“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 453,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.10.2023
ölçüsü453,78 Kb.
#130759
1   2   3   4
qoraqalpoq-xalqining-kelib-chiqishi-va-qoraqalpoqlarning-dasturiy-madaniyati (1)


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
44 
shug’ullanishgan. 
Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning 
dalilidir. Ular so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El 
oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O’zbeklarning Afandisi kabi 
qoraqalpoqlarning qiziqchisi O’mirbek laqqisi bor. O’mirbek laqqi o’z og’zaki 
latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq 
qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so’zi bilan ishi mos 
kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to’g’rilik, haqiqat, adolatni 
kuylagan. U o’z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, 
tinglovchilarni xursand qilgan. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan 
ma’lum. Ulardan “Qirqqiz”, “Alpomish”, “Qo’blan”, “Mastposhsho”, "Edigey" 
dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, "Edigey" 
dostonida Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon 
etilsa, "Qirqqiz" da qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi 
ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiiy 
ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el-yurt yo’lboshchilari, 
qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar 
ulug’lanadi. Qozoq ma’rifatparvar olimi Cho’qon Valixonovning: "Qoraqalpoqlar 
sahrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilardir, shundan keyin qirg’izlar va 
turkmanlar", degan so’zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII 
asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan "Qirqqiz" dostoni alohida 
o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalq 
baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o’g’lidan 1939-1940-yillarda yozib 
olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan 
sug’orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z 
sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung’or xoni Surtoyshi 
hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib
, u yerda 
qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. 
Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon

Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda 
dushmanga nisbatan shafqatsizlik g’oyalari o’z ifodasini topgan. 
Qoraqalpoq xalqining barcha voyaga yetgan ayollar kashtachilik hunarini 
egallashgan. Erkaklar esa murakkabroq hunar turlari bo’lmish, yurtalar va musiqiy 
asboblarni tayyorlash, yog’och o’ymakorligi, zargarlik buyumlari, terini qayta ishlash 
va boshqalar bilan mashg’ul bo’lishgan. 
Qoraqalpog’iston noyob va boy madaniy merosga ega. Bu uning qadimiy 
arxeologik va me’moriy yodgorliklari, o’ziga xos xalq og’zaki ijodi, ijro san’ati, urf-
odatlari va milliy hunarmandchilik faoliyatida aks etadi. Qoraqalpog’iston hududida 
ko’plab arxeologik va me’moriy yodgorliklar bo’lib, ular asosan mudofaa binolari va 



Yüklə 453,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə