Toshkent Farmasevtika insituti


O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING YANGI ISTIQBOLLARI



Yüklə 18,95 Kb.
səhifə6/6
tarix22.03.2024
ölçüsü18,95 Kb.
#181771
1   2   3   4   5   6
4-mavzu o\'zb e t

4. O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING YANGI ISTIQBOLLARI.
Mamlakat rahbari tomonidan 2019-yil O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi. 2017-yilda ko‘zlangan rejaga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda qishloq xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishilishi ko‘zlangan.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 67 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7,3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014-yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1, tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlarining samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’yektlarga aylandi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida ortib bormoqda. Shu bois ham hukumat tomonidan istiqbolda oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Аyniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi “2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturulamaldir. Chunki bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv taʼminoti og‘ir, kam rentabelli ekin maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida boshoqli don yetishtirish hajmi 8,5 mln tonnaga oshirildi, kartoshka yetishtirish 35 %ga, sabzavotlar 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht yetishtirish 26,2 foizga, baliq yetishtirish 2,5 martaga ko‘paydi.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 18,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə