• Основные стратегические варианты


-BOB. BOZOR SEGMENTATSIYASI VOSITASIDA



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169
Strategik marketing (1)

3-BOB. BOZOR SEGMENTATSIYASI VOSITASIDA
EHTIYOJLARNI TAHLILI 
 
3.1. Makrosegmentlash tahlili 
 
Firma tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlardan biri - bu raqobatli 
kurash olib bormoqchi bo‘lgan bozorni tanlab olishdir. Asosiy bozorni tanlash 
bozorni ehtiyojlari va xulq-atvor va motivasion tavsifnomalari o‘xshash bo‘lgan 
iste’molchilardan tashkil topgan qismlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bu tarkibiy 
qismlar firma uchun qulay marketing imkoniyatlarini vujudga kelitradi. Firma butun 
bozorga yuzlanishni ustun ko‘rishi e’tiborni o‘z asosiy bozori doirasidagi bir yoki bir 
necha maxsus segmentlarga qaratish mumkin. 
Bozorni segmentlash bosqichi 5 ta bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

segmentlash sohasini aniqlash; 

segmentlash mezonini o‘rnatish; 

segmentlarni aniqlash; 

aniq segmentlash strategiyasi; 

segmentlarning strategik tahlili. 
Segmentlashning asosiy maqsadi - bozordagi harakatlarni o‘rganib, ularning 
modelini va kelajakdagi ehtiyoj talablarini tasavvur qilishdan iborat. Hozirgi 
raqobatda yutib chiqishning asosiy sharti, yangi yuqori sifatli tovar va kompleks 
servis texnika xizmatlarini hamda samarali sotish usullarini qo‘llashdan iborat bo‘lib 
qoldi. Ana shu talablar asosida marketing strategiyasining ustuvor turi 
iste’molchilarni o‘rganish, o‘z navbatida bozorni segmentlashdan boshlanadi, chunki 
bozor bir xil sub’ektlardan tashkil topgan emas. Asosiy bozorni bunday bo‘laklarga 
ajratish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu ikki bosqich esa bozorni 
bo‘lishning ikki turli xil darajasiga to‘g‘ri keladi. 
Makrosegmentlash deb ataluvchi birinchi bosqichning vazifasi “tovar 
bozorlari”ni aniqlashdan iborat bo‘lib, mikrosegmentlash deb ataluvchi ikkinchi 


56 
bosqichda esa ilgari aniqlangan har bir bozor ichida iste’molchilarning 
“segmentlarini” ajratib olish maqsad qilib olinadi. Asosiy bozorni bunday sxemasini 
tuzib olgach, firma har bir tovar bozori yoki segmentning jalb qiluvchanligini va 
o‘zining raqobatbardoshligini baholay boshlaydi. 
Makrosegmentlashda bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha ularning 
sanoatlashuviga qarab bo‘lish nazarda tutiladi. Ko‘pchilik bozorlarda barcha 
mijozlarni birgina tovar yoki xizmat yordamida qanoatlantirish amalda mumkin 
emas. Turli iste’molchilarning istaklari va qiziqishlari xilma-xil bo‘ladi. Bu xilma-
xillik xaridorlarning odatlari va ehtiyojlarida asosiy tafovutlarning, taklif qilinayotgan 
tovar va xizmatlardan, ular qidiradigan manfaatlarning bir xil emasligidan kelib 
chiqadi. Jamiyatda xaridorlar ko‘proq “o‘rtacha” xaridorga mo‘ljallangan tovarlar 
bilan qanoatlanishga moyil bo‘ladilar. Ular o‘zlarining maxsus muammolariga 
moslashtirilgan echimlarni qidiradilar. Firmalar istiqbolda kutilayotgan bunday 
o‘zgarishlar tufayli ommaviy marketing strategiyasini tashlab, qat’iy yo‘naltirilgan 
strategiyalar tomonga o‘tishga majbur bo‘ladilar. Iste’molchilarning maqsadli 
guruhlarini aniqlash aynan segmentlash jarayonining o‘zi bo‘lib, u asosiy bozorni 
talablar va xaridorlarning odatlari jihatidan bir jinsli bo‘lgan qismlarga ajratadi. 
Segmentlash jarayoni firma uchun strategik ahamiyatga egadir, chunki uning 
natijasida firmaning faoliyat ko‘rsatish sohasi va tanlangan bozorlarda 
muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omillari aniqlanadi. Bozorni segmentlarga 
ajratish - firma ega bo‘lish kerak bo‘lgan eng asosiy qobiliyatlardan biridir. 
Bozorni segmentlarga ajratish strategiyasini amalga oshirishni firmaning 
missiyasini aniqlashdan boshlash lozim. Ushbu missiya uning iste’molchiga 
yo‘naltirilgan istiqboldagi roli va asosiy funksiyasini tavsiflaydi. Bu erda uchta asosiy 
savolga javob topish lozim? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanayapmiz? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanishimiz kerak? 
- Biz qanday biznes bilan shug‘ullanmasligimiz lozim? 
Bu savollarga bozor sharoitlarida javob topish uchun biznesning ta’rifini texnik 
atamalar yordamida emas, balki umumiy tushunchalar orqali, ya’ni iste’molchini 


57 
qoniqtiradigan “qarorlar” atamalarida ifodalash lozim. 
Avval aytib o‘tilganidek, buning uchun quyidagi tamoyillardan kelib chiqish 
lozim: 
-
Xaridor uchun tovar - bu shu tovar olib keladigan foydadir. 
-
Hech kim tovarni o‘z-o‘zicha sotib olmaydi. Bu erda xizmat ko‘rsatish yoki 
muammoni hal qilish talab qilinadi. 
-
Turli texnologiyalar ham bir xil echimni taklif qilishi mumkin. 
-
Texnologiyalar tez o‘zgarib bormoqda, asosiy ehtiyojlar esa avvalgidek qolib 
kelmoqda. 
Aynan mana shuning uchun bozorga yo‘naltirilgan firma uchun o‘z biznesini 
tovar atamalarini bilan emas, balki jinsdosh ehtiyoj atamalari tashkil etish orqali 
ifodalab olish muhimdir. Buni strategik tahlil jarayonining boshida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir.
Aslida biznesning ta’rifi amaliy ko‘rsatmalar berish maqsadida etarlicha aniq 
atamalar yordamida ifodalanishi kerak, ayni paytda bu atamalar ijodiy yondashuvni 
rag‘batlantirish uchun, masalan, ishlab chiqariladigan assortimentni kengaytirish 
imkoniyatlari yoki oraliq tovar sohalarini diversifikasiyalash uchun etarlicha keng 
qamrovli bo‘lishi kerak. 
Asosiy bozorni konseptualizatsiyalash.
Eybellning fikricha, asosiy bozor 
quyidagi uch mezon bo‘yicha ta’riflanishi mumkin: 
-qanday ehtiyojlar, funksiyalar yoki funksiyalarning yig‘indisini qondirish 
kerak? (“nima?”). 
-ehtiyojni qondirilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarning qanday guruhlari 
mavjud? (“kimni ?”) 
-bu funksiyalarni bajara oladigan qanday texnologiyalar mavjud? 
(“qanday?”). 
Buni uch o‘lchamli tizim ko‘rinishida tasvirlash mumkin. 
Ushbu tizim asosida segmentlash jadvalini tuzish uchun har bir holatda bu uch 
mezonni tavsiflaydigan mezonlarni belgilab olish kerak (3.1.-rasm). 


58 
Ehtiyojlarning funktsiyasi 
«Nima» qondirilmoqda 
Istе'molchilar guruhi 
«Kim» koniqish hosil qilmoqda 
Tеxnologiyalar 
Ehtiyojlar 
«qanday» 
qondirilmoqda 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə