib yuradi.
3. oinot iloh (xudo) arga to’la. Jon-koinotda joylashgan.
4. ag-«jon» bor, chunki u temirni harakatga keltiradi.
Falesning arxaik ontologiyasida borliq (mavjudiyat) va hayot o’xshash, bir-biridan farqlanmaydi. Koinotda mavjud barcha narsa hayot, yashaydi. Hayot nafas olish va oziqlanishdan iborat. Birinchi funksiyani iloh (xudo), ikkinchisini suv bajaradi.
Melodiydan oldingi 490-430 yillarda qadimiy yunonistonda yashab ijod etgan Empedokl o’z davrining buyuk tabiatshunos olimlaridan hisoblangan. Empedokl nafaqat o’zining falsafiy qarashlari bilan, balki mohir tabib, bilimdon fizik va fiziolog sifatida shuhrat qozongan. U quyosh tutilishini tushuntirib berishga muvaffaq bo’lganlardan. Empedokl quyosh tutilishini oy, yer bilan quyosh o’rtasidan o’tgaligi tufayli sodir bo’lishini tushuntirgan. SHunga ko’ra, quyosh nuri (yorug’lik) shu qadar tez o’tadiki, kishi uning harakatini payqamaydi va tarqalish uzunligini aniqlay olmaydi.
Empedoklning «Tabiat haqida» va «Tozalanish» deb nomlangan ikkita yuksak san’at asari-poemasi (she’rlarining o’ndan bir bo’lagi bizga qadar yetib kelgan) mavjud. Empedokl falsafasiga ko’ra borliq asosan to’rt narsa: olov, havo, suv va yer elementlari statusiga ega. Empedokl bularni barchasi tabiatda mavjud narsalarning ildizi yoki organik moddalarning sifat va miqdor jihatidan o’zgarmas, ma’lum proporsiyada hosil bo’ladigan tabiat substansiyasi deb qaragan.
Empedokl tabiat hodisalarini bir xildan ikkinchi xilga o’tishi, ya’ni bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lishini inkor etuvchi tezisini qabul qilgan. Uningcha «tug’ilish» va «o’lish»ning o’zi yo’q. Bular so’zlarni noto’g’ri ifodasi hisoblanadi. Aslida uningcha elementlarning mexanik jihatdan «birikishi» va «ajralish»dan iborat. Chunki elementlarni ifoda etish uchun morfologik kod qo’llaniladi.
Masalan, Zevs (olov), Aydoney (havo), Nestida (suv), Gera (er). Bularning o’zaro intilishi (tortishuvi) yoki itarilishi «sevgi» va «nafrat» sifatida namoyon bo’ladi.
Tabiatshunoslik ilmi taraqqiyotida qadimiy yunoniston falsafasi namoyondalari orasida matematika sohasida salmoqli o’rin egallagan, geometriyada akseomalar nazariyasini yaratgan, makon (fazo, bo’shliq) tabiatni real voqeylik ekanligini falsafiy asosini yaratgan, melodiydan oldin, to’rtinchi asr oxiri uchinchi asr boshida yashagan Evklid ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadimiy yunoniston astronomiya, geografiya, matematika, optika sohasidagi ishlari bilan shuhrat qozongan, melodiydan oldingi II asrda yashagan buyuk mutafakkir olim-ulamolardan yana biri Ptolemeydir. Uning asosiy asari «Buyuk tuzilish» deb nomlangan qadimiy astronomik ilmlar to’plamida olamning geosentrik modeli, jonlanish o’rni, yorug’lik tarqatish xususiyatini tavsifi va 1028 yulduz katalogi berilgan va 16 asrda Kopernikning olamni geosentrik sistemasi tuzilguniga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Ptolemey g’oyasiga ko’ra olam markazida yer qurrasi harakatsiz holda turgan. Uning atrofida orbita - episikllar bo’ylab planetalar harakat qilgan. Episikllar markazi diferentning siyg’onuvchi atrofi bo’ylab harakatlanadi (siljiydi).
Qadimiy yunoniston ulamolaridan yana biri melodiydan oldin 384-322 yillarda yashagan Aristotel Arastu nomi bilan Markaziy osiyoda yuksak hurmatga molik tabiatshunoslardan. Melodiydan 367 yildan binoan Platon shogirdi 365 yilda «Likkey» deb nomlangan o’z shaxsiy maktabini ochgan Arastu o’z davrining barcha fizika, matematika, biologiya, astronomiya va boshqa tabiatshunoslik fanlariga oid ma’lumotlarni umumlashtirgan. Uning bizga qadar yetib kelgan asarlarini shartli suratda yetti qismga bo’lish mumkin. SHular orasida biz uchun muhimi fizik-astronomik asarlari bo’lib, ular o’zida «Fizika», «Osmon haqida», «Vujudga kelish va yo’q bo’lish haqida», «Meteorologiya» biologik traktati: «Jon haqida», «Hayvonot olami tarixi», «Hayvonlar harakati» kabilar hisoblanadi.
Arastu nazariy masalalarining «bosh filosofiya»si sifatida fizika va biologiyani qabul qilingan bo’lib, ular bir-biri bilan qorishib ketgan.
Arastuning asosiy g’oyasi organik olam (koinot - falakiyot)ning oxiri borligi; olamni harakatga keltiruvchi boshqaruvchi kuch (iloh)ning mavjudligi; olloh (xudo) bekorga yoki bilmay (sababsiz) qolmasligi; fizika umumiy qonunlarini inkor qilish; tabiatning narvon shaklida oddiydan murakkabga tomon nerxaik tuzilishi va uning har xil pog’onasini o’z o’rni bo’lib, yuqori pog’onasi pastki pog’onaga nisbatan ustunligi va muhimligi bilan farq qiladi va nihoyat koinotni va doimiyligini inkor etishidan iborat.
Qadimiy Gresiyaning mutafakkir olimi Arastuning shogirdi melodiydan oldingi 322-160 yillarda yashab ijod etgan Teofrastning «Fizika», «Toshlar haqida», «Olov haqida», «Hid haqida», «SHamol haqida», «Obu-havo alomatlari haqida» va ayniqsa «O’simliklar» va «Hayvonlar» haqidagi asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. yevropa mamlakatlarida uning bu asarlari arab tilidan o’girilib, 17-18 asrlarda keng qanot yoygan. SHuning uchun ham yevropada Arastu botanika va geografiya fanining asoschilaridan deb qaralgan.
Tabiatshunoslikning rivojlanishida ayniqsa IX-XV asrlarda ikki daryo oralig’i, qadimiy Movarounnahrda ilm va fanning yuksak taraqqiy etganligi asosiy sabablardan deb hisoblasak xato qilmaymiz.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə