Tuproqqa asosiy ishlov



Yüklə 197,92 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü197,92 Kb.
#157748
  1   2   3   4   5
Ekin ekiladigan yerlarni joriy va kapital tekislash yo`llarini va mashinalarni organish


Mavzu:Ekin ekiladigan yerlarni joriy va kapital tekislash yo`llarini va mashinalarni organish
Reja:

  1. Ekin ekiladigan yerlarni joriy va kapital tekislash yo`llari

  2. Tuproqqa asosiy ishlov berish

3. Ponaning xususiyatlari va undan foydalanish




Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, mavjud ekin yerlarini meliorativ holatini yaxshilash va uni tekislash amalga oshiriladigan dehqonchilik texnologiyasiga bog`liq. 212 ta`kidlash kerakki qishloq xo`jaligi mahsulotining 90% dan ortig’i sug`orish orqali amalga oshiriladigan dehqonchilik usulida ishlab chiqariladi. Mazkur holat qishloq xo`jaligida suv resurslari nihoyatda katta ahamiyatga egaligidan dalolat berib ularning tanqisligi nafaqat qishloq xo`jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga, balki mamlakatning butun iqtisodiyotiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Hozirgi paytda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, suvni tejab foydalanish kabi ishlar tobora avj olmoqda. Shu o`rinda aytib o`tish joizki yana bir dolzarb muammoga aylanib borayotgan yerlarni meliorativ holati buzilishi va sho’rlanish darajasining oshib borishidir. Bu muammoni qisman oldini olish bu sifatli tekislashga bog’liqdir. Yerdan yuqori hosil olishda yerning tekisligi va yerni tekislashda ishlatiladigan yer tekislash mashinalar katta rol o`ynaydi. Tuproqqa bir necha marta ishlov berilganda sug`orish davomida yerdagi notekisliklar vujudga keladi. Bu muammoni yerlarni joriy tekislash ishlari va mashinalari orqali meliorativ holatini yaxshilash tavsiya etiladi. Vaqtinchalik sugorish tarmoqlari, yerlarga ishlov berish jarayonida hosil bo`lgan notekisliklar tekislanadi. Bunda osma greyder va uzun bazali yer tekislagichlar qo`llaniladi. Joriy va ekishdan oldingi yer tekislash ishlari rejalashtirilib har yili o`tkaziladi. Yer tekislashning ahamiyati - Yer qanchalik tekis bo`lsa qishloq xo`jalik mashinalari yuqori unum bilan ishlaydi, yerlarni sho`ri yaxshi yuviladi, urug`lar bir xil chuqurlikka tushadi, ularni unib chiqishi ham bir xil bo’ladi, 6-7% suv tejaladi. Hamma dalalarda bir vaqtda tekislash ishlari olib borib bo`lmaydi, shuing uchun bu ishlar yuqorida aytib o’tilganidek rejalashtirish asosida olib borilishi shart. Tekislangan dalada namlik bir tekisda tarqaladi, tuproq bir vaqtda yetiladi va g`o`za qator oralariga sifatli ishlov beriladi. Tekislanmagan yerda chuqur joyda namlik bo`lib baland joylari qurib ketadi. Bunday yerlarni kutivator bir xil chuqurlikda yumshata olmaydi. Yerlar tekislansa tuproq zichlashib qoladi. Tekislash ishining birinchi bosqichida greyderlardan foydalanib tekislansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Yer qanchalik tekis bo`lsa namlikni o`zida yaxshi saqlaydi va sug`orish normasi kamaydi. Tekislangan maydonlarda hosildorligi 40% gacha oshadi, sug`orishda suv sarfi 2 marta kamayadi [3]. Yer maydoni o`z vaqtida tekislanmasa - Ish sifatini pasaytiradi, yumshatilmagan yerlarda yirik kesaklar paydo bo`ladi, o`simlik yaxshi rivojlanmaydi, sho`r yuvish ishlari sifatsiz o`tkaziladi. Yer tekislash mashinalarini ham yerdan o`tishini 6-7 martadan bir-ikki martagacha keltirish kerak. Chunki yurgan izi tuproqni qotiradi ko`p zichlashtiradi. Ilgari haydalgan va tosh hamda g`ozapoya qoldiqlaridan tozalangan dalalarni va ekish oldidan tekislash uchun uzun bazali yer tekislagichlar bilan tekislashni tavsiya etamiz. Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yer resurslari va ularning bugungi kundagi meliorativ holati bilan bevosita bog‘liq. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini ta’minlashda ilm-fan yutuqlari, olim va mutaxassislarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishini yaqqol namoyon etmoqda. Bu muammolarni bartaraf etishda yuqorida bayon etilgan izlanish natijalalari va o’tkazilgan tajribalar sug’oriladigan yer maydonlarini tekislash yerlarni meliorativ holatini yaxshilash bilan birga quyidagi afzalliklariga ega ekanligini ko‘rsatadi [2].  Jo‘yaklab sug‘orish unumdorligi 4 martaga oshadi;  Sug‘orilgan yerlar bir tekis suv ichadi va tuprog‘I bir vaqtda etiladi;  Tuproq sho‘rlanishining oldi olinadi, chunki yer osti suvining ko‘tarilishi sekinlashadi va natijada tuzlarning yer ustki qatlamiga chiqishi kamayadi;  Qator oralariga sifatli ishlov berish ta’minlanadi;  Barcha agrotexnik tadbirlarni sifatli va yuqori tezlikda bajarish imkoniyati yaratiladi;  Ekinlar hosildorligi oshadi;  Mexanizatorning ish sharoiti yaxshilanadi; Xulosa qilib shuni aytish lozimki, sug’orilgan yerlarni meliorativ holatini yaxshilashda yerlarni sifatli tekislash juda katta ahamiyatga ega ekanligini yuqorida keltirilga fikrlar va qator tadbirlardan ko’rishimiz mumkin. Takomillashtirilgan yer tekislash mashinalarini o’z vaqtida va sifatli yer tekislash ishlariga jalb qilish ekin maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash hamda hosildorlikni oshirish bilan birgalikda suvni iqtisod qilishga ham olib keladi, bu esa o’z o’zidan ko’rinib turibdiki qishloq xo’jaligini rivojlanishiga ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Har qanday agregat ishchi qismining tuproqqa ishlov berishdagi yakuniy ta’sirini texnologik jarayon, uning tarkibiy qismlarini esa texnologik operatsiya deyiladi. Masalan, yerni plug bilan shudgorlashda tuproq palaxsasini ag’darish, yumshatish, aralashtirish kabi operatsiyalar bajariladi. Boshqa qurollar ta’sirida esa zichlash, tekislash, begona o‘tlarni kesish, pushta yasash, jo‘yak olish kabi jarayonlar bajariladi.

Yüklə 197,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə