0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG‘URTANING NAZARIY ASOSLARI VA IQTISOD1Y MOHIYATI



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

3-MAVZU.
SUG‘URTANING NAZARIY ASOSLARI VA IQTISOD1Y MOHIYATI
3.1. Sug'urtaning nazariy-iqtisodiy asoslari
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so'ng o'tgan vaqt mobaynida sug'urta 
sohasi rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Sug'urta kompaniyalarining 
faoliyati ushbu qisqa davrda kutilgandan ham unumliroq tarzda takomillashdi. 
Sug'urta kompaniyalarining takomillashishiga sabab. O‘zbckiston Respublikasining 
jahon xo'jaligidagi ishtiroki salmog'i oshib. xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko'lami 
kengayib borayotganidadir. Bu borada sug'urtaning o'mi barchaga ma’lum. Shu 
sababli hozirgi kunda sug'urta kompaniyalar risklarni aniqlash. ulami tahlil qilish va 
baholash hamda kamavtirish usullarini qo'llash sug'urta kompaniyalarining asosiy 
vazifalaridan biriga aylandi.
Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, sug'urta 
kompanivalari faoliyatidan ko'zlangan natija ham bu birinchi navbatda foyda olishdir. 
U esa albatta risk bilan bog'liq bo'ladi. Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy 
elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma'noga ega boigan. ko'p qirrali tushunchadir.
Iqtisodiyot fanining nazariyasi va amaliyotida risk kategoriyalari juda vuqori 
o'rinni egallaydi, bu kategoriyalami umumiy nazariyasini yaratish va uni amaliy 
natijalarga tatbiq etish fan olamidajuda ko'p ilmiy izlanishlarni talab qiladi.
Hozirgi kungacha jahon olimlari tomonidan fan olamiga olib kirilgan juda 
ko'plab risk to'g'risidagi tushunchalar ulami yuzaga keltiruvchi omillami oldini olish. 
baholash va boshqarish usullari hanuzgacha to iiq ishlab chiqilmagan. Bu esa riskni 
obyektiv va subvektiv jihatdan yanada to'liqroq o'rganishni. uni funksiyasi. qonun va 
qoidalarini yanada umumlashtirishni talab qiladi.
Riskni yuzaga kelish tarixini inson paydo bo'lishi bilan bog'lash mumkin voki 
inson hayotini ma’lum bir qismi deb izohlash mumkin. Rus olimi A.P. Algin riskni 
yuzaga kelishini shunday izohlab o'tadi, "Risk-shunday umumlashgan hodisaki u 
inson sivilizatsiya jarayonini rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir’-devdi.16
Bu jumla ko'pgina munozarali ko'rinsada, ammo haqiqatdan to'g'ri 
yondoshadigan bo'lsak hayotiy tomonlama eng sodda yo'l bilan asoslab berilgan. 
Riskni nazariy jihatdan sodir bo'lish jarayonini aniqlash juda murakkab, chunki bu 
jarayon birinchidan, risk to'g'risidagi tushunchalar umumlashtirilayotgan bo'Isa. 
ikkinchidan riskni alohida o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar juda kam. Bu esa risk 
nazariyasini iqtisodiy nazariyani yoki boshqa fanlami ma’lum bir qismi. bo'limi 
sifatida emas, balki alohida bir "risk-nazarivasi” fani sifatida o'qitish, o'rganishni 
taqozo etadi.
Risklarni iqtisodiy kategoriya va subyekt sifatida yuzaga kelishida iqtisodiy 
munosabatlaming rivojlanishi muhim rol o'ynaydi. Risk tushunchasi ko'p qirrali 
so'zlar bilan umumlashgan bo'lib, har bir jumla orqali yoritilgan ma’lum bir 
yo'nalishlarini belgilab bergan. *
2
2
l6Ajn,inH A 11 P
hck
h
ero pojn, 
b
o6mecTBeHHO0 
hochh
, M.: M
bicjib
. 1989. C. 188.
22


