• Основные стратегические варианты


Asosiy bozorning evolyusiyasida



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169
Strategik marketing (1)

Asosiy bozorning evolyusiyasida
texnik taraqqiyotning bosimi ostida va 
iste’mol odatlarining o‘zgarib turishi natijasi yuqoridagidek ta’riflangan tovar 


63 
bozorlari barqaror bo‘la olmaydilar, biroq quyidagicha uch toifaga ajratish mumkin 
bo‘lgan yo‘nalishlarda rivojlanishda davom etadilar. 
Iste’molchilarning yangi guruhlarini qo‘shib olish hisobiga kengayishda
tovar asta-sekin iste’molchilarning yangi-yangi guruhlarini o‘ziga jalb qilib boradi
bozorni qamrab olish darajasi ortib boradi. Masalan, shaxsiy kompyuterlar o‘rta 
ta’lim sohasiga tobora kirib bormoqda. 
Yangi funksiyalar hisobiga kengayishda 
esa yangi tovarlarning paydo 
bo‘lishi ilgari turlicha bo‘lgan funksiyalarni birlashtirmoqda, masalan hozirgi 
telefonlar faks, nusxa ko‘chirish qurilmasi va avtomat javob beruvchi funksiyalarni 
o‘zida mujassam etadi. 
Texnologiyaning o‘rnini bosish.
Ma’lum bir iste’molchilar guruhiga 
mo‘ljallangan ma’lum bir funksiyalar endilikda yangi, mukammalroq texnologiyalar 
vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, bosma materiallarni tarqatish hozirda 
elektron pochta yordamida amalga oshirilmoqda. 
Ushbu o‘zgarayotgan kuchlar va ular ta’siri ostida tovar bozorlarining 
kengayishi jalb qiluvchanlikni baholashning hal qiluvchi mezoni bo‘lgan hayotiylik 
davrini ham o‘zgartirmoqda. 
 
3.2. Mikrosegmentlash tahlili 
Mikrosegmentlashning vazifasi makrosegmentlovchi tahlil bosqichida 
aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehtiyojlarni batafsil tahlilini amalga 
oshirishdan iboratdir. Ta’rifga ko‘ra, ma’lum bir tovar bozoriga mos keluvchi 
iste’molchilar birgina asosiy funksiya bilan, 
masalan,
soatlar haqida gap ketganda, 
vaqtni o‘lchash masalasi bilan qiziqadilar. SHunga qaramay, ular qidirilayotgan 
funksiyaga yoki unga hamroh bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarga nisbatan turli xil 
maxsus ko‘rsatkichlar yoki afzalliklarni kutayotgan bo‘lishlari mumkin.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə