“ Talqin va tadqiqotlar ” ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 453,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.10.2023
ölçüsü453,78 Kb.
#130759
1   2   3   4
qoraqalpoq-xalqining-kelib-chiqishi-va-qoraqalpoqlarning-dasturiy-madaniyati (1)


Talqin va tadqiqotlar

 ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№15
 
43 
qiziqchisi O’mirbek laqqisi bor. O’mirbek laqqi o’z og’zaki latifalarida ayrim 
shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida 
gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so’zi bilan ishi mos kelmaydigan 
ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to’g’rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U 
o’z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni 
xursand qilgan. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. 
Ulardan “Qirqqiz”, “Alpomish”, “Qo’blan”, “Mastposhsho”, "Edigey" dostonlarida 
qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, "Edigey" dostonida 
Amir Temur, To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etilsa, "Qirqqiz" da 
qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, 
Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o’z badiiy ifodasini topgan. 
Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el-yurt yo’lboshchilari, qahramonlari Maman 
botir, Esangeldi mahram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi. Qozoq 
ma’rifatparvar olimi Cho’qon Valixonovning: "Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi 
shoir ham qo’shiqchilardir, shundan keyin qirg’izlar va turkmanlar", degan so’zlari 
bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni 
badiiy shaklda aks ettirgan "Qirqqiz" dostoni alohida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq 
xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalq baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi 
Tojiboy o’g’lidan 1939- 1940-yillarda yozib olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik 
va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim 
o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh 
hamda jung’or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim 
Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari 
vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang 
qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik
vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik g’oyalari 
o’z ifodasini topgan. 
Qoraqalpoqlarning o’ziga xosligi, ularning xalq og’zaki ijodi, raqs va musiqa 
madaniyati va marosimlarida aks etgan bo’lib, bugungi kunda ular, xalqning ajralmas 
qismi hisoblanadi. Ularning eng keng ommalashgan turlariga, jiraular (xalq oqinlari) 
va baxshilar (qo’shiqchimashshoqlar) va eposlar (Alpomish va Qirq qiz va boshqalar) 
kiradi. Qoraqalpog’iston ana’nalari hunarmandchilikda ham yaxshi namoyon bo’lgan. 
Qoraqalpoq qadimiy hunarmandchilik namunalaridagi sodda naqsh va shakllar
ularning Qadimiy va O’rta asr Markaziy Osiyo ko’chmanchilari san’ati bilan 
bog’liqligini ko’rsatadi. Qoraqalpoqlarning qadimiy hunarmandchiligi, ularning 
qadimiy turar joylari (yurtalar), zarur uy- ro’zg’or buyumlari va mavjud materiallari 
(yung, teri, suyak, yog’och, paxtalar) asnosida rivojlangan. XX asrning boshlarida 
yurtalarni bezatish uchun ayollar, bezakli matlar, rangbarang kigizlar tayyorlashgan, 
naqshli polos va sholchalar to’qishgan shuningdek, qiyqimlar to’qimachiligi bilan 



Yüklə 453,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə