Tajriba ishi №4 Mavzu: rdb frezalash stanoklarida ishlov berishni dasturlashda tayanch nuqtalarni koordinatalarini aniqlash Ishni bajarishdan maqsad



Yüklə 17,11 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü17,11 Kb.
#164412
4-tajriba


Tajriba ishi №4
Mavzu: RDB frezalash stanoklarida ishlov berishni dasturlashda tayanch nuqtalarni koordinatalarini aniqlash
Ishni bajarishdan maqsad. Dastur bilan ishlov berishda keskichning harakat yo`nalishlarini,trayektoriyalarini qurishni o`rganish.
Umumiy ma`lumot.
Dasturga muvofiq mashinaning ishlashini boshlashdan oldin asbob ushlagichi har bir dastur uchun belgilangan boshlang'ich pozitsiyasida bo'lishi kerak. Bunda kesish asbobining chiqib turishini xarakterlovchi dasturlanadigan nuqtasi,keskich uchiga koordinata o`qlariga nisbatan parallel o`tkazilgan urinmalarning kesishish nuqtasi bilan aniqlanadi.Ayrim turdagi keskichlarning kesish qirrasining dasturlanadigan nuqtaga mos kelish holati 1.3 rasmda ko`rsatilgan.

1.3-rasm.Ayrim turdagi keskichning dasturlanadigan nuqtasi; a-to`g`ri o`tuvchi keskich; b-qayrilgan o`ng o`tuvchi keskich;c-qirqib tushiruvchi keskich;d-shakldor keskich; ayrilgan chap o`tuvchi keskich;e-yo`nib kengaytiruvchi keskich.
Supportning bo`ylama yo`nalishdagi dastlabki holati (Z o'qi bo'ylab) keskichning dagturlanadigan nuqtasi tayyorlanma toresidan ma`lum masofada, uning o`lchamlari yoyilishi va keskichning kesib kirish qiymatini hisobga olgan holda tanlanadi.Bu pozitsiya (1.4 -rasm) dastgohning sobit holatidan (dastgohning nol nuqtasi) keskichning dasturlanadigan nuqtasigacha bo`lgan masofa Z` bilan belgilanadi. (1.4 -rasmga qarang).
Supportning ko'ndalang yo'nalishda boshlang'ich pozitsiyasi (X o'qi bo'ylab) ishlov beriladigan detalning diametriga va dastgoh pasportiga muvofiq tayyorlanmaning ruxsat etilgan eng katta diametriga bog`liq.
Bu pozitsiya dastgoh koordinatalar sistemasining 0c nuqtasidan keskichning dasturlanayotgan nuqtasigacha bo`lgan X` masofa bilan belgilanadi (1.4-rasm). Shuni yodda tutish kerakki, agar tayyorlanmaga bitta keskich bilan ishlov berilsa , bu masofani iloji boricha tayyorlanmaga yaqin masofada tanlashkerak.Bu BD ning ishlov berish vaqtini kamaytiradi. Agar ishlov beriladigan tayyorlanma bir nechta asboblar yordamida ishlov berilsa,bu nuqta keskich tutqich erkin aylana oladigan masofada tanlanadi.

Keskichning 0 nuqtasi



Dastgoh noli

1.4-rasm.dastur bilan ishlov berishdan oldin keskichning dastlabki holati.
Keskichning harakat trayektoriyasini qurishni quyidagi misolda ko`rib chiqamiz.
Misol. O`lchami d28x136 mm bo`lgan chiviq tayyorlanmaga ishlov berishda keskichning harakat yo`nalishini quramiz.(1.5-rasm).
Tayyorlanmaning d12 uchastkasiga bir o`tishda ishlov berob bo`lmaydi.Shuning uchun tayyorlanmaga avval d25-0.2 o`lchamda 50mm uzunlikda ishlov berib,qolgan 9.36+0.36 mm uzunlikdagi quyumni d12mm o`lchamga qadar uch martaga bo`lib ishlov beramiz.
Bu holda keskichning harakat trayektoriyasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
0 - 1 – supportning ko`ndalang yo`nalishda d25-0.2 mm ga qadar siljishi;
1 - 2 – keskichning 51 mm uzunlikda bo`ylama siljishi;
2 - 3 – keskichning d29 mm ga ko`ndalang yo`nalishda qaytishi;
3 - 4 – supportning bo`ylama yo`nalishda Z o`qi bo`ylab dastlabki nuqtaga tez qaytishi;
4 - 5 – keskichning ko`ndalang yo`nalishda d20 mm ga siljishi;
5 - 6 – keskichning 10.36 mm ga bo`ylama siljishi;
6 - 7 – keskichning d26 mm ga qaytishi;
7 - 8 – supportning bo`ylama yo`nalishda tez harakati;

1.5-rasm.Keskichning harakat trayektoriyasini qurish.
Shundan so`ng harakat tsikli yana ikki marta, d12 mm ga qadar takrorlanadi. Bunda har safar keskich ishchi yurishdan so`ng, d26 mm ga to`g`ri keluvchi 7 nuqtaga qaytadi.Oxirgi ishchi o`tishdan so`ng, keskich dastlabki 0 nuqtaga qaytadi va ishlov berish yakunlanadi.
Kerakli asboblar.
67K25PF2 universal RDB frezalash dastgohining sxemasi,kerakli ma`lumotnomalar,Virtual frezalash RDB dastgohi.
Ishni bajarish tartibi:1.Nazariy qismni o`rganish.
2.Variantga ko`ra berilgan detal chizmasini o`rganish.
3.Keskichlarni tanlash.
4.Dastgohning nolnuqtasi va koordinatalar tizimini tahlil qilish
5.Keskichning harakat trayektoriyasini qurish.
6.Hisobot.

Nazorat savollari.


1.Tokarlik keskichlarining turlari va vazifalarini aytib bering.
2.Keskichning dastlabki nuqtasi qanday tanlanadi?
3.Dastgohning hol nuqtasi nima?
4.Z o`qi dastgohda qanday joylashgan?
5.X o`qi dastgohda qanday joylashgan?
Yüklə 17,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə