Materiallar qarshiligi



Yüklə 68,63 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü68,63 Kb.
#164080
1   2   3   4
1-oraliq materyallar mustahkamligi Q.Javohirjon

Tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi
Muhandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng avvalo qo’yilish shartiga ko’ra hajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Hajmiy kuchlar jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladi (jismning og’irlik kuchi, inertsiya kuchlari, magnit ta’siri).Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladi. Sirtqi kuchlar to’plangan va taqsimlangan bo’lishlari mumkin. To’plangan kuchjismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, hisoblarni yengillashtirish maqsadida nuqta orqali ta’sir qiladi deb hisoblanadi.Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning asosiy tahrifi uning jadalligi (intensivligi) hisoblanadiTaqsimlangan kuchlar tekis taqsimlangan yoki tekis taqsimlanmagan bo’lishi mumkin.
Tashqi kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarish tarziga ko’ra statik va dinamik kuchlarga bo’linadi.
Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan holda noldan eng yuqori qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor og’irligini keltirish mumkin.Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga
sabab bo’ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan qo’yilgan kuchni misol qilib ko’rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha katta qiymatlarda inertsiya kuchlarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy og’irligi) va vaqtinchalik (ko’prikdan o’tayotgan poezd og’irligi), shuningdek, siklik (davriy o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin.
4.ichgi kuchlar.Kesishish usuli
 Ichki kuchlar. Kesish usuli (KOAM-qoidasi). Kuchlanishlar Jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar orasida o’zaro ta’sir kuchlari (birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini tahminlaydi. Jismga tashqi kuch qo’yilganida elementar zarralar orasida birlamchi ichki kuchlarga qo’shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki zo’riqish kuchlari, yoki qayishqoqlik kuchlari deb yuritiladi. Ular qism deformatsiyasiga qarshilik qiladi, ya’ni jismning dastlabki shakli va o’lchamlarini tiklashga intiladi. Bu ichki kuchlarning qiymati deformatsiya ortishi bilan ichki va tashqi kuchlar muvozanatlashgunga qadar ortib boradi. Agar bu muvozanat sodir bo’lmasa qattiq jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar muvozanati, ya’ni ularning o’zaro bog’liqligi buziladi. Natijada jismning tegishli joyida mikroyoriq hosil bo’ladi va jism yemiriladi. Demak, jismning yemirilishining bevosita sababchisi sifatida qiymati molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari kattaligiga erisha oladigan ichki zo’riqish kuchlarini ko’rsatish mumkin. SHuning uchun ularning kattaligini aniqlash muhimmasala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi. 
5.Deformatsiyalar to’g’risida tushunchalar va turlar
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə