Tabobat bilan bog’liq halq donishmandligi



Yüklə 13,51 Kb.
tarix07.10.2023
ölçüsü13,51 Kb.
#126200
4 mavzu


Tabobat bilan bog’liq halq donishmandligi.
Reja:
1. An’anaviy tabobat bilan bog’liq halq tajribalari.
2. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida an'anaviy tabobat bilan bog’liq masalalar.
3. Halq tabobati bilan bog’liq bilim va ko’nikmalar.
An'anaviy tabobat - zamonaviy meditsina paydo bo‘lguncha - turli jismoniy va ruhiy kasalliklarga qarshi kurashish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Zamonaviy meditsina sharoitida ham aholining muayyan qismi an'anaviy tabobatga murojaat etib keladi.
An'anaviy tabobat tajribasi oddiy odamlar tomonidan ajdodlardan avlodlarga uzatilib, oila a'zolarini mustaqil davolashga xizmat qilgan bo‘lsa, uning maxsus bilimlari faqat shu soha bilan chuqur va muntazam shug‘ullanib kelgan kishilargagina ma'lum bo‘lgan. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘iga yara toshib ketishi (xalq tilida “og‘iz uvilishi”, zamonaviy meditsinada “stomatit” deyiladi)ni achchiqtosh bilan og‘izni chayish orqali, suyak sinishini esa faqat “siniqchilar” davolaganlar.
Insonlardagi jismoniy kasalliklarning aksariyati dorivor o‘tlar, qo‘l bilan uqalash orqali davolangani holda, ruhi kasalliklarning aksariyati duo o‘qish va ruhiy ta'sir o‘tkazish orqali yoki musiqa vositasida davolangan. Musiqaning inson ruhiyati va jismiga ta'siri, ayniqsa milliy musiqaning bunday xususiyati hali yetarlicha o‘rganilmagan.
An'anaviy tabobatning juda katta sirlari Abu Ali ibn Sinoning asrlar osha yashab kelayotgan “Tib qonunlari” asarida yozib qoldirilgan.
An'anaviy tabobatda bir xil kasallikni turli yo‘llar va vositalar bilan davolash amaliyoti ham uchraydi. Bunda tabib o‘zi o‘rgangan uslubdan foydalanadi.Odamning jismoniy, ruhiy salomatligiga ona-tabiat, jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi marosimlar mohiyatidan ham ayon bo‘ladi. Deylik, qish uzoq cho‘zilib, ko‘klam kelishi intiqlik bilan kutilganda «Boychechak» marosimi o‘tkazilgan. Bu marosim ulus hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Dastavval, kattalar ijrosida o‘tkazilgan bu marosim keyinchalik bolalar folklori ko‘rinishini olgan. Zero, unutilgan ko‘pgina marosimlarning izlari aynan bolalar folklori tarkibida saqlanib qolgan.
Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning mustaqil «O’zbekiston nomoddiy madaniy meros» fanini o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u metodik va axborot resurslari bilan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Mustaqil ishni tashkil etishda har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; nazariy bilimlarni seminarotda qo‘llash; mavzu yuzasidan tahlilga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish va boshqalar. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba uchun fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari tegishli kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuziladi, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Mustaqil ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2009 yil « 14 » avgustdagi 286-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma” asosida tashkil etiladi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash seminar mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Nomoddiy madaniy meros” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko‘rinishida shakllantirilgan.
Yüklə 13,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə