0-variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang. Umr davrlarini tabaqalash


Ilk bolalik davrida shaxs shakllanishi



Yüklə 27,11 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2022
ölçüsü27,11 Kb.
#97704
1   2   3
10-variant

Ilk bolalik davrida shaxs shakllanishi

Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Masalan, bolaning yig‘lashi hamda yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini shakllantiradi. U o‘z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atrof muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala-munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z «Men”ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 Yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan manba deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch Yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning «.o‘zim qilaman” qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
3 Yoshdagi inqiroz: 3 Yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. “Men katta bo‘lsam mashina haydayman”, «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi» kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi. Ko‘pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik bilan namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan salbiy xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu yana kaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 Yoshdagi inqiroz bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi.

  1. Kichik maktab yoshida o‘zlashtirmaslik sabablari.

O’zlashtirilmaslikning oldini olishga yo’naltirilgan umum ta’lim maktab ta’dbirlariga quyidagilar kiradi. O’zlashtirilmaslikning oldini olish bo’yicha pedagogika va psixologiya fanlarining ilg’or tajribalarini, tavsiyalarini maktab jamoasida umumiy o’rganishni tashkil etish.
1. Bu masalalarni pedagogik jamoa yig’ilishlarida, o’quvchilar konfrensiyalarida muhokama qilish maqsadga muvofiq metodik birlashmalarning yig’ilishlariga mustaqil o’rganish yo’li bilan muhokama qilinishi mumkin. Bu ishda o’quvchilar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha maktab o’quvchilarining va alohida o’quvchilarning muvaffaqiyatli faoliyati haqida gazeta va jurnallardan maqolalarni targ’ib qiluvchi stendlar, ko’rgazmalar, ota – onalar faol o’quvchilar uchun seminarlar tashkil etish katta yordam beradi.
2. O’quvchilarning o’qishga bo’lgan hohishi, uni bartaraf etish yo’llari haqida shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilar va psixologlarning o’zaro fikrlashishi, ya’ni psixologik – pedagogik konsilumni tashkil etish.
3. Barcha maktablar miqyosida sinflar aro o’zlashtirilmaslikning sabablarini tahlil qilish orqali umumlashtirish, ular orasidan mazkur maktab uchun xoslarini aniqlash, o’quvchilar o’zlashtirmasligini oldini olish maqsadida o’quv tarbiya jarayonining takomillashtirish bo’yicha maktabdagi ishlarning bosh bo’g’inlarini va asosiy bosqichlarini ajratish.
4. O’zlashtirilmaslikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun va o’quv materiallarining bazasini aniqlash bo’yicha ishlarni aniqlash, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning idrok qilishlariga imkon beruvchi diagnostik materiallarni tayyorlash.
5. O’quvchilarni o’qishga munosabatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va hodisalarni aniqlash maqsadida maktab joylarida joylarni o’rganish. Bunday hodisalarni bartaraf etish uchun hokimiyat va jamoat tashkilotlari bilan aloqa o’rnatish..
6. Birinchi ishga qabul qilishayotgan o’quvchilarni psixologik ko’rikdan o’tkazish, o’qishga tayyorlashlari bilan turli mashg’ulotlar o’tkazish.
7. O’quvchilarning ish qobilyatlarini mustahkamlash va ularni real o’quv ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun maktablarda qishki va yozgi sog’lomlashtirish lagerlari va sport guruhlarini tashkil etish.
8. O’quvchilar o’zlashtirmasligini oldini olish bo’yicha tadbirlar tizimini amalga oshirish uchun maktab ishida doimo nazorat qilish. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim.
A) Psixologik – pedagogik konsilum natijalarinio’quvchilarning qo’shimcha fandan o’zlashtirayotganligini aniqlash yozma ish natijalarini tekshirish.
B) Dars jarayonida o’qituvchi tomonidan o’zlashtirishning odini olish usullaridan foydalanayotganligiga e’tibor berish, murakkab mavzularga e’tibor berish, muhimini ajratish, o’quvchilarning yangi materiallarini tushunganligini tekshirish. Doimiy mustahkamlash va taqdirlash, xatolar ustida ishlash, o’qishda alohida qobiliyatini, o’quvchilarga individual yondashuv va boshqalar.
V) O’quvchilarning yillik, chorak va har kungi o’zlashtirish yozma ishlari va diagnostik ishlarini doimiy tahlil qilish. Kamchiliklar, ularni yo’qotish bo’yicha tadbirlar tizimini aniqlash.
G) Qishkio’quvchilarining o’zlashtirish va tarbiyalanganligi nuqtai nazaridan ularni maxsus hisobda nazorat qilish.
D) O’quvchilar faoliyatidagi kamchiliklarni o’rganish, o’zlashtirish materiallarini egallash maqsadida o’quvchilarning faoliyatini o’zlari tahlil qilishlarini yaxshilash.
Ilg’or o’quvchilar ishidagi tajribalarni umumlashtirish va eksperimental tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha o’zlashtirmaslikning oshirilishi bo’yicha umumlashtirish ta’birlaridan tashqari dastlabki jamoalardan sinflararo guruhiy va individual profilaktik tadbirlar ham zarur. Boshlang’ch sinflarda o’zlashtirilmaslikning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish, avvalo, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar aqliy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilishni taqozo etadi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bog’lanish o’z-o’zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman" motividan "Men shuni bajarim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xattiharakatida ham, ya’ni ma'lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faolikning susayishida namoyon bo`ladi.
O’zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o’z oilasida o’zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xattiharakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga harab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholashini tushuna boshlaydilar. Maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi. Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500- 600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog`lovchilardan iborat bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi.
Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o`ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylashishini bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qigani uchun bolada sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo’lishi juda muhim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar.
Bolalar rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. 10 yoshdagi o’quvchilar idroki, uning xatti-harakati, o’qish va mehnat faoliyati bilan bevosita bogliqdir. O’quvchi o`zining ehtiyoji, mayli, qiziqishi va intilishi turmush sharoitiga mos, shuningdek o’qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qiladi. Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to’gri tuzish va so’zlarni to’gri yozishga ma’lum talablar qo’yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so’zlarni qanday eshitgan bo’lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to’gri talaffuz etishga va yozishga o’rganishi zarur. Yozma nutqni egallashi asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolada hali o’zi yozgan fikrlarni, so’z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo`ladi.
Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o’quvchilarga berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to`plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to’gri tuzish, aynan shu mazmunga mos so’zlarni o`qish va ularni to’gri yozish, tinish belgilarini to’gri qo’yish, o’z holatlarini topa olish va to’grilash aqliy rivojlanishning ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. O’qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o`quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchup muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta’lim jarayonida ularning bilimlar ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshda bolalar o`z idroklarining aniqligi, ravonligi, o’tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yuqoridagi kabi tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi.



Yüklə 27,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə