Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti



Yüklə 35,5 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü35,5 Kb.
#152801
Ochiq darsBayonnoma Roziyeva G


TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI TIBBIYOT FAKULTETI
Tabiiy fanlar kafedrasi
O`qituvchisi Ro ‘ziyeva Gulsara Temirqulovnaning 2023-yil 13-noyabrda o’tkazilgan navbatdan tashqari yig’ilishi bayonnomasidan

KO’CHIRMA

Qatnashdilar: Tabiiy fanlar kafedrasining professor-oʼqituvchilari jami 11 nafar



Kun tartibi:
1. Kafedra oʼqituvchisi G.T. Ro‘ziyevaning ochiq amaliy mashg’ulot darsining muhokamasi toʼgʼrisida.
EShITILDI: Yigʼilishni tabiiy fanlar kafedrasi mudiri PhD., S.Ch. Eshkarayev kirish soʼzi bilan ochib, kafedra oʼqituvchisi G.T.Ro’ziyevaning oʼtkazilgan ochiq amaliy mashgʼulot darsida qatnashgan barcha professor-oʼqituvchilarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi. Yigʼilish qatnashchilari ochiq amaliy dars uchun tayinlangan taqrizchilar va ular tomonidan berilgan tashqi va ichki taqrizlar bilan tanishtirib oʼtdi. Ochiq amaliy darsda fakultetning 11-nafar professor-oʼqituvchilari ishtirok etganligini taʼkidlab ularga fikr-mulohazalarni bildirish uchun soʼz berdi.
PhD.,dots.v.b.O.A.Hazratqulova soʼzi (“Tabiiy” fanlar kafedrasi): - oʼqituvchi oʼzini erkin tuta oldi, har bir rejaga toʼxtalib koʼproq materiallar va tushunchalar berdi, texnik vositalar va elektron doskadan unumli foydalandi. Аuditoriya bilan aloqa yaxshi yoʼlga qoʼyildi. Talabalarning ismi sharifini aytib turishi maqsadga muvofiq boʼldi. Talabalarga savollar bilan murojaat qilinib, amaliy mashgʼulot darsi namunali oʼtildi. Berilgan rejadagi masalalarni buyum namunalari hamda asboblardan unumli foydalangan holda ravon va aniq tushuntirdi va talabalarga har bir reja asosida qisqa yozdirdi. Darsni namunali baholayman.
O‘qituvchi T.T.Boyqulov soʼzi (“Tabiiy” fanlar kafedrasi ): - ochiq amaliy darsini oʼqituvchi yaxshi tashkil qildi. Oʼtilgan darsni mustahkamladi va talabalar bilan savol javob qildi. Oʼqituvchi mavzuni yoritishda axborot texnologiyalari va elektron doskadan foydalandi. Oʼtilayotgan amaliy darsida talabalar bilimini mustahkamlash uchun tarqatma materiallar berdi. Talabalar darsga toʼliq ishtirok etdi. Oʼqituvchi G.T.Ro‘ziyeva ravon tafakkurga ega, ogʼzaki nutqi yaxshi. Oʼtilgan darsni namunali deb baholayman.
O’q. T.A. Tashpo’latov soʼzi (“Tabiiy” fanlar kafedrasi): - Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan ochiq amaliy mashgʼuloti darsining yutuqlari albatta koʼp, oʼqituvchining darsga tayyorgarligi koʼrinib turibdi. Men yuqoridagi fikrlarga qoʼshilgan holda, shuni taʼkidlaymanki bu fanni oʼtishda G.T.Ro‘ziyeva dars oʼtish mahorati talabga javob beradi. Oʼqituvchining nutq madaniyati, soʼzlarni toʼgʼri talaffuz qilishi yaxshi, darsning reglamenti toʼgʼri taqsimlandi, talabalarga savollar berish orqali auiditoriyani muloqotga keltirdi. Elektron doskadan koʼproq foydalanganda maqsadga muvofiq boʼlardi. Oʼtilgan darsni namunali deb baholayman.
PhD., dots. B.E. Babamuratov soʼzi (“Tibbiyot” fakulteti dekani): - Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan ochiq amaliy darsi namunaviy, ishchi dastur, kalendar reja asosida oʼquv adabiyotlaridan foydalanilgan holda Davlat taʼlim standartlari talablari asosida tayyorlangan va rejalar ketma-ketlikda bir-biriga bogʼlangan holda oʼtkazildi. Texnik vositalar, tarqatma materiallar va multimediyadan unumli foydalandi. Men ochiq amaliy mashgʼulotini namunali deb baholayman.
Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri PhD. S.Ch Eshkarayev –Universitet Ilmiy kengashining ochiq darslar oʼtkazish boʼyicha qaror qabul qilingan va ochiq dars oʼtadigan oʼqituvchilarning har biri pedagogik, ruhiy kechirmalari jihatdan tayyor boʼlishi borasida qisqacha fikr bildirdi. Tabiiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi G.T.Ro’ziyeva tomonidan Tibbiy biologiya.Umumiy genetika fanidan oʼtkazilgan amaliy mashgʼulot darsi kelgusida taʼlim yoʼnalishlarida oʼtiladigan texnik fanlarning asosi boʼlishi va talabalarda fan boʼyicha bilimlarni kuchaytirish borasida toʼxtaldi. Darsning oʼtilishini OOʼYu talablari darajasida oʼtilganligi va uni namunali deb baholashligini taʼkidladi.
Shundan soʼng ochiq amaliy mashgʼulot oʼtgan oʼqituvchi G.T.Ro‘ziyevaga soʼz berildi. Oʼqituvchi ochiq amaliy mashgʼulot darsida ishtirok etgan professor-oʼqituvchilarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi va muhokamada ishtirok etgan professor-oʼqituvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni keyingi pedagoglik faoliyatida albatta eʼtiborga olishini taʼkidladi.

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib yigʼilish qaror qiladi:

1. Professor-oʼqituvchilar tomonidan koʼrsatib oʼtilgan maʼlumotlar axborot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedra oʼqituvchisi G.T..Ro‘ziyevaning oʼtgan ochiq amaliy darsi namunali deb baholansin.


Yigʼilish raisi: PhD. S.Ch.Eshkarayev
Kotib: O`q. F.A.Umirqulova
Yüklə 35,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə