0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


2.2-rasm.  Risklar transferi va transformatsiyasi jarayonida sug‘urta



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

14


2.2-rasm. 
Risklar transferi va transformatsiyasi jarayonida sug‘urta
munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari11
0 ‘sha davrda zamonaviy sug'urta tashkilotlariga monand ilk sug‘urta 
tashkilotlari paydo bo‘ldi. Bu tashkilotlar alohida savdogarlar va kema egalarining
Mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan.
15


guruhlari tomonidan tashkil etilib, o'zaro sug'urtalash tamoyillari asosida faoliyat 
yuritgan.
Mazkur davrda mol-mulkni turli tabiiy ofatlardan sug'urtalashdan tashqari 
yong‘indan sug'urtalash ham rivojlanib bordi. 1666 yiIda London markazini kulga 
aylantirgan yong'in ‘‘Yong'in polisi" sug'urta kompaniyasi tashkil etilishiga sabab 
bo'ldi. Ta'kidlash joizki, ushbu kompaniya ham o'zaro sug'urtalash tamoyillari 
asosida faoliyat yuritib. maqsadi foyda olish hisoblanmagan. Ulaming asosiy maqsadi 
sug'urta jamiyatining a'zolari ko'rgan tasodifiy zararlami kamaytirish hisoblangan. 
O'zaro sug'urtalash amaliyoti dcngiz sug'urtasida avvaldan mayjud bo'lib, hozirgi 
kungacha taraqqiy etib kelgan.
Sug'urta munosabatlarining rivojlanishi bilan o'zaro sug'urtalash jamiyatlari 
tadbirkorlik tamoyillari asosida faoliyat vuritadigan, ya’ni faoliyatining maqsadi 
foyda olish hisoblangan sug'urta tashkilotlariga aylanib borgan. Sug'urta tashkilotlari 
sug'urta fondini ixtiyoriy sug'urtalanuvchilaming badallari asosida shakllantirib. 
ushbu fond hisobiga sug'urta hodisasi oqibatida sug'urtalanuvchilarga yetgan 
zararlami qoplash majburiyatini olgan. Bunda sug'urta tashkiloti sug'urtalanuvchilar 
umumiy sonining doimo zarar ko'rgan sug'urtalanuvchilaming sonidan ko'p bo'lishi 
qonuniyatiga asoslanib foyda olishni mo'ljallashgan. Aynan omil sug'urtani yangi 
rivojlanish bosqichiga olib chiqdi.
Sug'urta xizmatlariga bo'lgan talab ortishidan kelib chiqib. sug'urtaning shakl 
va usullari ham kengayib bordi. XVIII asming ikkinchi yarmiga kelib G'arbiy 
Yevropada mulk va hayot sug'urtasining yuzlab turlari amalga oshirila boshlandi. 
Masalan, hayotni sug'urtalovchi ilk tashkilot 1706 tashkil etilgan bo'lsa, XIX asrga 
kelib moliyaviy yo'qotishlar sug'urtasi, uy 
hayvonlari 
sug'urtasi, 
mulkni 
o'g'irlanishdan sug'urta va boshqa shu sug'urta turlari rivojlandi. Bu davrda turli 
tashkiliy shakllardagi sug'urta kompaniyalari faoliyat ko'rsata boshladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sug'urta institutining tarixiv rivojlanishi, 
xo'jalik faoliyati davomida moddiy zarar (vo'qotish)lardan himovalanish muammosi 
miloddan avvalgi davrdanoq mavjud bo'lganligini isbotlaydi. Xo'jalik faoliyatini 
amalga oshirish jarayoni turli tabiiy va ijtimoiv kuchlaming o'zaro hamohangligi va 
qarama-qarshiligida davom etadi.
Ishlab chiqarish va hayotiy faoliyat davomidagi qarama-qarshiliklarning 
umumiy ta'siri iqtisodiy faoliyatga ko'rsatadigan salbiy ta’simi obyektiv voqelikka 
aylantirdi. Xo'jalik subyektlari iqtisodiy muhitning salbiy ta’silaridan himoyalanishga 
intilishi. sug'urta manfaatini keltirib chiqardi va sug'urta munosabatlari ishlab 
chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylandi.
Hozirga kelib, sug'urta munosabatlari iqtsodiyot subyektlarini iqtisodiy va 
tabiiy muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalovchi yoxud ulaming barqaror va zararsiz 
faoliyat yuritishlariga yo'naltirilganligi e’tiborga molikdir.
Sug'urta funksiyalari uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida o 'z aksini topadi. 
Bizning nazarimizga ko’ra, moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida sug'urtaning 
funksiyalari uning o'ziga xos xususiyatlari namoyon bo'lishi mezoni hisoblanadi. 
Sug'urta moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida o 'z iqtisodiy mohiyatini avvalo 
taqsimlash funksivasi orqali namoyon etadi.
16


Sug’urtaning taqsimlash funksiyasi, o ’z navbatida sug’urtaga xos bo'lgan 
funksiyalar majmuasida to'liq funksional mazmunga ega b o iadi. Mazkur funksiyalar 
majmuasiga risklilik, oldini olish v ajam g ’arish kabi funksiyalar kiradi (3.3-rasm).
2.3-rasm. 

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə