Turon zarmed universiteti 4-16bts guruh talabasi ismoilova subhiyaning



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#141448
  1   2   3
ISMOILOVA SUBHIYA SIFAT SO\'Z TURKUMI

TURON ZARMED UNIVERSITETI 4-16BTS GURUH TALABASI ISMOILOVA SUBHIYANING ONA TILI O`QISH SAVODXONLIGI VA UNI O`QITISH METODIKASI FANIDAN SIFAT SO`Z TURKUMI MAVZUSI BO`YICHA TAQDIMOTI

Sifat (tilshunoslikda) — narsa belgisini bildiruvchisoʻzlar turkumi. Grammatikada belgi soʻzi keng tushunchali boʻlib, u belgini rangturi, hajm, shaklkoʻrinish, xususiyat va sh.k.ga koʻra bildiradi: qizil, keng , yoqimli va boshqa Shu xususiyatlariga koʻra, S.lar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rangtuye bildiruvchi S.lar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi S.lar — shirin, nordon, achchiq, bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi S.lar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi; shaklkoʻrinish bildiruvchi S.lar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov bildiruvchi S.lar — keng , tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa

Sifatga oid so‘zlar o‘zi bilan bog‘langan hokim so‘z sanaluvchi ot va otlashgan so‘zlarga bog‘lanib, uning quyidagi belgilarini anglatadi va sifat turlarini hosil qiladi:

  • 1) rang-tus sifatlari: oq, qizil; 2) maza-ta’m sifatlari: shirin, nordon; 3) xususiyat sifatlari: injiq, ziyrak; 4) hajm-o‘lchov sifatlari: baland, qisqa; 5) holat sifatlari:a) insonning kayfiyati bilan bog‘liq tushunchalar: xursand, g‘amgin;b) predmetning holati bilan bog‘liq tushunchalar: issiq, quyuq; 6) hid sifatlari:muattar, xushbo‘y; 7) makon-zamon sifatlari.Ushbu sifat turi ko‘pincha payt otlariga yoki o‘rin otlariga oid so‘zlarga -gi (-ki, – qi) qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil qilinadi: tonggi (shabada),tashqi (siyosat),kechki (ovqat).

Asliy va nisbiy sifat. Sifatlar ma’no jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ba’zi bir guruh sifatlar bevosita belgi ifodalash xususiyatiga ega bo‘lsa, boshqalarida belgi tushunchasi ma’lum bir narsaning boshqa narsaga munosabati asosida anglashiladi. Shunga ko‘ra ularni asliy va nisbiy sifatlarga ajratish mumkin. Narsaning belgisini bevosita ifodalaydigan, belgini darajalab ko‘rsata oladigan sifat asliy sifat deyiladi. Masalan: yaxshi, katta, uzun, qisqa, oq, qora, semiz, kamtar kabi tub so‘zlar asliy sifatlardir. Narsa belgisini o‘rin yoki paytga nisbatlash, boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish kabi ma’nolar vositasida ifodalaydigan sifat nisbiy sifat deyiladi. nisbiy sifatlar affikslar orqali yasalgan sifatlardan tashkil topadi. Ular ma’no jihatdan a) belgini biror narsaga nisbat berish bilan ifodalaydi: g‘ayratli yigit, chiroyli surat, devoriy gazeta, ko‘rpalik mato; b) belgini o‘rin va paytga nisbatlaydi: toshkentlik kishi, yerdagi olma, kuzgi shamol; d) belgini narsaning xususiyat, holatga nisbatlaydi: ko‘ngilchan odam,chopqir ot, tirishqoq talaba.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə