«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə1/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org


Зоология ва экология


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI

VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

ANDIJON FILIALI



«Tasdiqlayman»

Oʻquv ishlari boʻyicha

direktor oʻrinbosari, dotsent

__________ M.Atajanov «_______»____________2020 y.


QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH”



KAFEDRASI
DONNI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI”

OʻQUV-USLUBIY MAJMUASI


Ta’lim yoʻnalishlari

5410500



Qishlok xujaligi maxsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



ANDIJON-2020
Fan dasturi Toshkent davlat agrar universiteti Kengashida koʻrib chiqilgan va tavsiya qilingan 2020 yil “ 28” 02 dagi 8 – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.




Tuzuvchilar:




M.Z.T.Zaynobiddinov

– “Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi assistenti





Taqrizchilar:


X. Akbarov

«Andijon mashinasozlik» inistituti «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi mudiri dotsent




A.Buvajonov

“Andijon yog’-moy”AJ Bosh texnologi




X.Adilov

“Andijondonmahsulotlari”AJ tezkor bo’lim boshlig’i



“Agrologistika va biznes” fakulteti dekani


_____________


S.Iskandarov




«_____» ___________2020 yil


Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasi mudiri:


_______________


J.Tuychiyev




«_____» ___________2020 yil




Kelishildi:


Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi v.v.b.


______________


I.Mamajonov




«_____» ___________2020 yil




MUNDARIJA








1.


OʻQUV MATERIALLARI




2.


MA’RUZA MASHGʻULOTLARI MAZMUNI




3.


LABORATORIYA MASHGʻULOTLARI MAZMUNI




4.


MUSTAQIL TA’LIM MASHGʻULOTLARI




5.


GLOSSARIY




6.


ILOVALAR




















































OʻQUV MATERIALLARI

MA’RUZA MASHGʻULOTLARI MAZMUNI

1-MODUL. DON MAXSULOTLARINI YETISHTIRISHNING NAZARIY AXAMIYATI. 1 MA’RUZA DUNYO VA RESPUBLIKA MIQIYOSIDA G’ALLA YETISHTIRISH TENDENTSIYALARI


  1. Un va yorma ishlab chiqarish
  2. O’zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari


  3. Un va yormaning assortimenti va sifat ko’rsatkichlari



Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismining birini un va yorma tashkil etadi. Un va yorma ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida bug’doy, javdar, sholi, arpa va boshqa donlar ishlatiladi. Oxirgi yillarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda. Bunda yuqori navli un va yormalar ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Tarkibida oqsil miqdori va tolasimon moddalar miqdori har xil bo’lgan unlar, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitilgan unlar, pishirish vaqti qisqartirilgan va pishirishni talab qilmaydigan yorma va un mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Ilm va amaliyotning yutuqlarini keng tadbiq etish natijasida donni qo’llash samaradorligi sezilarli darajada oshdi, elektr energiya sarfi kamaydi, un va yormalarning oziqaviy qimmati oshdi.

O’zbekiston respublikasi va chet mamlakatlarda un va yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari
Un donni maydalash jarayonida hosil bo’ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qism endospermidan olingan bo’lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda to’liq maydalangan bo’lsa jaydari un deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo’llaniladi.
YOrma asosan bu donning gul, meva va urug’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo’lakchalaridir.
YOrma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no’xat va oq jo’xori donlaridan ishlab chiqariladi.
Un va yorma sonsiz miqdordagi oziqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo’lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko’p bo’lgan oddiy yanchilgan jaydari uni hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida maydalangan qobiq­lar hisobidan tolasimon moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta’sir ko’rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.
Hozirgi vaqtda yuqori unumdorli texnologik uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda un tarkibida oqsil, kraxmal, mineral moddalar va vitaminlar miqdori ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan har xil navli unlarni ishlab chiqish mumkin. Bunday unlarni novvoylik, qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida qo’llanishi aholini non, makaron va qandolat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondiradi va bu mahsulotlarning sifatini oshirish imkonini beradi.
O’zbekiston Rspublikasida zamonaviy komplekt jihozlangan yuqori unumdorli tegirmonlar (unumdorligi bir kunda 250 tonnadan 500 tonnagacha bo’lgan tegirmonlar) va yorma zavodlari mavjud. Bu tegirmonlarda 75 % gacha yuqori navli unlar olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda unumdorligi 50 – 70 t/sut bo’lgan kichkina tegirmonlar qurilmoqda. Bu korxonalarda sifatli un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda ilg’or chet el texnologiyasidan va fan yangiliklaridan unumli foydalanilmoqda.
CHet mamlakatlarning tegirmon va yorma zavodlaridagi texnologik jarayonlar O’zbekiston Respublikasidagi tegirmon va yorma zavodlarda qo’llanadigan texnologik jarayonlardan printsipial farq qilmaydi. Faqatgina texnologik jarayonlarda qo’llanadigan jihozlar konstruktsiyalari bilan farq qiladi.
Un va yorma ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar, qisqartirilgan texnologik sxemalar, tejamkor jarayonlar, jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishning to’liq avtomatlashtirilgan sistemalarini yaratish hozirgi davrning muammolardan biridir.
1. Un qanaqa donlardan ishlab chiqariladi?
2. YOrma qanaqa donlardan ishlab chiqariladi?
3. Un va yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari qanday?
Un va yormaning assortimenti va sifat ko’rsatkichlari
Non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi maxsus talablarni qoniqtiruvchi un qo’llashni talab qiladi. SHuning uchun, bug’doy va javdar donlaridan bir necha xil navli unlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari yosh bolalar va diyetik kasallar ovqati uchun, parhez ta’omlar uchun unning alohida navlari ishlab chiqariladi.
Tegirmonchilik korxonalarida ishlab chiqariladigan unlar va manka yormasining sifat ko’rsatkichlari 1.1- jadvalda keltirilgan. Bu ko’rsatkichlardan tashqari, novvoychilik unlarining namligi 15 % dan ortiq emas, makaron uni va manka yormasining namligi 15,5 % dan oshmasligi kerak.
1.1- jadval
Tegirmonchilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan un va yormalarning sifat ko’rsatkichlari va belgilari




Mahsulotlar





Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə