TARBIYA BIZ UCHUN YO HAYOT – YO MAMOT…
Ushbu maqola xalq ta’limi
tizimida psixologiya
fanini dars soatlari tarkibiga kiritish dolzabligi
masalasiga asoslanib yozildi.
Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot –
yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidir.
Abdulla Avloniy
Sardorbekning kundan-kunga davomati tushib, o‘zlashtirishi ham
pasayib
qoldi.
Imtihonlarga
tayyorlanayotgan
o‘quvchiga hech
o‘xshamaydi. Tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor bermay qo‘ydi. Bir
muammodan tashvishda ekanligi sezilib turibdi.
Kecha darsdan keyin
o‘tkazilgan psixologik treningda ham umuman faol bo‘lmadi. O‘quv yili
avvalida deyarli har kuni suhbatlashish uchun xonaga kirib turar edi. U
paytlari oilaviy masala bo‘yicha murojaat qilgan edi. Suhbatlashib,
maslahat-tavsiyalar berib, hayotiy misollar bilan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib
turgan edim. Keyinchalik uning ruhiy holati yaxshilanib, sinfdoshlariga
qo‘shilib qolgan edi.
Hozir birinchi o‘rinda Sardorbek masalasida shug‘ullanishim kerak.
Suhbatlashishim kerak bo‘lgan 9-sinfda o‘qiydigan Bibisora ham bor.
Shanba kuni shaxsiy kundaligini o‘qib chiqishim
uchun xonamda qoldirib
chiqib ketgandi. So‘nggi paytlarda yozgan kechinmalari yakunida
o‘rgimchak to‘rini chizishni boshlabdi. Bu narsaga jiddiy qarash zarur.
Shu kabi ruhiy holatdagi o‘quvchilar bilan doimiy aniq tartibda
psixoprofilaktik ishlarni olib borib, psixokorreksion yo‘naltirishim uchun
psixologiya fanini dars jadvaliga kiritishni
qattiq iltimos qilib, vazirlikka xat
bilan chiqmasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Avvalgi takliflarim kabi
taklifligicha jadvalda qolib ketmasidan turib harakatni boshlashim kerak.
Chunki ertaga o‘quvchilar mustaqil hayotga qadam qo‘yganlarida hayot
imtihonlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Puxta bilim egallagan o‘quvchi
imtihonlarda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgani kabi real hayot imtihonlariga
ham tayyorlash zarur o‘quvchilarni. Hayot baland-pastliklarida matonat
bilan qadam tashlash, muammolarga
yuzma-yuz tura olish, mas’uliyatni his
qilish va boshqa ko‘plab imtihonlardan o‘tish uchun ham psixologik
bilimlar zarur. O‘quvchilarning dars soatlari yakunlanishini kutib, ruhan va
jismonan toliqqan o‘quvchilar bilan ishlashni rejalashtirgandan ko‘ra,
psixologiya fanini dars soatlari qatoriga kiritib, kunning birinchi yarmida
maktabda kafolatlangan dars soatlarini tashkil etish zarur.
Psixologiya
fanidan ham kafolatlangan dars soatlari joriy etilsa, o‘quvchi ertaga hech
bo‘lmaganda mas’uliyat, iroda, tartib, qadriyat,
hurmat degan
tushunchalarni o‘ziga xos ijobiy tarzda singdiradi va hayot yo‘lida joriy eta
oladi. Salbiy holatlar, muammolar yuzaga kelsa aybdorlarni qidirib
qolmaslik uchun ham ishlarni kechiktirmay tashkil etish zarur. Aks holda
shaxslararo
munosabatlarda, jinsiy tarbiya masalalarida, kasb-hunar
tanlashda, nikoh oldi omillarini anglab olishda,
oila qurish va farzand
tarbiyasida misli ko‘rilmagan bo‘shliqlar yuzaga kelib qolishi mumkin.
Akbarov Mahmudjon Maksudovich
Farg‘ona viloyati Erkin Vohidov
nomidagi ijod maktabi psixologi
uz.far.max@gmail.com