Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limining 1 bosqich magistranti raximberganova munojatning “maktabgacha ta`lim” yo‘nalishi bo‘yicha



Yüklə 24,27 Kb.
tarix27.10.2023
ölçüsü24,27 Kb.
#132446
asosnoma


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO‘LIMINING 1 - BOSQICH MAGISTRANTI
RAXIMBERGANOVA MUNOJATNING “MAKTABGACHA TA`LIM” YO‘NALISHI BO‘YICHA
NUTQIDA NUQSONI BOR BO‘LGAN 5-6 YOSHLI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI KOMMUNIKATIVLIGI” MAVZUSIDAGI MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING
A S O S N O M A S I
Tatqiqot mavzusining dolzarbligi. Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta`lim tarbiya tizimini yanada isloh qilishga alohida e`tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim, kasb- hunarlarni egallashi,yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik tuyg`ularini yuksaltirish borasida O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat`iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” ustuvor vazifa etib belgilangan. Mana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yurtimizda maktabgacha ta`lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 19-dekabrdagi O`RQ-595-sonli “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi, 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonlari va mazkur faoliyatga oid boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi. Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligini shakllantirishning ijtimoiy pedagogik xususiyatlariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Magistrlik dissertatsiyasining vazifalari:

  • Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslarini yoritish;

  • Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish;

  • Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligini shakllantirishda didaktik o’yinlarni qo’llash;

  • Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligini shakllantirishni taxlil qilish.

Tadqiqot obekti. Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativlik jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligining mazmuni, shakl, metod, vositalari va texnologiyalari.
Tadqiqot usullari.
1. Nazariy tahlil, (mavzuga oid falsafiy, pedagogik va metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish).
2. Muloqot,savol-javob, anketa.
3. Pedagogik kuzatuv.
4. Pedagogik ekspriment.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

  • Pedagogik faoliyat tizimida nutqida nuqsoni bor bo’lgan 5-6 yoshli bolalarning kommunikativligini shakllantirishda didaktik o’yinlar ahamiyati aniqlash;

  • nutqida nuqsoni bor bo’lgan 5-6 yoshli bolalarning kommunikativligini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalar joriy qilish;

  • nutqida nuqsoni bor bo’lgan 5-6 yoshli bolalarning kommunikativligini shakllantirishning mazmuni va samaradorligini amaliy tajribada sinab ko’rish.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ushbu magistrlik dissertatsiyasidan
Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachilari, Oliy ta`lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan talabalari foydalanishi mumkin.
Tadqiqotning nazariy asoslari. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi, “ilk qadam” yangi taxrirdagi “Ilm yo’li” davlato’quv dasturi, “O`zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat Talablari”,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta`limga oid Farmonlari, Sh.M.Mirziyoyev asarlari, Nutqida nuqsoni bor bo’lgan bolalarning komunikativligi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar, nazariya va konsepsiyalar. “Maktabgacha ta’lim” ga oid adabiyotlar.
Kutilayotgan natijalar va muammoning yechimlari.

  • Nutqida nuqsoni bor bo‘lgan 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidagi kommunikativligining mohiyati aniqlanib yoritib beriladi;

  • Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining nutq madaniyati o’rganiladi va uni shakllantiruvchi omillar aniqlanib amaliyotga tadbiq etiladi;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini shakllantirish uchun turli hil rasmli ko’rgazmalarga boy bo’lgan va didaktik o’yinlardan tashkil topgan uslubiy qo’llanmalar taqdim etiladi.

Magistrlik dissertatsiyasining strukturaviy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, III ta BOB, boblar yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalardan iborat.
Yüklə 24,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə