Toshkent Farmasevtika insituti



Yüklə 18,95 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü18,95 Kb.
#181771
  1   2   3   4   5   6
4-mavzu o\'zb e t

Toshkent Farmasevtika insituti

  • Toshkent Farmasevtika insituti
  • Sanoat farmatsiya fakulteti
  • 103-A guruh talabasi
  • Toxirova Munisaning
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi modulidan
  • Tayyorlagan mustaqil ishi

4-mavzu.O’zbekistonda Ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan O’garishlar mazmuni va mohiyati REJА
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi. 2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish. 3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar. 4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari.
CAMU-Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi
Shahobiddin Daripov
1. BOZOR IQTISODIGA O‘TISHNING ASOSIY TAMOYILLARI. O‘ZBEKISTONNING O‘ZIGA XOS IJTIMOIY-IQTISODIY YANGILANISH YO‘LINI TANLASHI.
Butun dunyodagi rivojlangan davlatlar iqtisodining asosini bozor iqtisodiyoti tashkil etadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki xil shaklda namoyon bo‘ldi.
Birinchisi, tartibsiz, bunda ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar tarqoq, o‘zibo‘larchilik asosida, maqsadi va harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar.;
Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyotidir.
UNING QUYIDAGI XUSUSIYATLARI MAVJUD:
1.tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladi; 2.kishilar mulk egasi bo‘ladi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot egasi bo‘lib, uning o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi mumkin;
3.tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi;
4.tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; 5.bozorda ishlab chiqaruvchi emas, isteʼmolchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul uning qo‘lida bo‘ladi;
6.bozorda nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi;
7.jamiyat aʼzolari o‘z daromadiga ko‘ra tabaqalanadi.
O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o‘zining milliy valyutasiga, valyuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sovet davlatidan zaif xom ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, yaʼni arzon xom ashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi.

Yüklə 18,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə