0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Sakkizinchidan, 
bozor iqtisodiyoti 
sharoitida tadbirkorlikning muhim 
ahamiyatiga alohida e'tibor berilib. sug'urtaning yangi turlarini amalga oshirishga 
kirishildi.
To‘qqizinchidan, 
sug'urta faoliyati bilan qimmatli qog'ozlar o'rtasida tegishli 
munosabat o'matildi. Sug‘urta tashkilotlari o'zlarining qimmatli qog'ozlarini 
emissiya qilishlari va qimmatli qog'ozlar bozorida oldi sotdi ishlarini amalga 
oshirishlarining 
huquqiy 
asoslari 
shakllantirildi. 
Shuningdek, 
sug'urta 
tashkilotlarining qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiya faoliyati yoTga 
qo’vildi va rag'batlantirildi.
Bundan tashqari. respublika sug'urta tashkilotlari xorijiy mamlakatlar 
tajribalarini o'rganishga ham alohida e'tibor berdilar. ayrim xorijiy sug'urta 
tashkilotlari vakillari O'zbekiston sug'urta tashkilotlari xodimlari bilan amaliy 
seminarlar o'tkazib turdilar. Bu tadbirlar respublikamiz sug'urta xizmatlari bozorini 
tashkil qilishga zamin hozirladi va sug'urtalanuvchilar doirasini kengaytirishga jiddiy 
yordam bermoqda.
3.2. Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati
Sug'urtaning iqtisodiy mohiyati unda qayta taqsimlash munosabatlarining 
mavjudligi, sug'urta riskning mavjudligi (uni aniqlash), sug'urtalovchi 
va 
sug'urtalanuvchilardan sug'urta birlashmalarini tashkil etish, yakka va guruh sug'urta 
ehtiyojlarini birlashtirish. barcha sug'urtalanuvchilaming zai'ari bo'yicha birgalikdagi 
javobgarligi, zaraming taqsimlanishi. zarami vaqt va joy bo'yicha qayta taqsimlash. 
sug'urta mukofotlarining qaytarilishi, sug'urta faolivatining o'z-o'zini qoplash 
xususiyati mavjudligi orqali belgilanadi.
Tabiat va jamiyatning moddiy zarar keltiruvchi ko'zda tutilmagan harakatlari 
insonlar tomonidan birinchi navbatda tasodifan ro'y berdi deb qabul qilinadi, lekin 
ulaming doimiy takrorlanib turishi oqibatida iqtisodiy aloqalar holati va texnogen 
muammolar bo'lishidan qa'tiv nazar ro'y berishini isbotlab beradi.
Qayta ishlab chiqarish jaravoni tabiat va jam ivat kuchlarining o'rtasida 
to'qnashuvlar kelib chiqishini taqozo etadi. Bular bir tomondan inson va tabiat 
o'rtasidagi qarama-qarshiliklar bo'Isa. ikkinchi tomondan jamiyatdagi qarama- 
qarshiliklardir.
Bulaming barchasi oxir oqibat ishlab chiqarish va boshqa faoliyat ko'rsatishda 
tasoditan ro'y berishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlami vujudga kelishiga obyektiv 
shart-sharoitlar yaratib beradi.
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi qarama - qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan 
zarami qoplash. insonlar o'rtasida tabiiy ofatlardan ko'riladigan zararlar oqibatlarini 
qisqartirish, baratarf etish va ulami oldini olish zaruratini taqozo etadi.
Tabiiy ofatlar, avarivalar, o'g'irlik va boshqa favqulotda ro'y beradigan 
hodisalar insonning ongidan tashqarida to'satdan yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy 
nuqtai-nazardan qaraganda har bir mulk egasi o 'z mol-mulkini shu jumladan, 
ko'chmas mulkini qisman zararlanishi yoki butunlay yo'qotilishi oqibatida 
ko'riladigan zararlami qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko'rish mumkin.
27


Qadim zamonlardan manfaatdor shaxslarda ko’rilgan zarami qoplash 
maqsadida mulk egalariga tegishli mol-mulklami birlashtirish va zarami birlashma 
a’zolari o'rtasida bo'lish fikri tug'ilgan. Ushbu birlashma qatnashchilari qanchalik 
ko‘p bo'lsa, zarar ko‘rgan tomonga to'lanishi kerak bo'lgan tovon uchun ajratiladigan 
mablag' ulushi shuncha ko'p bo'lgan.
Ma’lumki, agarda har bir mulk egasi savdogar voki hunarmand boiadimi. 
ehtimoli mavjud bo'lgan zarami qoplash maqsadida zaxirada uning avlanma 
mablag'lariga teng miqdorda moddiy bovliklami ushlab turishga majbur b o ia r edi. 
Shu sababli xayrihoh shaxslami zarami birgalikda qoplash maqsadida birlashmaga 
birlashtirish g'ovasi yuzaga kelgan.
Ko'p asrlik sug'urtalash tarixi shuni isbotlab bcrdiki, sug’urtalash iqtisodiyotga 
ijobiy ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Bundan tashqari sug'urta 
tashkilotlari tomonidan shundav faoliyat - bu sug’urta hodisasini oldini olish ishku’i 
amalga oshirildi.
Oldini olish ishlari o'z ichiga sug'urta hodisalari soni va undan keladigan 
zararlami kamaytirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar kiradi. ya’ni doimiy 
sug'urta obyektining tekshirish va o'quv dasturlari kiradi. Shu sababli. sug’urtalash 
nafaqat sug'urtalangan ko'chmas mulkni xavfsizligini ta’minlashini. balki sug’urta 
hodisalarini ro'y berishini kamayishiga va fuqarolar xavfsizligini yaxshilashga 
yordam berishini isbotlab berdi.
Ishlab chiqarish jarayonini to'xtovsiz bo'lishini ta'minlash va hayotda 
erishilgan mavqeni mustahkamlash maqsadida insonlar o'rtasidagi bu obyektiv 
aloqalar barchasi sug'urta himoyasining iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish, sug'urtalash rolining ijtimoiy ishlab chiqarishda 
o’sib borishini ta’minlaydi, sug'urta xizmatlari maydonini kengaytirishni va davlat 
sug'urta tashkilotlariga altemativ sug'urta tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Ma’muriv - buymqbozlik tizimi xalq xo'jaligi ustidan bajarilgan, davlat mulki 
salmog'i ko'p bo'lgan va mehnat jamoalari rahbarivat tomonidan korxona mol- 
mulkini saqlashda iqtisodiy javobgarligi sust bo'lgan davrlarda sug'urtalash 
iqtisodiyotda hozirgidek mavqega ega bo'lmagan bo'lar edi.
Bozor munosabatlarining keng ko'lamda yoyilib borishi qachonki mahsulot 
ishlab chiqaruvchi o'z rejasi bo'yicha ish ko'rayotgan, javobgarlikkirni barcha 
risklariga qaramasdan o'z zimmasiga olishi sug'urtalashning roli va ahamiyatini 
yanada oshiradi.
Shundan an’anaviy - tabiat ofatlaridan (yer qimirlashi, suv bosishi, to'fon va 
boshqalar), texnik va texnologik xarakterdagi tasodifiy hodisalar, (yong’in, avariva 
portlash va boshqalar), himoyalaridan - sug'urtalash obyektlari bo'lib ko'p holatlarda 
har xil kriminal toifasidagi zararlar (o'g'irlik, talon-taroj, transport vositalarini 
o'g'irlab ketish va boshqalar) bo'lib qolmoqda.
Sug'urtalanuvchi ko'chmas mulkka egalik shakli har xil bo'lgan korxona va 
tashkilotlar endilikda nafaqat asosiy fondlarini zararlanishi yoki yo'q bo'lib 
ketishidan, balki korxonaning majburan to'xtab qolishidan (xomashyoning vaqtida 
keltirilmasligi, xaridorlaming to'lov qobiliyati yo'qligi munosabati bilan va hakozo) 
yuzaga kelgan xarajatlar va olinmagan daromadlar bo'yicha sug'urtalashga zamriyat 
sezmoqdalar.
28


Bozor iqtisodiyotida sug'urtalash bir tomondan fuqarolar farovonligi va 
biznesni himoyalash vositasi b o isa. ikkinchi tomondan daromad keltiruvchi faoliyat 
turi hisoblanadi. Sug'urta tashkilotlarining daromad manbai bo'lib. sug'urta 
faoliyatidan olinadigan daromadlar va ishlab chiqarish obyektlariga. tashkilotlar 
aksiyalariga, bank depozitlari va qimmatli qog‘ozlar depozitlariga vaqtincha bo'sh 
mablag'larni investitsiya qilishdan olingan daromadlar hisoblanadi.
Sug'urta ishlab chiqarishga qo'shayotgan ulushi bilan ishlab chiqarishning 
o'sishiga yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Iqtisodiyot tarixi va sug'urtalash tarixi bo'yicha ijod qilgan ko'pgina olimlar 
sug'urtalash bozori va ishlab chiqarishning rivojlanishi o'rtasida uzviy bog'liqlik 
borligini aytib o'tganlar. Sug'urtalash bo'yicha ijod qilgan amerikalik olimlar Mer va 
Kommak. o'zlarining "Sug'urtalash usullari" kitobida. Buyuk Britaniyaning yirik 
savdo davlati bo'lishida yong'indan sug'urtalash bo'yicha xizmatlaming mavjudligi 
yaqindan yordam bcrganligini aytib o'tishgan.26
Sug'urtalash o'zining kelib chiqishi va tuzilishi bilan moliva va kreditdan farq 
qiladi. Ma'lumki moliyaning mohivati iqtisodiy kategoriya sifatida pul fondlarining 
tashkil topilishi va ishlatilishi munosabatlari bilan bog'Iiq. Sug'urtalashning mohivati 
ham pul fondlarining tashkil topilishi va ishlatilishi bilan uzviy bog'liqdir.
26David Bland. Insurance: Principles and Practice. M.: 1998 y. 35 p.
29



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə