” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Raqamli texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 469,58 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü469,58 Kb.
#151656
1   2   3   4
Raqamli texnologiyalardan foydalanish
Energiya tejamkorligi va samaradorligi oddiy, ko‘z ilg‘amas mayda tushunchalar yig‘indisi orqali shakllangani bilan energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes ob’yektlariga zamonaviy, raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan - energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar.
Dastavval cho‘g‘lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug‘likni ilg‘ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko‘p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi. 
Bino-inshootlarning isitish tizimi tomonidan elektr energetika zimmasiga tushayotgan yukni kamaytirish, pirovardida bundan voz kechishga erishish eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda.
Energiya samaradorligi boʼyicha rekordchi boʼlgan “Pearl River Tower” binosi Xitoyda joylashgan. Bino fasaddagi quyosh kollektorlari bilan ham, havo turbinalari bilan ham jihozlangan. Devorlarning noodatiy konstruktsiyasi havo massalari energiyasidan maksimal samarali foydalanish imkonini beradi. Shamol generatorlari atigi toʼrtta. Ular toʼrtta shamol-energetik turbinalar boʼlib, ularning har bir gʼildiragi 6 metrli diametrga ega. Uch qavat darajasidagi havo xarakati tezligi unchalik katta "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 March 2023 / Volume 4 Issue 3 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 228 emasligiga qaramasdan, shamol uskunalari samaradorligi yuqori: muhandislar fasadning qarama-qarshi tomonlar orasidagi teshik orqali oʼtuvchi yelvizak shamol samarasidan foydalana bilganlar. Shunday qilib, havo oqimi tezligi ikki marta ortadi. Gʼarbiy va sharqiy fasadlarga oʼrnatilgan fotoelektrik quyosh panellari ham bino uchun energiya “ishlab chiqaradilar”. Ular binoning yuqori qismida ham bor. Quyosh batareyalarining yigʼma maydoni har bir fasadga 1500 kv.m.danortiq. Fotoelektrik panellarning yigʼma quvvati 300000 kVt ga yaqin. Xladoagent sirkulyatsiyasi kanallari qisman optimal sovutishni taʼminlaydilar (ular binoni teshib oʼtadilar). “Qisman” - chunki inshootning janubiy qismidagi oynalar sovutishga oʼz hissasini qoʼshadi - ular ikki qavat oynali va oynalararo ventilyatsiyaga ega. Bundan tashqari, oynalarga jalyuzilar oʼrnatilgan, ularning lamellari holati Quyoshning osmondagi xarakatiga koʼra avtomatik tarzda oʼzgaradi. Va barchasiga yakun sifatida - binoni quyosh nurlari bilan isitish alohida konstruktsion materiallarni kamaytiradi. Loyiha mukammalligining chegaraviy darajasiga erishishga “hayot prozasi” xalaqit berdi: mahalliy elektr tarmoqlari vakillari bino egasiga umumiy foydalanish tarmogʼi orqali elektr energiyasini ulashga ruxsat bermadilar. Bu toʼqnashuv toshi loyiha jarayoni ishga tushib boʼlganida aniqlandi. Аsosan, aynan shuning uchun, arxitektorlar “nolli” uglerod-neytral bino yaratish maqsadiga erishish nasib qilmadi. 1. Arxitekturaviy koʼrinishiga bogʼliq emas va hech qanday taʼsir koʼrsatmaydi. 2. 1990 yillar oxiri va 2000 yillar boshi. Аrxitektura bino shakliga taʼsir koʼrsata boshladi. Turar-uylar oʼzida yuqori texnologiyalar va zamonaviy arxitekturani birlashtiradi. 3. Zamonaviy bosqich - 2010 yildan boshlab. Аrxitektura va energiya samarador texnologiyalar yagona tizimni ifodalaydi. Endilikda muhandislik tizimlar, masalan, quyosh panellari va shamol turbinalari binoga shakl, hamda shaharsozlik darajasidan boshlab, binoning arxitekturaviy-estetik qurilmasigacha boʼlgan arxitekturaviy yechimni beradi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda energetika sanoati — tabiiy resurslardan energiya manbalarini olishga qaratilgan faoliyat sohasi. Bu faoliyatga qayta tiklanuvchi, yadroviy va qazib olinadigan yoqilgʻidan olinadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish hamda isrof qilinadigan energiyani qayta tiklash va qayta ishlatish kiradi. Energiyani tejash va samaradorlik choralari, energiyani rivojlantirishga boʻlgan talabni kamaytiradi va atrof-muhit muammolarini yaxshilash bilan jamiyatga foyda keltirishi mumkin.
Jamiyatlar energiyadan transport, ishlab chiqarish, yoritish, isitish, havoni tozalash, aloqa, sanoat, tijorat va maishiy maqsadlarda foydalanadi. Energiya resurslari birlamchi manbalar sifatida tasniflanishi mumkin, bunda resurs asosan asl shaklida ishlatilishi mumkin yoki energiya manbasini qulayroq foydalanishga yaroqli shaklga aylantirish kerak boʻlgan ikkilamchi resurslarga boʻlinadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar inson foydalanishi natijasida sezilarli darajada tugaydi, qayta tiklanuvchi resurslar esa insonning cheksiz ekspluatatsiyasini davom ettira oladigan jarayonlar natijasida ishlab chiqariladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Asatov, N. A., Shukurov, I. S., Sagatov, B. U., & Usmonova, M. O. (2022). Binolarning pollardagi issiqlik yo’qotishlar xisobi. Science and Education, 3(4), 390- 395.


2. Sagatov, B. U. (2022). O’zbekistonda energiya tejamkor binolar qurilishining ahvoli. Science and Education, 3(1), 261-265.
3. Asatov, N. A., Sagatov, B. U., & Maxmudov, B. I. O. G. L. (2021). Тashqi to’siq konstruksiyalarini issiqlik fizik xususiyatlariga ta’siri. Science and Education, 2(5), 182-192.
Yüklə 469,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə