Talabalar (o`quvchilar) mustaqil o`quv faoliyatini tashkil etish
REJA:
1.Talabalar mustaqil ishining o`ziga xos xususiyatlari.
Mustaqil ishlar turlari.
Z. Talabalar mustaqil o`quv faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy shartlari.
Mustaqil tahsil olishning asosiy metodlari.
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o`quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o`rin egallaydi. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o`quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko`nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta`minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy-didaktik maqsadlarga bog`liq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining birinchi turi- bu sirtdan qaraganda faoliyatning algoritmi ma`lumotlari va vazifalar sharoitidan iborat, ya`ni dastlabki bilimlarning (bilimlarning birinchi bosqichi) shakllanishi omillari asosida talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu maqsadga yetish uchun talabalar tomonidan idrok qilinadigan vazifalarni yechish zarurligi ko`zda tutiladi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining ikkinchi tipi. Bunda o`zlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, ya`ni bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi.
Bu maqsadga idrok qilinadigan masalalarni yechish chog`ida talabalardan yo tanlab olingan faktlarni tavsiflash asosida obyektlar va hodisalarni aniq bayon qilish yoki o`rganilayotgan obyekt va hodisalardagi o`zgarishlarning sababini asoslash hamda uni ifodalash orqali yetish mumkin. Unisini ham, bunisini ham talabalar avval egallagan, shakllangan bilimlar tizimini to`g`ri jalb qila olishi va faollashtira olishi asosida bajarishi lozim. Talabalarning bilish (idrok qilish) faoliyati avval o`zlashtirilgan o`quv axborotining mazmuni, tuzilmasini qayta ishlash, qisman qayta loyihalash va yangilashdan iborat bo`ladi. Bunday qayta loyihalash va yangilash tavsif qilinayotgan obyektni taxlil qilish, vazifani turli yo`llar bilan bajarish, ulardan eng to`g`ri yoki mantiqiy izchilligini topish kabi yechish usullarini tanlash zarurligini keltirib chiqaradi.
Mustaqil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining umumiy tavsifnomasi shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish g`oyasi (tamoyili) e`lon qilinadi, talabalardan ushbu g`oyani (tamoyilni) rivojlantirib, konkret sharoitga tatbiq etish usul va usullari talab qilinadi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining uchinchi tipi
talabalarda uchinchi bosqich-tipik bo`lmagan vazifalarni bajarish chog`ida shakllanadigan bilimlardan iboratdir.
Bu maqsadga talabalardan o`rganilayotgan obyektdaga o`zgarishlar sabablarining algoritm asoslarini tuzishni talab qiladigan bilish (idrok qilish) masalalarini yechish jarayonida erishish mumkin.
Mustaqil ishlarning uchinchi tipini bajarishdagi bilish faoliyati umuman olganda bilim, malaka, ko`nikmalarni ko`chirishni amalga oshirish yo`li bilan avval o`zlashtirilgan va qolipga tushgan (muayyan algoritm harakatlari tajribasi) tajriba asosida yangi faoliyat tajribasini to`plash va namoyon qilishdan iborat bo`ladi. Bu tipdagi ishlar vazifasining mohiyati izlanish, yechimlar g`oyasini ifoda qilish, amalga oshirishdan iboratdir. Bu qolipga tushgan tajribalar doirasidan doimo chetga chiqadi va fikrlashning jonli jarayonida talabalardan topshiriqlarni avval o`zlashtirilgan o`quv axborotlari, ularga yangi nuqtai nazardan yondashish (muayyan topshiriqlar talablari nuqtai nazaridan) asosida turlanadi.
Dostları ilə paylaş: |