Bu csa riskni talqin etishda turlicha izohlami keltirib chiqargan. Riskni talqin 
qilish sinonimini yaratish har xil adabivotlarda turlicha izohlanadi. “Risk" so'zi 
ispancha-portugalcha so'zdan olingan bo'lib "suv ostidagi qova” degan ma’noni 
biidiradi. Taniqli iug‘atshunos S. N. Ojegovning rus tili lug'atida “risk” bu 
“muvaffaqiyatga intilish. baxtli hodisadan umid" degan ma’noni anglatadi deyilsa, 
mashhur Vebstera lug'atida riskka “xavf. zarar yoki talofat ko'rish ehtimoli” deb 
qaralgan. V.T. Sevruk “risk - bu hoi, bir ishiab chiqaruvchining situativ holati" degan 
ta’rif bergan bo'lsa17, rus olimi A.Olshanniy “risk-bu zarar ko'rish yoki manfaatni 
qoidan chiqarish bilan bog'Iiq ehtimollar o'lchamidir” degan ta'rif beradils.
Professor V.M. Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o ‘z 
navbatida oldindan ko'ra bilish yoki mumkin bo'lmagan voqealar bilan bog'liq 
b o iad i"1>deb izohlaydi. E.S. Stoyanova "Risk bu rcialashtirilgan variantga nisbatan 
daromad ola olmaslik yoki zarar ko'rish ehtimolidir”:0 deb ta’rif keltiradi.
Risklarni mohiyatini ochib berishda ulami har xil sinonintlar bilan qo'llaganda 
asosiy ma'nosini tahlil etishda prof. SH.2. Abdullayevaning ishida “Risk xato. 
ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va hokazolar deb ta'rif berish xalqaro amaliyotga 
mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan holda “risk", “bank riski", “kredit riski" 
deb yuritsak maqsadga muvollq" deb hisoblanadi.71 Har bir faoliyatni amalga 
oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo'lishi mumkin.
Rus olimlaridan E. F. Jukova, S. I. Lukash va M. Glariya riskni xavf, yo'qotish 
deb izohlashga harakat qilganlar. M. Glariya risk tushunchasini vanada murakkab 
ko'rinishda asoslashga harakat qilgan. Uning fikricha risk — bu investomi pul topishi 
yoki pulini yo'qotishi bilan bog'liq bo'lgan tushuncha deb izohlaydi. K o'p olimlar 
riskni “yo'qotish ehtimolligi” deb aytib o'tadilar.
Masalan, YA. S. Melkumov riskni “moliyaviy operatsiyalardan yomon 
holatlami kelib chiqish ehtimolligidir” deb ta’kidlasa, V. A. Chelnokov tijorat 
banklari operatsiyalari bilan bog'langan holda “aktivlar aylanmasining yo'qotish 
ehtimolligi” deb izohlaydi. G. B. Polyakova “r is k - b u ko'zlangan daromad. foydadan 
vuzaga kelishi mumkin bo'lgan yo'qotishni ehtimolligidir’ deb — ta’kidlab o'tadi. 
Polina Mixaylova “risk — bu kutilmagan holatlarda yuzaga keladigan hodisa bo'lib. 
ko'p hollarda aktivlami baholashda yoki daromad foizini hisoblash holatlarida 
namoyon bo'lishi mumkin” deb izohlaydi.
Sug'urta mohiyatan murakkab va ko'p qirrali tushunchadir. Bu atama iqtisodiv 
ishiab chiqarish va iste’mol, tabiiy ofatlar va ko'ngilsiz hodisalar, shuningdek, inson 
hayotida sodir bo'ladigan turli favquloddagi hodisalar bilan chambarchas bog'langan. 
Jamiyat iste’mol qilishni to'xtata olmaganidek, ishiab chiqarishni ham inkor 
qilolmaydi.
Insoniyat sivilizatsiyasining moddiy asosi ishiab chiqarish hisoblanadi. Lekin 
ishiab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, ko'zda tutilmagan favqulodda 
hodisalar salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat 1
8
9
*
2
1
*
1
'CeBpyK 
B.T. 
BaHKOBCKiie pircKH. 
M .: 
ite rio . 
1995. C. 3.
180.ibmamiMH A.H. BaHKOBCKiie tcpeOTTOBamie M.: PH.JI, 1997.
l9ycocKim B.M. CoBpeMeHHMH KOMMepaccKirk 6aHK M.: 1994.
■° C
tobhobb
E.C. OiiHaHCOBLifl MeHeiDKMeHT. M .: 1993.
21A bdullayeva Sh.Z. Bank risklari sharoitida tijorat banklarim ng kredit portfelini diversifikatsiyalash. T.: M oliva
2002 y.
23


darajasini pasaytirib vuboradi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun 
esa vetkazilgan zaraming o'mini tezda to'ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini 
tugatishda yordam berilishi kerak.
Bulling uchun tashqaridan. birinchi navbatda, moliyaviv yordam berilishi talab 
etiladi. Aynan shunday moliyaviv qo'Ilab-quwatlash tizimida sug'urta alohida o'rin 
tutadi. Yetkazilishi mumkin bo'lgan katta hajmdagi zararlami qoplash uchun yetarli 
miqdordagi zaxira shakllantirishi lozim. Bu fondlar asosan yuridik va jismoniy 
shaxslar to‘laydigan sug'urta mukofotlari hisobida shakllantiriladi. uning hisobidan 
vetkazilgan zararlar qoplanadi va favqulodda hodisalaming oqibatlari tugatiladi. 
ishlab chiqarishning son va sifat ko'rsatkichlari o'sishiga erishiladi. Mamlakatimizda 
sug'urta endi rivojlanib kelavotgan sohalardan biri bo'lib, uning iqtisodiyot 
rivojlanishiga qo'shadigan hissasi istiqbolli iahamiyatga egadir.
O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozori yildan-yilga jadal sur'atlar bilan 
rivojlanib bormoqda, lekin ushbu sohaning umumiy iqtisodiyotdagi ahamiyati hali 
yetarli darajaga ko'tarilmagan. Sug'urta sohasini rivojlantirish zaruratini uning 
quyidagi xususiyatlariga egaligi bilan asoslash mumkin:
- bozor iqtisodiyoti 
sharoitida harqanday 
munosabatlarda xavf-xatar
tavakkalchilik va qaltisliklaming mavjudligi;
- sug'urta tashkilotlarining xo'ialik subyektlarini favqulodda yuz bergan 
hodisalar oqibatida yetgan zararlardan himoyalash. ya’ni favqulodda holat natijasida 
korxonaning faoliyati to'xtab qolmasligi va davom ettirilishini ta'minlashi;
- mamlakat iqtisodiyotiga katta miqdordagi 
investitsiyalami kiritilishi 
munosabati bilan ulami sug'urtalash zaruriyatining kelib chiqishi;
- hayot sug'uitasi orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiv himovasini bozor 
iqtisodiyoti tamoyillari asosida ta'minlashi;
- mamlakat umumiyi qtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim omillardan 
biri hisoblanishi va boshqalar.
O'zbekiston Respublikasi sug'urta xizmatlari bozorida keng qamrovli iqtisodiy 
islohotlami amalga oshirish turli mulkchilik shaklidagi sug'urta tashkilotlarining 
vujudga kelishi bilan bir qatorda yangi sug'urta xizmatlarini yo'lga qo'yilishiga qulay 
shart-sharoit yaratdi.
Sug'urta mustaqil iqtisodiy kategoriva sifatida iqtisodiy munosabatlar tizimida 
muhim o'rin tutadi. U moliya? kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas 
bog'liqdir. Moliya yalpi ichki mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida 
vujudga keladigan maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan 
bog'liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit - aholi, korxona va tashkilotlar 
ixtiyoridagi vaqtincha bo'sh turgan mablag'lami jalb etish va undan foydalanish bilan 
bog'liq iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir. Sug'urta oldindan ko'rib bo'lmaydigan 
tabiiy, stixiyali hodisalar ro'y berishi natijasida ko'riladigan zararlami qoplash bilan 
bog'liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq 
iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.
Ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini 
yoritishda turlicha vondashuvlar mavjud ekanligini uchratishimiz mumkin. Masalan. 
H.R.Sobirov 
sug'urta tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: 
Ko'pchilik 
adabiyotlarda sug'urta so'zi xavf-xatar. daxshat, vahima ma nosida ishlatiladi, chunki
24


ko’rsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy 
zarar yetkaziladi.
Lekin sug'urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular orasida 
vujudga kelgan va paydo bo'lishi mumkin boigan favqulodda zararlar va ulami 
kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar. zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning 
o ‘mini toidirish, bu yo'nalishda yuzaga keladigan sug'urtalovchi tashkilotlar va 
sug’urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar ko'zda tutiladi22. Bizning fikrimizcha. 
bu yerda keltirilgan ta’rif sug'urtaning iqtisodiy mohiyatini to'liq ochib beraolmaydi.
Buning ustiga H.R.Sobirov tomonidan yuqorida berilgan ta 'rif uzundan-uzoq 
boiib, sug’urtaning mohiyatini tezda ilg'ab olishni qiyinlashtiradi. 2002 vilning 5 
aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilgan ’’Sug’urta 
faoliyati to 'g ‘risida"gi Qonunning 3-moddasida sug‘urtaga qo'yidagicha ta 'rif 
berilgan: ‘‘Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta 
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta 
tovonini (sug'urta pulini) to‘lash yo’li bilan ulaming manfaatlarini himoya qilish 
tushuniladi”2 .
Bu ta’rifda ta’kidlanishicha. sug’urtadan maqsad sug'urta hodisalari (tabiiy 
ofatlar) natijasida yetkaziladigan zararlami qoplash uchun pul fondlarini. ya'ni 
sug'urta fondlarini tashkil etishdir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan 
shakllanidigan 
bu 
fondlami 
hosil 
qilishda 
sug’urta tashkilotlari 
bilan
sug'urtalanuvchilar o'rtasidagi munosabatlar sug'urta shartnomasida aks ettiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan 
shakllanadigan sug'urta fondlari ulkan miqdorlami tashkil etadi. Sug'urta fondi 
m ablagiari sug'urta hodisalarining yuz berishi oqibatida yetkazilgan zararlami 
qoplashga va ular miqdorlarini kamaytirish maqsadida ogohlantirish chora- 
tadbirlariga sarflanadi. Sug'urta tushunchasiga berilgan bu ta'rif iqtisodiy nuqtai 
nazardan emas, balki huquqiv jihatdan ahamiyatli ekanligini ta'kidlash o'rinlidir.
Rossiyalik iqtisodchi olim B.Serbinovskiy fikricha: “sug'urta — yuridik va 
jismoniy shaxslar to'laydigan sug'urta badallari (mukofotlari)dan shakllanadigan pul 
fondlari hisobidan muayyan voqea (sug'urta hodisasi) ro'v berganda ushbu 
shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha munosabatlar tizimidir”24. 
Ammo shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, sug'urta nafaqat yuridik yoki jismoniy 
shaxslaming mulkiy manfaatlarini himoya etuvchi vosita, balki jismoniy shaxslaming 
hayotiga, sog'lig'iga baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi natijasida shikast yetkazilganda 
ularga sug'urta to'lovlarini berish vo'li bilan himoya etuvchi vosita hamdir.
Shu bois, B.Serbinovskiy bergan ta’rifni ham to'liq deb bo'lmaydi. Yana bir 
iqtisodchi olima N.Bendina sug'urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib berish 
maqsadida quyidagilami ta’kidlavdi: “yuridik va jismoniy shaxslar zarar ko'rganda 
ko'rilgan zarami ko'pchilik shaxslar o’rtasida taqsimlash orqali uni qoplash 
usulidir”23. Ushbu olimaning ftkri bir jihatdan e’tibomi o ’ziga tortishini e’tirof etish 
joiz.
a
Sobirov H.R. Sug'urta: 100 savol v ajav o b . T.: M ehnat nashriyoti, 1998. 8-9 b.
^ 0 ‘zbekiston Respublikasining Sug‘urta faoliyati to ‘g lrisidagi Qonuni. // Xalq so ‘zi; 2002 vil 28 may. 
‘4Cep6HHOBCKiai B.K). CrpaxoBoe aejio. - \1. OeHHKC, 2000. C. 7.
EeHjiHHa H.B. CrpaxoBaHHe. M.: flpHop, 2000 C. 3.
25


Darhaqiqat. sug'urta fondi ko'pchilik jismoniy va yuridik shaxslaming 
to‘laydigan sug'urta mukofotlari hisobiga shakllanib, ushbu fondni shakllantirishda 
ishtirok etgan shaxslaming mulkiy manfaatlariga tabiiy hodisalar ro'y bcrishi 
natijasida zarar yetganda. ushbu fonddan sug'urta qoplamasi beriladi. Lekin, 
hammaga emas. Yana bir marta ta’kidlash lozimki. laqat shu fondni tashkil ctishda 
qatnashgan shaxslargagina beriladi. ya'ni bir shaxs ko'rgan zarar ko'pchilik o'rtasida 
taqsimlanadi.
Shu ma'noda. N.Bendina tomonidan berilgan ta'rif sug'urtaning iqtisodiy 
mohiyatini qisman voritib bera oladk deb ayia olamiz. Bunga o'xshash ta'rillami 
ko'plab keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda, ularning hammasida ba'zi bir 
kamchiliklami ko'rish mumkin. Bizning fikrimizcha, sug'urta deganda stixiyali va 
boshqa tabiiy hodisalar ro'v berishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslaming mol- 
mulki va sog'ligiga zarar yetkazilganda. bu zararhimi qoplashga mo'ljallangan 
maxsus maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog'liq 
iqtisodiy munosabatlaryig'indisi tushuniladi.
Sug'urta bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tarkibiy qismi va ishlab 
chiqarish munosabatlarining muhim tashkil etuvchi unsurlaridan biridir. Bozor 
iqtisodiyoti ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq. Shunday 
ekan, ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan zararlar bozor iqtisodiyoti yo'nalishlarini 
chetlab o'tmaydi. Shu munosabat bilan sug'urta ko'p ukladli xo'jaliklaming har birini 
sug'urtalashda, ulaming mol-mulklarini bud saqlashda alohida ahamiyatga ega 
bo'ladi. Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida:

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə