0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Sug‘urtaning funksiyalari12
Funksiyalarning eng asosiysi albatta risklilik funksiyasi hisoblanadi. chunki 
aynan risk sug’urta munosabatlarini vujudga keltiruvchi omit sanaladi. Sug’urtaning 
risklilik funksiyasi amalga oshishi doirasida qiymatning sug’urta ntunosabatlari 
ishtirokchilari o ’rtasida pul shaklidagi qayta taqsimlanishi vuz beradi. Sug’urtaning 
oldini olish funksiyasi riskning darajasini kamaytirish va sug’urta hodisasining 
oqibatlarini bartaraf etishda amalga oshadi.
Turli hodisalami oldini olish tadbirlari. tabiiy ofatlar, avariya, baxtsiz 
hodisalaming oqibatida yetgan zararlami bartaraf etish maxsus oldini olish fondi 
mablag’lari 
hisobidan 
molivalashtiriladi. 
Sug’urtaning jam g ’arish 
funksiyasi 
aholining jam g ’armalarini sug’urtaviv himoyalashda o’z aksini topadi.
Yuqorida ta'kidlangan funksiyalardan tashqari sug'urta nazorat. kredit va 
investitsiya funksiyalarini ham amalga oshiradi. Nazorat funksiyasining mohiyati 
sug’urta fondining to’la-to‘kis shakllanishi va fovdalanilishida namoyon boiadi. 
Nazorat funksiyasi sug'urta operatsiyalarining qonuniy amalga oshirilishi ustidan 
moliyaviy nazorat asosida amalga oshadi.
M aium ki hayot sug’urtasida sug'urta mukofotining qavtarilishi kuzatiladigan 
bir qancha sug’urta turlari mavjud. Mazkur holat sug'urtaning m aiu m darajada kredit 
funksivasini bajarishini ham ifodalaydi. Sug’urta tashkilotlari tomonidan sug’urta 
fondining vaqtincha bo’sh m ablagiarini investitsiya qilish imkoniyati uning 
investitsiya funksiyasining amalga oshishiga olib keladi.
Sug’urta vuqoridagi funksiyalarini amalga oshirish orqali albatta mamlakat 
iqtisodiyotiga o ’z ta'sirini o’tkazadi. M aium ki, sug’urtalashda sug’urta tashkiloti 
m aiu m haq, ya’ni sug’urta mukofoti evaziga o ’z zimmasiga sug’urtalanuvchining 
riskini, y a’ni mazkur risk o ’zini namoyon qilgan taqdirda etgan zararlami qoplab 
berish majburiyatini oladi.
Ushbu jarayonda sug’urta tashkilotlari ko’p sonli mijozlaridan undirgan 
mukofotlaridan sug’urta zaxiralarini tashkil etadilar. Tashkil qilingan zaxiralar
Mualliflar jamoasi tomonidan ta^'orlangan.
17


ma'lum vaqt davomida bo'sh qolganda ular iqtisodiyotning turli sohalariga 
investitsiya qilinadi.
Investitsiya faoliyati bo'vicha ayniqsa hayot sug'urtasini amalga oshiruvchi 
sug'urta tashkilotlari katta salohiyatga cga hisoblanadi. CHunki havot sug'urtasida 
insonlaming hayoti, sog'lig'i va yashashi bilan bog'liq mulkiy manfaatlari sug'urta 
qilinib, sug'urta shartnomalari uzoq muddatlarga tuziladi.
Odatda, havot sug;urtasi shartnomasi kamida besh yilga tuzilib. unda sug'urta 
hodisasi bo'lib sug'urtalanuvchining ma'lum yoshgacha yashashi. vafot etishi. nikoh 
qurishi va boshqa hodisalar hisoblanadi. Sug'urta mukofotlari odatda. yillar davomida 
davriy ravishda to'lab boriladi va hayotni sug'urtalovchi tashkilotlar uchun 
investitsiya sivosatini samarali amalga oshirish uchun boshqa sug'urta tashkilotlariga 
qaraganda qulayroq imkoniyat yaratadi.
Sug'urta bir tomondan iqtisodiyotga salmoqli investitsiyalami kirituvchi 
mexanizm sifatida baholansa. ikkinchi tomondan iqtisodiyotda ishlab chiqarishning 
uzluksizligini ta'minlovchi va aholining ijtimoiv himoyasini bozor iqtisodiyoti 
tamoyillari asosida amalga oshiruvchi tarmoq hisoblanadi. Iqtisodiyotning taraqqiy 
etishi bilan tabiiyki, iqtisodiyotda turli risklar hajmi ham ortib boradi.
Mazkur risklami sug'urtalash uchun albatta sug'urta tashkilotlarining kuchli 
to'lov qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi. Ba'zan sug'urta obyektlari bo'yicha 
olinayotgan javobgarlik hajmining yuqoriligi sug'urta tashkiloti uchun mazkur 
obyektni to'liq sug'urtalashning imkonini bermasligi mumkin. Bunday holda sug'urta 
tashkilotlari sug'urta sohasida qadimdan rivojlanib kelgan risklar transformatsiyasi 
mexanizmidan foydalanadilar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug'urta faoliyatida risklar transformatsiyasi 
munosabatlari o'ziga xos o'rinni egallaydi. Umuman, sug'urta sohasining 
rivojlanganlik darajasi risklar transformatsiyasi tizimi bilan uzviv bog'langandir. 
Risklar transformatsiyasi bu - bir sug'urta tashkiloti zimmasidagi riskni yoki uning 
bir qismini ikkinchi sug'urta yoki risklar transformatsiyasi tashkilotiga o'tkazishdir.
Bu tushunchani qisqacha qilib risklar tranformatsiyasi deb ham yuritish mumkin. 
Risklar transformatsiyasi jarayoni sug'urta tashkilotlari o'rtasidagi munosabat 
bo'lganligi sababli, u bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Eng awalo risklar transformatsiyasi, sug'urta tashkiloti zimmasidagi 
me’yordan ortiq majburiyatlardan qutulishning eng optimal yo'lidir. Chunki. sug'urta 
tashkiloti katta summali bir shartnoma asosida qabul qilgan majburivatning ma'lum 
qisminigina qoplash imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.
Bunday holda. risklar transformatsiyasi mijozning talabini qondirish imkonini 
beradi, ya’ni sug'urta tashkiloti (sedent) o'z zimmasidagi me’yordan ortiq 
majburiyatlami qayta sug‘urtalovchi(sessioner)ga o'tkazadi va mijozni o'zida ushlab 
qoladi.
Bundan tashqari risklar transformatsiyasi, sug'urta tashkilotlari uchun katta 
hajmdagi majburiyatlami qabul qilish va o'z faoliyatining imkoniyatlarini 
kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Risklar transformatsiyasi ikki qayta sug'urtalovchi tashkilot o'rtasida ham yuz 
berishi mumkin va bu xalqaro amaliyotda “retrotsessiya” deb nomlanadi (2.4-rasm).
18


R is k la r 
R is k la r 
R c tro s cs siv a
tra n s fe r! 
tra n s fo rm a ts iy a s i
2.4-rasm. 

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə