Taʼlim mazmuni taʼlim



Yüklə 39,82 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü39,82 Kb.
#136148
  1   2   3   4
Taʼlim mazmuni


TAʼLIM MAZMUNI
Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika).
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi – oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiy-tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Ta`lim o`qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yo`l-yo`riqlarni o`z ichiga oladi.Ta`lim tamoillari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy qonuniyatlaridir. Qonuniyat bu barqarorlik, zaruriyat, u yoki bu hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa. Ta`lim tamoillari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirishlari, bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi. O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta`limning ilmiylik prinsiplari. Maktablarimizda ta`limning ilmiy bo’lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi qonun va qoidalarni dialektik materialistik asosda egallab olishlarini, atrofini o`rab olgan ob`yektiv borliqdagi predmet, narsa, hodisa va voqealarning bir-biriga bog`liqligi, hamisha harakatda va rivojlanishda ekanligini ilmiy asoslarini anglab olishlarini, fakt va hodisalarni mustaqil tahlil qilish va xulosalar chiqarish, shunindek, ularga o`zlashtirilgan ilmiy bilimlarning turmushda bilish ko`nikma va malakalarni hosil qilish talabalarning o`z ichiga oladi.
Ta’limning ilmiy bo`lishi prinsipi ta`lim jarayonida o`quvchilarning hozirgi fan va texnika taraqqiyot darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollashtirishni hamda maktab ta`limi davomida yoshlarni ilmiy bilimlar bilan tanishtirib borishni ta`minlashga qaratilgan. Didaktikaning ilmiylik prinsipi maktab ta`limining mazmunigagina aloqador bo`lib qolmay, o`qitish meto`dlariga ham aloqadordir.
U maktab ta`limi jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydala olishga qaratilgan o`qitish meto`dlarini ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, saviyasi va yosh xususiyatlariga mos keladigan eng sodda shakldagi ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni ham talab qiladi. Ayniqsa o`quvchilarni, atrofni, narsa, voqea va hodisalarni mustaqil suratda kuzatish, eksperiment o`tkazish, dastlabki ilmiy tadqiqot meto`dlari bilan tanishtirishni talab qiladi. Didaktikaning ilmiylik prinsipi o`quvchilar ilmiy materialistik dunyoqarashlarni shakllantirishga, atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqni o`rganish, bilishga bo`lgan qiziqishlarni o`stirish, shuningdek ularning mustaqil ravishda o`z ma’lumotlarini oshirishga mustaqil ilmiy ishlar olib borishga bo`lgan moyilliklarini rivojlantirish ham zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar hosil qilishga olib keladi. Bularning hammasi o`quvchilarning ijodiy faolliklarini oshiradi.
Ta`lim va tarbiyaning birligi. Ta`lim jarayonida o`quvchini tarbiyalashjamiyatda o`z o`rnini topishga yo`naltirish, ularga barkamol shaxs hislatlarini singdirish asosiy o`rinni tutmog`i lozim. Buning uchun:

  1. o`zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o`quvchilarda ilmiy materialistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;

  2. shu jarayonda o`quvchilarga muayyan ma`naviy sifat, umuminsoniy ahloq meyorlarini singdirish;

v) o`quvchilarning aqliy kamoloti va qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish nazarda tutiladi.
Ta`lim-tarbiyaning birligini taminlash, ta`lim jarayonini to`g`ri tashkil etish va xilma-xil o`qitish meto`dlaridan unumli foydalana olishga ko`p jihatdan bog`liqdir. Ta`lim bilan tarbiyaning birligini ta`minlamoq uchun ayniqsa:
a) bayon qilinayotgan o`quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, ham g`oyaviy jihatda to`g`ri yo`nalishga ega bo`lishi;
b) o`qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish;
v) bayon ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o`zlashtirish hamda turmushda ularga amal qilinishi;
g) ta`lim jarayoni o`quvchilarning qiziqishini orttirish, faollik va tashabuskorliklarni oshirishga qaratilgan bo`lishi;
d) ta`lim jarayonida o`quvchilarning saramjonlik, uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, jamoatchilik hamda o`zaro yordam hislarini tarbiyalashga alohida ahamiyat bermog`i lozim.
Ta`limda nazariyaning amaliyot bilan birligi. Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar
Ta`limning muntazamlilik va izchillik Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
O`qituvchi kundalik o`quv materiallarini bayon qilishda muntazamlilik prinsipiga muvofiq dars o`tadi. Bunda:

  1. Yangidan bayon qilinayotgan o`quv materiallarining oldindan o`zlashtirilgan materiallar bilan izchil bog`lanishini ta`minlash va shu orqali o`quvchilarda hosil qilingan tasavvur va tushunchalarni hamda chuqurlashtirish;

  2. Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining hajmiga muvofiq sur’atda qisimlarga bo`lish, undagi yetakchi va bosh masalalarni ajratish qisimlardan kelib chiqadigan umumiy tushunchalarni aniq va ravshan qilib o`qitish;

  3. Yangi materiallarni bayon qilish jarayonida o`quvchilarni mustaqil mantiqiy fikr qilishga da`vat etish, shuningdek ijodiy urinishlarni tarbiyalash kabilar nazarda tutilmog`i lozim. Shu bilan birga ta`limning muntazamlilik prinsipi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o`tilgan materiallarini to`ldirishga hizmat qilishi; o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim va hosil qilgan ko`nikma va malakalarni hisobga olib borishni ham o`z ichiga oladi.

Ta`limning muntazamliligi uning izchilligi bilan bog`liqdir. Izchillikka asoslangan ta`limning harakterli belgisi shundaki, u o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, ularning o`zaro bog`lanishlarini takomillashtirish va aksincha, yangi bilimlarni hosil qilish jarayonida oldin o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalar yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgandir.
Ta`limda onglilik va faollik. Ta`limda onglilik o`quvchilarning ilmiy bilimlarini asosli ravishda anglab, chuqur o`zlashtirib olishlarini taqozo qiladi. O`quvchilarning ta`lim jarayonida onglilik bevosita ularning aqliy faoliyatlari bilan fikr qilish faoliyati bilan chambarchas bog`liqdir. Odatda o`quvchilarning ongliligi bayon qilinayotgan o`quv materiallarini yoki tevarak atrofni o`rab olgan ob`ektiv borliqdagi narsa, hodisa, voqealarini fikr qilish operatsiyasi-taqqoslash, analiz qilish, abstraksiya va umumlashtirish natijasida ilmiy bilimlarning qonun-qoidalari hayotiyligiga ishonch bilan qarashlarida, shuningdek nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishlarida ko`rinadi. Bayon qilinayotgan o`quv materiallarining ongli o`zlashtirlgani o`quvchilarning fikr qilish faoliyatlariga ta`sir qilishi kuzatish natijasida ro`yobga chiqadi va ayni bir vaqtda bu jarayon o`quvchilarning ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash o`zlashtirishlarga ongli, mustaqil, faol munosabatda bo`lishlarini ta’minlaydi. Ta’limni ongli o`zlashtirishda, bir tomondan, o`quvchilarning mustaqil va faol fikr qilishlari nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o`quvchilarning mustaqil va faollik bilan mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Bu prinsip o`quvchilarning bilish faoliyatida va dars berishda asos qilib olingan qoida sifatida uchta muhim jihatni:

  • o`quvchilar tomonidan o`quv materiallarini ongli ravishda tushinilishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishni, bilish faoliyatining shakllanishini o`z ichiga oladi.

O`quvchilar o`quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushunishi, o`quv mashg`ulotlariga ongli munosabatda bo`lishini, bilish faoliyatining darajasi turlicha bo`lishi mumkin.Eng yuksak daraja. O`quvchi qiziqishi va o`qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda mehnat qiladi. Uning darsdagi faolligi, mehnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o`rinda o`qituvchining ro`li o`quvchiga o`z o`qish vaqtini to`g`ri tashkil etishga yordam berishidan, unga aqliy faoliyatining ratsional usullarni o`rgatishdan iboratdir.Yuksak daraja. O`quvchilar materialni faollik bilan, lekin o`qituvchining rahbarligi ostida o`rganadilar. O`qituvchi ularga qiyinchiliklarni yengishga, qat`iyatli , irodali bo`lishga yordamlashgan holda ular faoliyatini yo`naltirib boradi.


O`rtacha daraja. O`quvchilar mazmunni o`zlashtirib olishga intiladilar, ammo turli sabablarga ko`ra, ya`ni yaterli ish qobiliyatiga ega bo`lmagani, o`qish sababablarini yuksak bo`lmagani, asab sistamasini ojizligi va shu kabi sabablarga ko`ra alaxsiydilar, diqqat-e’tiborsiz bo`lib qoladilar. Bunday sharoitlarda o`qituvchi o`quvchining alaxsish sabablarini yaxshi tushinib yetishi va profilatka tarzida ta`sir o`tkazish vositalarini oldindan rejalashtirib qo`yishi kerak.
Past daraja. O`uvchilarning diqqat-e`tibori boshqa narsalarga ham ko`chib qoladi. Ular o`qituvchining izohlariga, kitobga, amaliy mashg`ulotlarga, mustaqil ishlashga uzoq vaqtga qadar diqqatini qarata olmaydilar. Lekin o`quvchilar o’quv vazifasini anglaydilar va ularni yechish lozimligini tushinadilar. Odatda bunday o`quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etishni talab qiladi.
Eng past daraja. O`quv vazifasi o’quvchi faoliyatini belgilamaydi. U materiallarni zarurat bo`lganligi uchun o`zlashtiradi, ichki g`ayrat va omil tufayli emas, balki o`qituvchi, ota-onalar, katta yoshdagilar majbur qilgani uchun o`qiydi. O`quvchilarning faolligi o`quv jarayonida aloqasi yo`q faoliyati turlariga yo`nalgan bo`ladi. Odatda bunday o`quvchilar yomon o`qishadi, ular individual yondashuvni talab qilishadi. O`quv jarayonida uddaburonlik bilan rahbarlik qilish orqali maktab o`quvchilarining bilish faolligini yuksak darajada olib chiqish vositalarini topsa bo`ladi.
Ta`limning ko`rsatmaliligi.
Ta`limning ko`rsatmali bo`lishi prinsipi o`quv materiallarini o`quvchilar konkret obrazlar orqali bevosita idrok qilishlarini ta`minlaydi. Kuzatilayotgan ob`ektning harakteri yoki o`quv materialining hususiyatiga qarab idrok qilish quyidagicha bo`lishi mumkin:



  1. hayotdagi narsa, hodisa va voqealarni yoki o`quv materiallarini to`g`ridan-to`g`ri kuzatish orqali, bevosita idrok qilish yo`li bilan;

  2. ilgaridan sezilgan, idrok qilingan narsalar va o`quv materiallarining obrazlarini qaytadan esga tushirish, tasavvur qilish yo`li bilan;

  3. narsa, hodisa va voqealar yoki o`quv materiallarini tasviri ifodalangan ko`rsatma materiallarini namoyish qilish yo`li bilan idrok qilish mumkin.

Ta`lim jarayonida ko`rsatmali materiallarni qaysi yo`l bilan idrok qilishdan qat`iy nazar, to`g`ri tashkil qilingan ko`rsatmalilik prinsipi ta`limning yetakchi qonun-qoidalar va talablarni amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o`z ichiga oladi, ayniqsa:



    1. bayon qilinayotgan mavzuni harakteriga mos keladigan ko`rsatmali materiallardan unumli va to`g`ri foydalanish o`quvchilarni o`tilayotgan materiallarni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi. Dars qiziqarli o`tadi, sinf o`quvchilarining faolligi oshadi.

2) ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik yaqqol va konkret, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga mumkin qadar sezgi organlari safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta o`zlashtirilishi ta`minlanadi.


Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə