№ Mustaqil ish mavzusi


MUSTAQIL ISH YOZISHGA NAMUNA



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#103184
1   2   3   4
Boshlang ich ta lim sirtqi 1 kurs Mediasavodxonlik fanidan musta

 


MUSTAQIL ISH YOZISHGA NAMUNA 
50. Virtual muloqot vositalari –ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoyalanish 
(“Whatsapp” misolida) 
Javob. 
"WhatsApp" - messenjeri asoschisi Yan Borisovich Kum 1976 yilda Ukraina poytaxti 
Kiyev shahrida dunyoga kelgan, dasturlovchi mutaxassis. U onasi va buvisi bilan 1992 yilda AQShga 
ko‘chib ketadi. U Amerikaning "Yahoo" kompaniyasida ishlab, juda katta muvaffaqiyatlarga 
erishgan. Uning eng omadli loyihasi - "WhatsApp" messenjeri 2009 yilda tuzilgan. Messenjerning 
bosh qarorgohi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. Bu dastur orqali matnli xabar, rasm, video 
va audio xabar jo‘natish mumkin. "WhatsApp" orqali SMS almashish uchun har ikkala tomonda ham 
ushbu dastur o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
"WhatsApp"ra oid quyidagi faktlarni keltirib o‘tish mumkin: 2012 yil aprel oyida kuniga 2 
milliard xabar, avgust oyida kuniga 10 milliard xabar, 2013 yil iyun oyida esa kuniga 27 milliarddan 
ko‘p SMS xabar jo‘natilgan; kunlik faol foydalanuvchilari soni bo‘yicha ham rekord natija 200 
milliondan ko‘p. 
 
107. Axborot madaniyati atamasi mazmun va mohiyati.
Javob. 
“Axborot madaniyati” tushunchasi ikkita fundamental tushuncha: axborot va 
madaniyat tushunchalariga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, bu tushunchani talqin qilishning 
“madaniyat” va “axborot” yondashuvlariga ajratib qarashlar mavjud. Madaniyat yondashuvi 
doirasida axborot madaniyatini axborotlashgan jamiyatda insonning yashash faoliyati usuli 
sifatida, insoniyat madaniyati shakllanishi jarayonining tashkil etuvchisi sifatida qaraladi. 
Axborot yondashuvi doirasida esa unga axborot talabini qondirishga qaratilgan barcha 
axborot faoliyati bilimlari majmuasi sifatida qaraladi.
Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni 
olish uchun, qayta ishlash, kompyuterli informatsion texnologiyani va zamonaviy texnik 
vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga 
ega bo’lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik resurslarni aniq hisobini qila oladilar. Bu 
esa barcha tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tezlik bilan xal etish imkonini 
beradi va respublikani ravnaq topishida muhim o’rin egallaydi. Axborot texnologiyalari 
rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot 
makonining infratuzilmalari va milliy axborot - hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos 
keluvchi milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta'lim samaradorligining 
muhim omili bo’lmoqda.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə