Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi



Yüklə 202,44 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü202,44 Kb.
#166662
  1   2   3   4   5
TURIZMDAGI MAXSUS TURLARNING TASNIFI


TURIZMDAGI MAXSUS TURLARNING TASNIFI, TAVSIFI VA GEOGRAFIYASI
 
Reja:
1. Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi va tavsifi.
2. Turizmdagi maxsus turlarning geografiyasi.
 
1. Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi va tavsifi
Tasniflash har qanday sohaga muhim, to`liq malumotlar beruvchi, soha rivojini rejalashtirishda asosiy manba bo`luvchi, jadvalli muhim ma`lumotnomadir. Tasniflashda o`rganilayotgan sohaning barcha jihatlari, xilma-xilliklari, ma`lumotlari bo`lishi lozim.
Maxsus turizm turlarining ro`yxatini tuzishda ba`zi bir turlar ma`lumotlarning yo`qligi tufayli qolib ketishi mumkin. Bunday turlar aniqlanib, to`liq tavsifi, ta`rifi berilganidan keyin turizmdagi o`rni, talabga javob berilishi belgilanganidan keyin tasnifga qo`shimcha qilib kiritiladi.
Turizmdagi maxsus turlar hozircha turizm turlari emas. Bu haqda birinchi bobda to`liq aytildi. Biz turizmda maxsus turlar bo`lishi mumkinligin hisobga olib, madaniyat sohalari, hunarmandchilik, milliy o`yinlar va ishlab chiqarish sohalari nomlanishiga turizm so`zini qo`shib turizmdagi maxsus turlar ro`yxatini – tasnifini keltirishga harakat qildik.
1. Milliy madaniyatga qiziqish turizmi.
Xalqimizning urf-odatlari, tildagi shevalar, oila hayoti, kattalar va yoshlar munosabatlari, salomlashish, mehmon kutish va mehmondorchilik, to`y va diniy marosimlar, oila bayramlari, oiladagi huquqlar, kelin va sunnat to`ylari, uy tutish va hokazolarga qiziqish.
2. Agroturizm
Qishloqlarning turli- tumanligi va tabiiy –tarixiy davrda yuzaga kelishi, qishloq aholisi hayoti, fermerlar hayoti va faoliyatiga qiziqish.
3. Etnik va sog`inish turizmi
Xalqlar, ellar, urug`lar, ularning yashash tarzi, millatlarning urf-odatlari, kelib chiqishi tarixi, joylashishi, o`zaro aloqalari. Xalqlarning, millatlarning har xil sabablar bilan dunyo bo`ylab tarqalib ketishi, ularning bir-birlariga intilishi, sog`inishi, qo`msashidagi ichki va xalqaro turizm.

Yüklə 202,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə