Transformatorning ishlash rejimlari Reja: Transformatorlar Transformatorning ishlash rejimi



Yüklə 467,32 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü467,32 Kb.
#151326
  1   2
transformatorning ish rejimi


Transformatorning ishlash rejimlari

Reja:
1.Transformatorlar
2.Transformatorning ishlash rejimi.
3.Xulosa.

Transformator (lotincha: transformo — oʻzgartiraman) — bu pas kuchlanishni yuqori kuchlanishga yuqori kuchlanish pas kuchlanishga aylantirib beruvchi elektro statik apparat(chastotasini o'zgartirmagan holda).



1-rasm.TRansformator o’zagi tuzilishi
Тransformator, asosan ferromagnit o‘zakdan va uning sterjenlariga o‘ralgan. ikkita yoki undan ortiq chulg‘amdan tuziladi. Ferromagnit o‘zak transformatorning magnit sistemasi, ya’ni magnit o‘tkazgichi hisoblanadi. Ferromagnit o‘zak magnit oqimi o‘tadigan konturning magnit qarshiligini kamaytiradi va chulg‘amlarning elektromagnig bog‘lanishlarini kuchaytiradi. Quvvati uncha katta bo‘lmagan transformatorlarning magnit sistemasi bronli (a), sterjenli (b) va toroidal (v) shaklga ega bo‘lishi mumkin. Amalda yupqa elektrotexnika po‘latidan ishlangan lentadan o‘rab tayyorlangan magnit o‘tkazgichlar keng qo‘llaniladi Transformatorlarning po‘lat o‘zagi po‘latdan tayyorlanadi. Texnikada —. energiya yoki obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr transformatorlar, gidrotransformator, fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) transformatori va boshqa xillarga boʻlinadi. Elektr transformatorlar oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr transformatorlarni birinchi marta P. N. Yablochkov 1876-yil elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. DolivoDobrovolskiy 1890-yil uch fazali elektr transformator.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim va ixtirochilar transformatorni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan.
Elektr transformatorning eng keng tarqalgan turi kuch transformatorlaridir. Ular elektr uzatish liniyalari (EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. transformatorlarning chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr transformatorning quruq va moyli turlari bor. Quruq transformatorhavoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi vazifasini oʻtaydi.Kuch transformatorlaridan tashqari oʻlchash transformatori, kuchlanish transformatori, tok transformatori, impulyeli transformator radiochastotali transformator kabi transformatorlar ham mavjud.
Oʻzgaruvchan tok tarmogʻida kuchlanishni kuchaytirish yoki pasaytirish hamda elektr energiyani isteʼmolchilarga taqsimlash uchun moʻljallangan majmua kichik transformatorstyasi (podstansiyasi) deb ataladi. Unda kuch transformatori, taqsimlash qurilmalari, avtomatik boshqarish va himoya qurilmasi, qoʻshimcha inshootlar boʻladi. Yuqori quvvatli baʼzi pasaytirish transformatorpodstansiyalarida kuchli, uyroʻzgʻorda ixcham avtotransformatorlar ishlatiladi.
Elektr energiyasi ma’lum masofaga uzatilganda liniya simlarida sodir bo‘ladigan quvvat isrofi mumkin qadar kam bo‘lishi lozim. Shundagina elektr uzatish liniyasining foydali ish koeffitsiyenti katta bo‘ladi, ya’ni iste’molchilarga ko‘proq energiya yetib boradi. Energiya uzatuvchi liniya simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan o‘tuvchi tok kuchining kvadratiga hamda liniya simlarining aktiv qarshiligiga bog‘liqdir. Tok kuchi qancha katta bo‘lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo‘ladi. Liniyalarda tok kuchi katta bo‘lsa, bu simlarning ko‘ndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga to‘g‘ri keladi. Quvvat isrofini kamaytirish uchun simlarning aktiv qarshiligini kamaytirish lozim. Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini, asosan, uning ko‘ndalang kesim yuzini kattalashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.


Yüklə 467,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə