” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 469,58 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü469,58 Kb.
#151656
1   2   3   4
Energiya samaradorligi
Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya’ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmui - energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi ta’rifdir. Binolarning energiya ta’minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan. Energiya samaradorligiga oid tushuncha va bilimlar majmui muhandislik, iqtisod, huquq va ijtimoiy sohalar chorrahasida qaror topadi va har bir jamiyat uchun “lozim qiyofa”da shakllanadi.
Milliy urf-odatlarimizda
Dunyo xalqlari o‘z milliy taraqqiyot bosqichlarida energiya samaradorligiga oid o‘ziga xos urf-odat va tushunchalarga ega bo‘lganlar va bunga iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgani tabiiy. O‘zbek xalqidayam aynan shunday. Birgina mahsi-kovush yoki do‘ppi-choponning tikilishi, ya’ni kiyim-kechaklarning energiya samaradorligi, kiyishga qulayligi va kamxarjligi jihatidan shu bosqich shakliga kelganda turg‘un qolishi ham fikrimiz dalilidir. Sovuq ob-havoli kunlarda isinishning eng samarali usuli sifatidagi ota-bobolarimiz “ixtiro”si - sandal (tancha), sinchli (yog‘ochli) uylar, uyning asosiy xonalaridagi issiqlik tashqaridagi iqlim bilan tezda almashmasligi uchun qurilgan ayvonlar, binoning tom qismida qor va yomg‘ir to‘planmasligi uchun qurilgan gumbazli binolar yoki yoz kunlarida shimol tomondan esgan shamolning kichik tuynuk orqali yelvizakli oqimi hisobiga ichki hovli xonalarini sovitish borasidagi o‘ziga xos me’moriy yechimlari shulardan iborat.
Zamonaviy hayotimizda
Ma’lumki, fizika qonunlarigaga ko‘ra, energiya bordan yo‘q, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, faqat uning shakli (turi) o‘zgaradi. Bugungi kunda ham elektr energiyasi aylanma mexanik harakat evaziga magnit maydon hosil qilish orqali olinadi (issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektr stansiyalarida) va iqtisodiyot tilida mahsulotning alohida turi deb ataladi. Negaki, uni g‘amlash yoyinki saqlab qo‘yishning imkoni yo‘q.
Elektr energiyasining harakat tezligi yorug‘lik tezligiga teng bo‘lib, ishlab chiqarilgan ondayoq iste’mol qilinadi. Mexanik energiyasi esa issiqlik energiyasi hisobiga (bug‘-gaz qurilmalarida) paydo bo‘ladi va bu jarayonni neft-gaz mahsulotlari yoki ko‘mir yoqilg‘isiz tasavvur etish mumkinmas. Tabiiy boyliklarimiz esa behisob emas. Qolaversa, an’anaviy turda elektr energiyasi ishlab chiqarish - ekologik barqarorlikka zid ko‘rsatkich. Shuning uchun mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid o‘nlab yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 469,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə