Termiz davlat uneversiteti biologiya fakulteti talabasi suyunova pokiza



Yüklə 6,99 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü6,99 Kb.
#160769
yurak

Termiz davlat uneversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta`lim to`nalishi 2-kurs 122-guruh talabasi Suyunova Pokiza

Yurak va uning o‘tkazuvchi tizimi tuzilishi

Yurak (cor) to‘rt kamerali a’zo bo‘lib, kuchli muskul tizimidan tashkil topgan. O’ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorinchalari bor. Chap bo‘lmacha va chap qorincha arteriya qismi deyiladi. O’ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha vena qismi deyiladi. Yurak konussimon shaklda bo‘lib, uning yuqoriga qarab turgan kengaygan qismiga asosi, pastga qarab ingichkalashib ketgan qismiga uning uchi deyiladi. Ikkita yuzaga ega, birinchisi oldinga va yuqoriga qaragan to‘sh qovurg‘a yuzasi bo‘lsa, ikkinchisi bir oz pastga qaragan diafragma yuzasidir. Yurak ko‘krak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning 2/3 qismi tana o‘rta chizig‘ining chap tomonida, 1/3 qismi esa o‘ng tomonda joylashadi. Yurak oldingi tomondan bo‘lmachalar bilan qorinchalar chegarasiga to‘g‘ri keladigan toj egati va qorinchalarning bir-biridan ajratib turgan oldingi va orqa qorinchalararo egatlariga ega.

Yurakning ko‘ndalang diametri 12-15 sm. ni tashkil etsa, uzunasiga 14-16 sm. ga teng. O’rtacha og‘irligi ayollar-da 250 g., erkaklarda 300 g. ni tashkil etadi. Yurak tashqi tomonidan seroz parda bilan o‘ralgan bo‘/shb, u perikard deb ataladi. Perikard ikkita varakdan tashkil topgan bo‘lib, ichki epikard, ya’ni visseral varaq bo‘lib, yurak ustki tomondan qoplab, yurak muskuliga yopishib ketgan bo‘ladi va yurak tashqi qavatini tashkil etadi. Ikkinchi pariyetal, ya’ni devor oldi varag‘i bo‘lib, uni o‘rab turgan nihoyatda baquvvat biriktiruvchi to‘qima bilan yopishgan bo‘lib, yurak xaltasini tashkil etadi. Perikardning ikkala varag‘i orasida bo‘shliq bo‘lib, unda seroz suyukligi uchraydi.


Yurakning o‘ng bo‘lmachasi kubsimon shaklda bo‘lib, bo‘lmacha chap tomonidan yuqorigi kovak venasi, pastdan undan kengroq bo‘lgan pastki kovak venasi quyiladi. O’ng bo‘lmachaga kovak venalardan tashqari yurakning o‘zidan chiquvchi tojsimon venoz sinusi quyiladi.
Yuraknipg chap bo‘lmachasi o‘ng bo‘lmacha orqasida joylashgan bo‘lib, uning ichki yuzasi o‘ng bo‘lmacha ichki yuzasiga nisbatan silliqroq bo‘ladi. Chap bo‘lmacha devorida ham taroqsimon muskullar uchraydi. Bo‘lmacha orqa qismining yuqorirog‘ida to‘rtta teshik ochilgan bo‘lib, ular orqali chap bo‘lmachaga har bir o‘pkadan ikkitadan to‘rtta o‘pka venalari quyiladi. Bu teshiklarda ham xuddi kovak venalarining teshiklariga o‘xshab klapanlar bo‘lmaydi. Qon chap bo‘lmachadan ikki tavaqali klapanga ega teshik orqali chap qorinchaga o‘tadi.
O’ng qorincha vena qoni o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha o‘rtasidagi teshik orqali qorinchaga o‘tadi. Qorinchaning bo‘lmachaga yaqin qismidagi devori birmuncha tekis holda bo‘lsa, pastroq qismida muskullar qorincha bo‘shlig‘iga o‘sib, bo‘rtiklar hosil qilganini kuzatamiz. Korincha qisqarganida uning bo‘shlig‘idagi venoz qon o‘pka tarmog‘i nomli arteriya tomiriga o‘tadi. Diastula vaqtida bu klapanlar ham nihoyatda zich bekilib qonni teskari oqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Chap qorincha muskul qavat o‘ng bo‘lmacha devoriga nisbatan 2-3 marta qalin. Bunday tuzilish qorinchaning katta kuch bilan qisqarishiga bog‘liq bo‘lsa kerak. Chap bo‘lmachaning oldingi devoridan yurakning chap quloqchasi boshlanadi. Chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘rtasida fibroz to‘qimadan tashkil topgan bo‘lmacha qorincha teshigi bo‘lib, teshik atrofida oldingi va orqa ikki tavaqali mitral klapanlar joylashadi. Chap qorinchaning yuqori qismida arterial teshik bo‘lib, u orqali chap qorinchadan arterial qon aortaga o‘tadi
Yurakning devori :
Endokard
Miokard
Perikarddan

Endokard yurakning ichki, qon tegab harakatlanadigan qavati bo‘lib, ko‘rinishi jihatidan yirik tomirlar ichki qavati tuzilishiga o‘xshagan. Endokard yurakning muskul qavatiga nisbatan ancha yupqa bo‘lib, yurak barcha kameralari ichki yuzasini shu bilan birga klapanlari, so‘rg‘ichsimon muskullari va payli tolalarining ham ustini qoplaydi.


Miokard muskul tolalari ketma-ket joylashgan muskul hujayralaridan, kardiomiotsitlardan tashkil topgan. Bu tolalar yon tarmoqlari bilan tutashib, to‘rsimon shaklini egallaydi. Muskul tolalarining uzunligi o‘rtacha 50-100 mkm., diametri 17-20 mkm. ga teng. Bo‘lmachalar devorida muskul tolachalar tashqi uzunasiga va ichki sirkulyar holatda joylashgan ikki qavatni tashkil etsa, qorinchalar devorida uch qavatni tashkil etadi. Bularda uzunasiga joylashgan yupqa tashqi, o‘rta sirkulyar va ichki uzunasiga joylashgan qavatlar mavjud.
Epikard seroz pardadan tashkil topgan bo‘lib, pariyetal va visseral qavatlarni tashkil etadi. Epikard yurak hamda aorta va o‘pka tarmog‘i tomirlarining yurakka yaqin qismlarini qoplab, so‘ng pariyegal varag‘iga aylanib, perikard devorini tashkil etadi. Bo‘shliq ichida hamma vaqt seroz suxoqligi joylashadi. Suyuqlik yurak qisqarib bo‘shashganida varaqlari ichki yuzasini bog‘lab turadi.

E‘tibor uchun raxmat


Yüklə 6,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə