0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug'urta risklari transferi, transformatsiyasi va retrotsessivasi.13



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Sug'urta risklari transferi, transformatsiyasi va retrotsessivasi.13
Rivojlangan mamlakatlarda risklar transformatsiyasi qadimdan taraqqiy etib. 
sug‘urta faoliyatining virik tarm og'iga aylangan. Ilk yuridik kuchga ega risklar 
transformatsiyasi shartnomasi 1376 yilda Genuyada tuzilgan.14
Mazkur shartnomada ikki savdogar Genuvadan Bryuggega dengiz orqali 
jo'natilayotgan tovarlami sug'urtalagan shaxsning qayta sug'urtalanganligi qayd 
etilgan. Keyinchalik Risklar transformatsiyasi alohida faoliyat turiga aylanib keng 
rivojlandi. Risklar transformatsiyasini amalga oshiruvchi ilk sug'urta tashkiloti, y a’ni 
“Kyoln risklar transformatsiyasi jamiyati” 1846 yilda tashkil topgan.
Uning o ‘ziga xos xususiyati risklar transfonnatsiyasiga ixtisoslashganligi bilan 
izohlanadi. Hozirda risklar transformatsiyasi xalqaro darajada rivojlangan va u 
quyidagi muhim funksiyalami amalga oshirmoqda:
- sug'urtalangan riskning ikkilamchi va keyingi taqsimoti;
- sug'urta tashkiloti qo'shimeha moliyaviy kapitalni qabul qilishiga shart-sharoit 
yaratish;
- sug'urta tashkiloti to'lov qobiliyati barqarorligiga ijobiy ta'sir etish;
- sug'urta 
hodisasi 
yuz 
berganda 
qoplama(lar)ni 
to'lash jarayonini 
soddalashtirish va jadalllashtirish.
Iqtisodchi olim K.Pfayffeming ta'kidlashiga ko'ra, risklar transformatsiyasi 
sug'urta tashkilotlari uchun quyidagi risklami minimallashtirish imkonini beradi:1-
1) . Favqulodda zararlai' riski:
- sug'urta qoplamalari hajmidagi notekis tebranishlar;
- sug'urta yili (har bir shartnoma bo'yicha) davomida sug'urtalanuvchilardan 
sug'urta qoplamasini to’lash yuzasidan arizalar kelib tushishi nobarqarorligi:
- sug'urta tashkilotini sug'urta qoplamalarini aynan bir sug'urta hodisasi yuz 
berishi oqibatida jami sug'urta shartnomalari bo'yicha to'lash majbururivatini keltirib 
chiqaruvchi tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar (risklaming kumulyasiyasi).
2) O'zgarishlar riski:
- ayniqsa javobgarlik sug'urtasi va tibbiy sug'urta kabi sug'urta turlari bo'yicha 
qoplamalar hajmi valyuta kurslari o'zgarishi va inflyasiya darajasi ta'sirida o'zgarishi;
13 M ualliflar jam oasi tomonidan tayyorlangan.
14 rio a pea. Typ6nHofl K. E «Teopmi 
h
npax-niKa crpaxoBaHHH». VaeoHoe nocopHe, M .:«A
hkh
.
i
», 2003. 
13 n(J)ari(j)4)ep. K. "BBeaeHHe 
b
nepecnpaxoBaHHe”, M.AHKMJI, 2000.
19


— texnologik taraqqiyotning jadal rivojlanishi sharoitida sug urta tashkiloti 
tomonidan baholangan va shartnoma bo‘yicha qabul qilingan risklar bo'yicha 
zararlilik darajasining ortishi (amalda riskning haqiqiy darajasi uning bashorat 
qilingan bahosiga mos kelmasligi).
3) 
Xato va kamchiliklar riski: - sug'urta mukofoti stavkasini aniqlashda 
foydalanilgan metodlar va ulami qo'llashdagi kamchiliklar va boshqa xatoliklar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qavd etish mumkinki, bugungi kunda risklar 
transformatsivasi birmuncha takomillashgan va xalqaro darajada keng amalga 
oshirilmoqda. Risklarning tamsformatsiyasining xalqaro darajada amalga oshirilishi 
albatta alohida davlat(lar)ning iqtisodivotiga ijobiv ta'sir ko‘rsatadi va rivojlanishiga 
turtki beruvchi omil sanaladi.
Chunki, bir davlatdagi ma’lum global risk transmilliy sug'urta kompaniyalari 
o‘rtasida taqsimlanishi mazkur davlal iqtisodiy barqarorligiga samarali ta'sir 
ko‘rsatadi. O'z navbatida, riskni qabul qilgan xalqaro sug'urta tashkiloilari ham 
bunday faoliyatdan daromad oladi.
Jamiyatning rivojlanishi bilan unda yangi sug'urta xizmatlariga bo'lgan talab 
ham muntazam ravishda ortib boradi. Mazkur talabni qondirlishi va sug'urta 
munosabatlari samarali amalga oshishida qayta sug'urta mexanizmi muhim omil 
bo'lib sanadi. Umuman olganda xulosa qilib aytish mumkinki. sug'urta munosabatlari 
iqtisodivotda milliy daromadning taqsimlanishi bilan amalga oshadi. Shu bilan 
birgalikda, millliy daromadning barqaror o'sishini ta’minlovchi omillardan hir 
hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda sug'urta sohasi rivojlantirildi, turli 
mulkchilik shakllardagi sug'urta tashkilotlari faoliyat yurita boshladi, sug'urta 
bozorida erkin raqobat muhiti vujudga keldi. Xususan, O'zbekiston iqtisodiyotini 
modemizatsiyalash sharoitida sug'urta munosabatlarining rivojlanishi muhim o'rinni 
egalladi.
Mamlakat iqtisodiyotining tobora rivojlanib borishi sug'urta sohasini yanada 
takomillashtirib 
borish 
zarururivami 
kuchaytirdi. 
Ta'kidlash 
o'rinliki, 
mamlakatimizda sug'urta faoliyati rivojlanishida uning iqtisodiy-huquqiy asoslari 
shakllantiriganligi muhim omillardan biri bo'ldi.
Sug'urta faoliyatning iqtisodiy jihatlari murakkab va xilma-xildir. Xususan. 
sug'urtaning iqtisodiy asoslari quyidagi ikki yo'nalishda o 'z aksini topadi:
a) eng avvalo shuni hisobga olish kerakki, sug'urta munosabatlari ishlab 
chiqarish munosabatlarining ajralmas qismidir. Chunki, ishlab chiqarishda obyektiv 
ravishda risk mavjud va uning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish sug'urta 
fondini shakllantirishni talab etadi. Aynan sug'urta fondi ishlab chiqarish (xizmat 
ko'rsatish, ish bajarishjni turli risklardan kafolatli himoyasini ta’minlashning iqtisodiy 
asosi hisoblanadi;
b) jamiyat taraqqivoti inson sog'lig'i, hayotini va mehnat faoliyatini risklardan 
himoyalash zaruriyatini oshiradi. XXI asming keyingi o'n yilliklarida texnik va 
texnologik jarayonlaming takomillashishi, urbanizatsiya, ekologik o'zgarishlar, 
ijtimoiy hayot sur'atlarining oshishi oqibatida jarohatlanish, turli risklarning oshishi 
kuzatilmoqda. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy hayotning omillari, shuningdek, bozor 
iqtisodiyotiga o'tish jarayonining salbiy ta’siri oxir oqibatda insonlar sog'lig'i va 
daromadiga ta'sir etishi mumkin bo'lgan qator risk guruhlarini vujudga keltirdi. Bu
20


holat sug'urta faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini oshirib. hayot sug'urtasi jadal 
rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda hayot sug'urtasi muhim sohalardan 
biri sanaladi. aholini ijtimoiy himoyalashda muhim o'rin tutmoqda. Chunki, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida. aholining ijtimoiy himoyaga bo'lgan talabini (pcnsiya. 
kompensatsiya va boshqalar) to iiq ravishda davlat fondlari evaziga ta'minlashning 
imkoni cheklanganligi bois. bunday sharoitda aholi uzoq muddatli hayot sug'urtasidan 
foydalangan holda ijtimoiy himoyaga bo'lgan talabining m a'lum qismini o'zi 
qoplaydi.
Hayot sug'urtasida aholining bo'sh turgan pul mablag'lari sug'urta tashkilotiga 
jalb qiiinishi orqali sug'urta fondi tashkil etiladi. Shunga ko'ra. hayot sug'urtasi 
sug'urta munosabatlarining iqtisodiy asoslaridan biri hisoblandi.
Mamlakat miqvosida aholining vaqtincha bo'sh mablag'lari mavjudligi va 
ulami sug'urta faolityaiga jalb etilishiga bir qator omillar o 'z ta'sirini o'tkazadi. 
Masalan. aholining sug'urtaga bo'lgan ishonchi. sug'urta madaniyati, mamlakatdagi 
makroiqtisodiy ahvol va boshqalar.
O'zbekistonda keyingi yillarda milliy daromad hamda aholi daromadlarining 
yildan-yilga o'sib borish amanasi kuzatilayotganligi ushbu omillaming ijobiy ta'sirini 
oshiridi va sug'urta munosabatlarining iqtisodiy asoslaridan samarali foydalanish 
imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ushbu holatlar albatta, sug'urta munosabatlarining aholi 
manfaatlariga bevosita ta’siri ortib borishini mumkinligini ko'rsatdi.
Sug'urta faoliyati aholi manfaatlari himoyasini ta'minlash maqsadiga 
qaratilganligidan kelib chiqib, har bir mamlakatda sug'urta munosabatlarining 
huquqiy-me'yoriy asoslari shakllantiriladi. Aynan huquqiy m e’yorlar sug'urta 
sohasidagi munosabatlarning asosi hisoblanadi.
21



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə