Materiallar qarshiligi



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü68,63 Kb.
#164080
  1   2   3   4
1-oraliq materyallar mustahkamligi Q.Javohirjon

1-oraliq savol javoblari


Materyallarning Mustahkamligi

  1. Materyallar qarshiligi masalalari va asosiy tushunchalar

Materiallar qarshiligi - inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), us-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obʼyektlari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va plastinalar (elementlar va detallar sterjen hamda plastinalardan tayyorlanadi). Materiallar qarshiligining nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deforma-siyalanishi (shaklining oʻzgarishi, ezilishi va boshqalar) nazariyasiga asoslanadi. Amaliy qismi turlituman sinovlar, fizika va materialshunoslik krnunlariga asoslanadi. Materiallar qarshiligi fani ishlab chiqqan usullar, [[meʼyorlar va tavsiyalardan muxandislik amaliyotida elementlar va detallardagi eng katta zoʻriqishlar va siljishlarni aniqlash hamda ularni inshootlar va mashinalardan foydalanish uchun xavfsiz boʻlgan meʼyoriy qiymatlar va standartlar bilan taqqoslash maqsadida foydalaniladi]]. Eksperimental tadqiqotlarda maxsus sinov mashinalari va oʻlchash asboblari koʻllaniladi. Tadqiqotlar natijalari boʻyicha maqsadli "kuchlanish — deformatsiya" diagrammalari tuziladi, materialning mustahkamlik, oquvchanlik chegaralari va qayishqoqlik koʻrsatkichlari belgilanadi. Bular hisoblanayotgan element yoki detalning eng zoʻriqqan joylarini, deformatsiyalanadigan va siljiydigan sohalarini aniqlashga imkon beradi. Loyihalash yoki tekshirish mobaynida maqsadli diagrammalar yordamida zoʻriqishlar va deformatsiyalarning hisobiy qiymatlarini standartlarda yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarga taqqoslab, element yoki detalning oʻlchamlari va shakli anikdanadi. Materiallar qarshiligi fanining nazariy xulosalari va amaliy natijalari insho-otlarning ustuvorligi va zilzilabardoshligini taʼminlashda, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishda, kiyim-kechaklarning pishikligini oshirish va sifatini yaxshilashda, ayniqsa, aviatsiya va kosmanavtikada juda muhim ahamiyat kasb etadi.
2.konstruksiya elementlari va tuzilmalari Barcha qattiq jismlar mustahkamlik va bikrlik xossalariga egabo’lishi kerak. Barcha mashina qismlari ishlash davomida tashqi kuch ta’siriga turlicha ta’sirko’rsatadi. SHuning uchun mashina yoki inshoot qismlarining qo’yilgan yuklar ta’siriga bardosh berib turishi ularning o’lchamlariga va qanday materialdan tayyorlanishiga bog’liq. Konstruktsiya elementlari tashqi kuch ta’siridan mustahkamligini yo’qotishidan oldin, shaklini o’zgartirishi oqibatida yemirilishi mumkin. Bunday hollarda konstruktsiya o’z ustuvorligini yo’qotdi deb qabul qilinadi. 
Konstruktsiya va konstruktsiya qismlarini mustahkam, bikr va ustuvor bo’lishini ta’minlashni turli yo’llari bor: 
1. Konstruktsiyaqismlari ko’ndalang kesim o’lchamlarini o’zgartirish; 2. Materal turini o’zgartirish; 3. Tayyorlash uchun zarur mehnat davri. Bu ko’rsatgichlarga ega bo’lish uchun loyihani turli variantlari tayyorlanishi va ulardan eng arzonini, yuqorida qo’yilgan uchta asosiy talabga(mustahkam, bikr, ustuvor) javob beradigani tanlab olinadi. Materiallar qarshiligi mashina yoki inshoot qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash usullarini va konstruktsion materiallarni mexanik xarakteristikalarini tajriba yordamida aniqlash yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Materiallar qarshiligi fanidan mexanika fanining qattiq jismlarga oid umumiy natijalaridan keng foydalaniladi. Materiallar qarshiligi mexanikada qabul qilingan qattiq jism tushunchasini bir necha yangi tushunchalar bilan to’ldiradi. Bulardan eng muximi kuchlanish bilan deformatsiya tushunchasidir. Birmuncha oddiy hollarda kuchlanishni deformatsiyadan katьiy nazar absolyut qattiq jism mexanikasining usullaridan foydalanib aniqlash mumkin. Bunday masalalar statik aniq masalalar deyiladi. Umuman, kuchlanishni deformatsiyaga bog’lamay aniklab bo’lmaydi. Kuchlanishni deformatsiyasiz aniqlash mumkin bo’lmagan masalalar 
statik aniqmas masalalar deyiladi. Bu tarzdagi statik aniqmas masalalar materiallar qarshiligi fanining maxsus usullaridan foydalanib yechiladi. SHuni eslatib o’tish kerakki, inshootlar va mashinalar kanday vazifalarni bajarish uchun mo’ljallanganidan va qanday sharoitlarda ishlatilishidan qat’iy nazar ularning tarkibidagi elementlar asosan to’g’ri sterjenlar, egri sterjenlar, massivlar, yupqa plastinkalar va qobiqdardan iborat bo’ladi. Inshoot va mashinalarni hisoblashda ular tarkibidagi qismlarning mustahkamligi va ustuvorligi ta’min etilsa, shu bilan inshoot yoki mashinaningmustahkamligi butunlay ta’minlangan bo’ladi. Materiallar qarshiligida ana shu to’g’ri va egri prizmatik sterjenlar, yupqa plastinkalar va qobiqlarning mustahkamligini va ustuvorligini hisoblash yo’lyo’riqlari beriladi. SHuning uchun ham materiallar qarshiligi inshoot va mashinalarni xisoblash nazariyasining asosi hisoblanadi. 
3.kuchlar klasifikatsiyalari

Yüklə 68,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə