Yerning matematik modeli glossariy globus



Yüklə 15,98 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü15,98 Kb.
#152216
Eshmetov A. Glossariy


Yerning matematik modeli
GLOSSARIY
1.Globus (lotincha globus — shar, kurra) – Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (quruqliklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali 29 qilib tasvirlaydi.
2.Meridianlar (lotincha meridianis — tush payti), yer meridiani — Yer yuzasida har ikkala qutb orqali o‘tadigan faraziy yarim aylana chiziq.
3. Parallellar (yunoncha parallelos — yonida boruvchi) — Yer yuzasida ekvatorga parallel o‘tkazilgan shartli doira chizig‘i.
4.Bosh meridian (nolinchi meridian) – geografik uzunliklarni hisoblashda shartli ravishda boshlang‗ich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o‗tuvchi meridian Bosh meridian deb qabul qilingan (1884 yildan).
5.Kartografik proeksiya -Yerning qabariq yuzasini tekis yuzada, ya‘ni kartada matematik yo‘l bilan tasvirlash usuli.
6.Ekvator (lotincha ekuator – tenglashtiruvchi) – Yer yuzasida qutblardan barobar uzoqlikdan o‘tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Yer kurasini ikki yarim sharga – shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo‘ladi. Geografik kengliklar ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi.
7. Geografik kenglik -yer bo‘ylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimoldagi kengliklar shimoliy, janubdagilari — janubiy kengliklar deb ataladi.
8.Kartografik fabrika - kartografik asarlarni yaratish va ishlab chiqaruvchi muassasa.
9. Geografik atlas - umumiy dastur asosida tuzilgan turli xil mazmunga ega bo‘lgan kartalarning bir butun asar tarzidagi tizimli to‘plami.
10. Geografik uzunlik -Uzunliklar boshlang‘ich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud g‘arbga (g‘arbiy uzunlik) hisoblanadi.
11.Kartografik manba - kartalar va boshqa fazoviy modellar – informatsiyani alohida (asl) shakli sifatida 43 tabiat va jamiyatdagi hodisalarni fazoviy joylashuvi, holati, xususiyatlari va vaqt mobaynida o‘zgarishi haqida ma‘lumot beradi. Astronomik geodezik manbalar
12.Astronomical - Bu manbalar turiga astronomo-geodezik, gravimetrik, triangulyatsiya va trilateratsiya kuzatishlari, poligonoietriya, joyni nivelirlash natijalari kiradi.
13.Kartani matematik asosi - kartani matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va 92 karta o‘rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka va razgrafka sistemasi kartaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi.
14.Koordinatalar - vaziyatini ekvator tekisligi va boshlang‗ich meridian tekisligiga nisbatan o‗lchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari.
Tayyorladi: Eshmetov A
Yüklə 15,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə