Umumiy Ma'lumot



Yüklə 363,61 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü363,61 Kb.
#145138
  1   2
dilshodbek18k


Shvetsariya
MustaQqil ish
PAge 1

Umumiy Ma'lumot


Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, fransuzcha: Suisse, italyancha: Svizzera),

Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, fransuzcha: Suisse, italyancha: Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nemischa: Schweizerische Eidgenossenschaft, fransuzcha: Conferderation Suisse, italyancha: Confederazione Svizzera) – Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285km². Aholisi 10 mln. Kishi (2023). Yuridik jihatdan Poytaxti yoʻq. Poytaxt sifatida Bern shaxri foydalaniladi. Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi. Dunyodagi kambagʻallik darajasi eng past boʻlgan davlat hisoblanadi[1][2].



Davlat tili
Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidir. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan




Davlat tuzumi
Sh. – federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874-yil 29-mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi – prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega.



Tabiati.
H
ududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. Shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.

Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyan-shveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar – nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.




Yüklə 363,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə