Tafakkur operatsiyalari Reja; Tafakkur operatsiyalari Tafakkur turlari Tafakkur shakllari Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 25,23 Kb.
səhifə1/5
tarix30.05.2023
ölçüsü25,23 Kb.
#114309
  1   2   3   4   5
Tafakkur operatsiyalari


Tafakkur operatsiyalari

Reja;

1.Tafakkur operatsiyalari

2.Tafakkur turlari

3.Tafakkur shakllari



4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



1.Tafakkur operasiyalari

Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin.
Yuqorida aytib, o’tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolg’iz analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta'sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib ho’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z, so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak, boshqa yo’l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik.
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi. Shuningdek, o’quvchilar ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut borligini topadilar.
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek, maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta'limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob'ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba'zan predmetlarni muhim bo’lmagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta'sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob'ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob'ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha umumlashtiriladi.
Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat'iy nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz ob'ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib isoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob'ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda ko’z oldimizga qor, qog’oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo’lgan umumiylikni ochishda
ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo’ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo’shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog’ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o’zidir.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.
D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo’lishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo’lish klassifikasiyalash yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari
bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar.
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni
tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi.



Yüklə 25,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə